Таълим вазирлиги қарши давлат университети



Download 2,07 Mb.
bet25/111
Sana09.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#760682
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Bog'liq
sotsial psixologya

Mamnun edi, u juda baxtiyor;
Topgani-chun majruh bir yor,
satrlarini o‘qib va degan so‘zlariga istehzoli ohang baxsh etganini biladiki hamma yoqqa suv sepgandek jimlik cho‘kkanidan, bolalarning hayajonli va darg‘azab yuzlaridan va, nihoyat, qizlardan birining ko‘zlari yoshlanganidan nima sodir bo‘lganini tushunib yetgan edi. Birdaniga u to‘garakda qatnashayotganlar orasida bundan bir necha yil muqaddam poyezd tagiga tushib ketib, oyog‘idan ajralgan bir yigitcha va u ko‘pdan buyon sevadigan qiz ham shu yerda o‘tirganini eslab qoldi.
O‘qituvchi o‘quvchilar kollektivining odamlardan tarkib topganligini va hatto yoppasiga, hammasi bilan ish olib borayotgan bo‘lishiga qaramay har birining shaxsini e’tiborga olish kerakligini esdan chiqarmasligi shart. O‘quvchilar bilan psixologik bog‘lanish hatto vaqtincha yo‘qolsa ham katta ziyon yetkazishi aniq, bu aql bovar qilmaydigan salbiy oqibatlarga olib keladi. Mabodo hamjihatlikning bu tarzda buzilishlari istisno tariqasida bo‘lmasdan, balki qoidaga aylanib qolsa, u holda pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasida tezdayoq bartaraf etish mushkul bir jarlik hosil bo‘ladi, deb baralla aytaverish mumkin.
Pedagogik odobning tegishli aloqa o‘rnatish chog‘ida tarbiyachiga in’om etadigan imkoniyatlaridan foydalanish o‘quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib bergan holda uning shaxsini shakllantirish jarayonini ancha qulay sharoitlarda amalga oshirish imkonini beradi. Munosabat jarayonlarini har doim va barcha vaziyatlarda ham sip-silliqqina va ichki qarama-qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilish yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vazifalar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antagonizmi yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o‘zaro adovatni keltirib chiqaradi — shaxslararo mojaro sodir bo‘ladi. Mojaroning ijtimoiy mohiyati turlicha va shaxslararo munosabatlar negizini tashkil etadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan yigitchaning diqqat-e’tiboriga bab-baravar da’vogarlik qilib, raqiblarga aylanib qolgan yuqori sinfda o‘qiydigan ikkita qizning o‘zaro munosabatlari ham mojaroviy bo‘ladi. Mojaro bittasi noinsoflik qilgan ikkita o‘rtoqning to‘qnashuvi tusini oladi. Shubhasiz, bu mojarolarning sabablari va xarakteri xususidagi ijtimoiy baho bir-biridan jiddiy ravishda farq qiladi. Bu hol shaxslararo mojaroning kelib chiqish sabablariga uning sababiy bog‘lanishlariga (determinizmiga) e’tiborni jalb qilishi shart.
Birgalikdagi faoliyat jarayonida mojarolarning sabablari o‘rnida ikki xil toifadagi determinant, ya’ni ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar va shaxsiy-pragmatik manfaatlar o‘rtasidagi tafovut maydonga chiqadi. Agar birgalikdagi yaxshi uyushtirilgan, ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirayotgan o‘zaro birgalikdagi harakatida ashyoviy-amaliy ziddiyatlar ustunlik qiladigan bo‘lsa, u holda yuz bergan mojaro odatda shaxslaroro munosabatlarning uzilishiga olib bormaydi va his-hayajonning keskinligi va dushmanchilikning kuchayishiga sabab bo‘lmaydi. Maktab komsomol komitetida komsomol a’zolari mikrorayondagi ishni yo‘lga qo‘yish xususida keskin munozara boshlashib, bir-birlari bilan yetarlicha mojaroviy munosabatda bo‘ladilar, lekin bu tortishayotganlarning o‘zaro do‘stona aloqalari va bir-biriga yaqinligida aks etishi umuman shart emas. Pozitsnyalarning keskin qarama-qarshiligi natijasida qabul qilingan qaror va ana shu qarama-qarshilikning munozara chog‘ida bartaraf etilishi umumiy muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ayni chog‘da shaxsiy-pragmatik manfaatlar jabhasidagi ziddiyatlar tezda xushko‘rmaslikka va dushmanlikka olib keladi. Umumiy ishning yo‘qligi o‘zlarining tor doiradagi egoistik (shaxsiyatparastlik) maqsadlari bilangina yashaydigan odamlarni raqobat vaziyatiga solib qo‘yadi, bunday vaziyatda bir kishining yutug‘i ikkinchisining mag‘lubiyatini anglatadi. Bu hol shaxslararo munosabatlarni keskinlashtirmasligi mumkin emas.
Shaxsiy-pragmatik manfaatlardagi tafovutlarga ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar tusi berilgan yoki aksincha uzoq davom etgan ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar sekin-asta shaxsiy xushko‘rmaslikka olib keladigan vaziyatlar ham bo‘ladi. Bunday hollarda shaxsiy manfaatlardagi tafovutlar ham «o‘tib ketgan sana bilan» izlab topiladi va qayd qilinadi. Mojarolarning kelib chiqishiga, shuningdek, munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikda harakat qilishlariga g‘ov bo‘lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy angla-shilmovchiliklar ham sabab bo‘ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchiliklar— bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi munosabat bog‘lashgan sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o‘zaro hamjixatligi va birgalikda harakat qilish uchun to‘sqinlik tug‘diradi. Misol uchun katta yoshdagilar bilan bolaning o‘zaro munosabatlarida ma’naviy anglashilmovchilik shu sababli yuz beradiki, bola katta yoshdagilarning talablari to‘g‘riligini tushungan holda bu talablar uning tajribasiga, qarashlari va munosabatlariga yot bo‘lgani uchun ham ularni qabul qilmaydi. Ma’naviy anglashilmovchilik katta yoshdagilar — o‘qituvchilar va ota-onalarning bolalar va o‘smirlar bilan bo‘ladigan munosabatida ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Bu ularning yoshlaridagi farq bilan, birovlarida hayotiy tajribaning mavjudligi va boshqalarida buning yo‘qligi, manfaatlardagi tafovutlar bilan va, shuni ta’kidlash juda ham muhimki, tarbiyaviy ta’sirlarni qo‘llashda katta yoshdagi kishilarning ko‘pincha xatolarga yo‘l qo‘yayotganligi bilan izohlanadi.
Agar pedagog o‘quvchilar psixologiyasini bilsa va uni e’tiborga ola borsa, o‘quvchining qizikishlarini va e’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallangan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliklari bilan hi-soblashgan holda ish tutadigan bo‘lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etishi mumkindir. Bolalar bilan katta yoshdagi kishilarning tegishli hamjihatligiga erishish uchun hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifa quyidagi tarzda bayon etilishi mumkin: bolalarni katta yoshdagi odamlarning tilini qo‘llashga va katta yoshdagilarni bolalarning tilini tushunishga o‘rgatish kerak. Bu o‘rinda yuqoridagi paragrafda so‘z yuritilgan bola nutqini rivojlantirish vazifasi, uning so‘z boyligini rivojlantirish yoki talaffuz qilish va to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘zlashtirishi nazarda tutilayotgani yo‘q. Mohiyatlarning ifodasi sifatidagi tilni bola maktabgacha yoshida egallab oladi va maktabda o‘qigan yillari davomida uni takomillashtirib, boyitib boradi. Lekin tilni qo‘llash va rivojlantirish mohiyatlarning shakllantirilishi bilan cheklanmaydi. So‘zlar kishi ongining boshqa faktlari kabi mohiyatlarning umumiy tarzda qabul qilingan sistemasidan tashqari alohida har bir kishi uchun xos ma’lum darajadagi shaxsiyatga oid mazmun, qandaydir alohida ahamiyat kasb etadi. Mohiyatlar bilan shaxsiyatga oid mazmunning nisbati A. N. Leontyevning asarlarida chuqur tadqiq etilgan edi. «Shaxsiyatga oid mazmunlar mohiyatlardan farqli o‘laroq... o‘zining ortiqcha individualligiga, «nopsixologik» tarzda mavjudligiga ega emas. Agar tashqi sezuvchanlik subyekt ongida mohiyatlarni obyektiv olamning realligi bilan bog‘lab tursa, shaxsiyatga oid mazmun esa ularni uning ushbu olamdagi hayoti realligi bilan, uning sabablari bilan bog‘laydi. Shaxsiyatga oid mazmun inson onging g‘arazliligini yuzaga chiqaradi». Nimaiki faoliyatning maqsadlarini uni amalga oshirish sabablari bilan bog‘laydigan bo‘lsa, uning ehtiyojlari nimada aksini topgan bo‘lsa, shaxsiyatga oid mazmun, ya’ni alohida axamiyat kasb etadi. K. Marks kapitalistik jamiyatda yollanma ishchilar mehnatini ta’riflarkan, shunday deb yozgan edi: «Uning uchun o‘n ikki soatlik ish kunining mazmuni to‘qish, yigirish, parmalash va hokazolardan iborat emas, balki bu unga yeyish, mayxonaga borish uxlash imkoniyatini beradigan pul topish usulidir.
Yolg‘iz bittagina so‘zning, harakatning, holatning o‘zi har xil odam uchun har xil mazmun kasb etishi mumkin. O‘qituvchining o‘quvchiga «Tanaffusda sen yana Petrov bilan mushtlashibsan» degan tanbehi ularning har ikkalasi uchun ham bir xil mazmunki anglatadi. Munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro bir-birlarini anglab yetishlarida mohiyatlar darajasida hech qanaqa qiyinchilik yo‘q — unisi ham, bunisi ham gap nima haqda borayotganligini tushunishadi. Lekin ularning shaxsiyatiga oid mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Maktabdagi mushtlashish o‘qituvchi uchun intizomning buzilishi hisoblanadi. O‘quvchi uchun, ehtimol, Petrovning ancha ojiz bola sifatida uni xo‘rlashlariga barham berish uchun yana bir urinib ko‘rishidir.
Katta yoshdagi kishilar bola tilni faqat uning o‘ziga xos mohiyatlari bilan qo‘shib emas, balki ular tegishli ma’naviy va dunyoqarash qadriyatlarini qo‘zda tutgan holda qabul qilgan shaxsiyatga oid mazmunlar sistemasini ham qo‘shib egallashiga erishishlari uchun barcha asosga egadirlar va bu istak bolalar bilan umumiy til topish borasidagi vazifa e’tibori bilan o‘rinlidir. Buningsiz kelishish va mojarolardan hola bo‘lish qiyin. Katta yoshdagi kishilar bu maqsadni (bolalarning katta yoshdagilarning tilini ularning shaxsiyatiga oid mazmuni sistemasiga kirib borgan holda o‘zlashtirib olishlarini) e’tiborsiz qoldirmagan holda bolaning shaxsiyatiga oid mazmunni chuqur anglab olishlari kerak. Bunda kim bilan munosabatga kirishgan bo‘lsang, o‘zingni o‘sha kishining o‘rniga qo‘ya bilish, unga o‘xshash bo‘lish muhim rol o‘ynaydi. Pedagogning o‘quvchi shaxsiyatiga oid mazmunlar sis-temasiga kira bilmasligi va shunday qilishni istamasligi pedagogik munosabat jabhasidagi shaxslararo mojarolarga olib kelishi ehtimoldan holi emas.



Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish