174
Аннотация: Мазкур мақолада фанларнинг ўзара алоқадорлиги, узвий
боғланишлари, ўқувчилар дунёқарашини шаклланишида интеграциялашган дарсларнинг
аҳамияти ҳақида фикрлар юритилган.
Аннотации: В статье рассматривается взаимозависимость дисциплин, их
взаимосвязь, важность интегрированных уроков в формировании мировоззрения
учащихся.
Annotations: The article examines the interdependence of disciplines, their
relationship, the importance of integrated lessons in the formation of students' worldview
.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-
tarbiya
tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish
masalalari muhokamasi bo’yicha 2020 yil 30 oktyabr kuni otkazgan
videoselektorda: “Jamiyatda muallimning obro’-e’tibori va maqomini ko’tarish,
o’quv dasturlari va metodikasini to’liq qayta ko’rib chiqish, maktabni ta’limning
keyingi bosqichlari bilan uzviy bog’lash, o’qituvchilarni ortiqcha
qog’ozbozlikdan xalos etib, o’z ustida ko’proq ishlashi uchun sharoit yaratish va
shuni rag’batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni
yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. “ , - deb
ta’kidlagan edi.
Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini
o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi.
U bolalarning arifmetikaga, yozishga,
tabiat ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga va yana ko‘pgina narsalarga
o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi.
Boshlang‘ich sinflarda bir o‘qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir
usuli deb hisoblasak ham bo‘ladi.
Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo‘lishi
mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o‘girib,
ikkinchisidan barcha darajalarida o‘qituvchilarning (psixologik va
fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar
tuzishni
kiritishidir. Muammoning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim
pog‘onalarida turli xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich
maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida
ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta’limniig keyingi pog‘onalaridan u asosiy
fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim-
tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish
kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi.
Ta’limning interaktiv kursi ko‘rgazmali ta’lim sistemasi bo‘lib, integrativ
bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni
vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim
sistemasi turli xildagi
tiplar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad
va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim sistemasida tavsiflanadi. Bilimning
integratsiyalashgan (ko‘rgazmali) tarmog‘ida integratsiyalashning usul va
vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida: vaqtning hajmiga qarab shu kursni
to‘la o‘zlashtirish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi: ko‘p maqsadli va
rang-barangliligi hamda ko‘p funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi.
175
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash salohiyatini
rivojlantirishda o‘quv fanlariaro aloqadorlik mexanizmidan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ko‘p tomonlama fanlararo aloqadorlik yordamida o‘quvchilarga ta’lim-
tarbiya berish, rivojlantirish muammosi sifat jihatdan yangi darajada hal etilib
qolmasdan, real hayotdagi murakkab muammolarni
hal etishga kompleks
yondashuvga ham o‘rgatib boriladi. Aynan shu sababli ham fanlararo
aloqadorlik o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga kompleks yondashuvning
muhim sharti va natijasi hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiat va inson haqidagi yaxlit
tushunchalarni shakllantirish mumkin, agarda,
-boshlang‘ich sinfdanoq fanlararo aloqadorlik yo‘lga qo‘yilsa;
-ona tili va o‘qish, tabiat va san’at haqidagi fanlarni o‘qitishda
integratsiyalashgan darslarni tashkil etilsa;
-integratsion darslarni tashkil etish uchun o‘quv datsurlari batafsil tahlil
qilinsa;
-boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga
doir metodik adabiyotlar bilan qurollantirilsa.
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash
texnologiyasini ishlab
chiqish yosh avlodga fundamental bilim berish jarayoniga kompleks yondashuv
muammosini, tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit tasavvur va tushunchalarni
shakllantirishga yordam beradi. Muammoga doir izlanishlar olib borishda,
tajriba–sinov ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishga
harakat qildik:
1) Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil
etishga doir fikr-mulohazalarini o‘rganish;
2) An’anaviy metodlar asosida boshlang‘ich sinflardagi qator o‘quv
fanlariga aloqador bilim va tushunchalarning o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash va natijalarini tahlil qilish.
3) Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qitiladigan fanlar integratsiyasini
ta’minlashga xizmat qiladigan vositalar hamda metodlarni keng qo‘llash asosida
fanlararo aloqadorlikka oid tushunchalarni hosil qilishga erishish.
4) O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni
osonlashtirishga sharoit
yaratadigan, o‘quvchilarning boshlang‘ich sinflardagi o‘quv predmetlarini
samarali o‘zlashtirishlariga imkon beradigan o‘quv mashg‘ulotlari dasturini
tuzish.
5) O‘quvchilarning o‘quv fanlarini mukammal o‘zlashtirishlari, muayyan
bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘rganilayotgan o‘quv predmeti bo‘yicha
ta’lim samaradorligini oshirishda fanlararo aloqadorlikning ta’sirchanligini
oshirish.
Olimlarning mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari,
falsafiy,
psixologik, pedagogik muammolar yoritilgan ilmiy asarlar o‘rganildi va tahlil
etildi. Birinchi bosqichda pedagogik tajriba-sinovni amalga oshirishga xizmat
qiladigan dastur tuzildi. Dissertatsiyaning birinchi bobi uchinchi paragrafida
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga
176
doir
fikr-mulohazalari
tahlil qilindi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining fanlarni o‘zlashtirish darajalari test sinovlari asosida aniqlandi.
Mazkur bosqichda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining chuqur
tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik:
Do'stlaringiz bilan baham: