Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Matchov.S va boshq. “O’qish kitobi”. 4-sinf uchun darslik. Toshkent.2020. 
2.“Boshlang’ich ta’lim” jurnali 2019-yil 4-soni.
3.“Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2020-yil 10-soni.
4.Husanboyeva.Q., Hazratqulov.M. Sinfda o’qish metodikasi. O’quv qo’llanma 
.-Samarqand, 2020. 
TIMSS TADQIQOTLARI MATEMATIK SAVODXONLIKNI 
TA’MINLOVCHI VOSITA SIFATIDA 
N.Ergasheva-katta o‘qituvchiJizzax viloyat 
XTXQTMOHM 
Jabbarova Zuhra Omondullayevna- Jizzax 
viloyati XTXQTMO hududiy markazi katta 
o‘qituvchisi 
Annotatsiya Ushbu maqolada TIMSS xalqaro tadqiqoti, uning maqsadi va vazifalari, 
tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rishda ahamiyat qaratiladigan jihatlar haqida so‘z yuritilgan. 
Maqolada berilgan topshiriqlar metodik vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. 
Kalit so‘zlar: TIMSS, tadqiqot, ta’lim-tarbiya, intellektual shaxs, innovatsion 
taraqqiyot. 
 
Аннотации В этой статье обсуждается международное исследование 
TIMSS, его цели и задачи, а также аспекты, которые необходимо учитывать при 
подготовке к исследованию. Приведенные в статье задания могут служить 
методическим инструментом. 
 
Ключевые слова: TIMSS, исследования, образование, интеллектуальная 
личность, инновационное развитие. 
 
Annotation. This article discusses the TIMSS international study, its goals and 
objectives, and the aspects that need to be considered in preparation for the study. The 
assignments given in the article can serve as a methodological tool. 
Keywords: TIMSS, research, education, intellectual personality, innovative 
development. 
“Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi 
kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda 
keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning 
muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar 
qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining 
rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz 
bilan uzviy bog‘liq...”- deb ta’kidlaydilar O‘zbekiston respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev.
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr 
davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib


335 
borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul strategik 
maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar 
qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy 
fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bunday 
raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, 
sodda qilib aytganda, inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk 
maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoniga muvofiq umumiy 
o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish,
o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy
etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA
xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari 
qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini 
baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish 
vazifalari belgilangan. [1] 
Shu sababli o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil
izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida
urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot
talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda 
doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. 
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq 
taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil 
etish chora-tadbirlari to‘gʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha 
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan 
birga, taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish 
vazifalari belgilandi: 
PIRLS – boshlangʼich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish 
darajasini baholash; 
TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi 
fanlardan savodxonligini baholash; 
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim 
muassasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish 
sharoitlarini o‘rganish; 
PISA – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash [2]. 


336 
Ushbu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash 
ko‘nikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil 
topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga 
turtki berishga xizmat qiladi. 
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va 
tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. 
Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf о‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho 
berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va kо‘nikmasi, balki 
ularning ushbu fanlarga bо‘lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bо‘lgan 
motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil 
davomida 4-sinf о‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy 
fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yо‘sinda maktabning 
boshlang‘ich va yuqori sinf о‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi 
amalga oshiriladi. 
TIMSS yordamida о‘quvchilarning ta’limiy yutuqlari: bilish, qо‘llash, 
mulohaza yuritish baholanadi. 
Bilish” bо‘limi о‘z ichiga matematikadan masalalar yechishni olgan 
bо‘lib, masalalar yechish о‘quvchilardan sonlarning xususiyatlari va oddiy 
geometrik jismlar haqidagi nazariy bilimlar, ta’riflarni 
takroran aytib berish,
standart grafik va diagrammalardan ma’lumot olishni о‘z ichiga qamrab oladi. 
О‘quvchilar tabiiy fanlardan alohida organizmlar va ob’yektlarning 
xususiyatlari, hodisa va jarayonlar, tabiiy-ilmiy atamalar va о‘lchov birliklari 
haqidagi bilim darajasini namoyish etishlari kerak. 
Qо‘llash” ga oid test topshiriqlarini bajarishda о‘quvchilar hayotiy 
vaziyatlarni о‘zida aks ettiradigan matematik va tabiiy-ilmiy masalalarni 
yechish, jadval, sxema, diagramma, grafiklarni talqin qilish, tajribalarni 
о‘tkazish kо‘nikmalarini namoyish etishlari zarur. 
Mulohaza yuritish”ga oid topshiriqlar о‘quvchilarning mantiqiy va 
tizimli fikrlash malakalarini aniqlaydi. Mulohaza yuritishni talab etadigan 
masalalar taklif etilayotgan vaziyatning yangiligi, savolning murakkabligi, 
yechish 
bosqichlari 
sonining 
kо‘pligi, 
turli bо‘limlardan bilimlarni 
integratsiyalashning zarurligi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin. О‘quv 
faoliyati turlari bо‘yicha о‘quvchilarning о‘quv yutuqlarini baholashga 
qо‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bо‘yicha 
berilayotgan ta’lim mazmuni, о‘quv jarayoni, о‘
quv muassasasi imkoniyati

о‘qituvchilar salohiyati, о‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillar ham 
о‘rganiladi.
Quyida 
TIMSS 
tadqiqotlarida 
foydalanish 
mumkin 
bo‘lgan 
topshiriqlardan namunalar keltiramiz: 
1.Boburda 10 zed bor. Tushlik uchun u bir shisha meva sharbatini 2,50
zedga, sendvichni esa 3,85 zedga sotib oladi. Bobur tushlik uchun pul 
to‘laganidan so‘ng unda qancha pul qoladi? 
*A) 3,65 zed B) 6,35 zed C) 4,75 zed D) 16,35 zed
2.Maktab o‘yin maydonchasi kvadrat shaklida. Maydoncha tomonining 


337 
uzunligi 100 metr. Ra’no maydonchaning atrofini to‘liq aylanib chiqdi. U 
qancha masofani bosib o‘tgan? 
A) 100 metr B) 200 metr *C) 400 metr D) 10000 metr 
3.600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak 
bo‘lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin? 
A) 15 ga 600 ni qo‘shish B) 600 ni 15 ga ko‘paytirish 
C) 600 dan 15 niayirish * D) 600 ni 15 ga bo‘lish 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, matematika va tabiiy fanlardan 
savodxonlikni baholash vositalari ta’lim texnologiyalari va о‘qitish metodikasini 
takomillashtirishga imkon beradi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish