FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib–intizom va shaxsiy
javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.:
O‘zbekiston, 2017
2. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili. T.:
O‘zbekiston, 1995.
3. Mavlonova R., Raxmonova N. Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyasi. T.,
2007.
4. Mavlonova R., Raxmonqulova N. Boshlang‘ich ta’limning
integratsiyalashgan pedagogikasi. T., 2009-y.
5. To‘raqulov X.A., Kushvaqtov N.X. Bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlashda milliy–ma’naviy qadriyatlar tizimi // O‘zbekiston konchilik
xabarnomasi/ -Navoiy, 2008,
ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR TA’LIMIDA
INNOVATSION YONDASHUV TEXNOLOGIYALARI
MUSTAFAKULOVA FERUZA
SHUXRATOVNA-NizomiynomidagiTDPUmagistri
Ta’limni motivlash o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat
kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning
rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Zaif eshituvchi
bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni
o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta’minlovchi
ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir.
Hozirgi vaqtda zaif eshituvchi bolalarning nutqini o‘zaro muloqotlar
orqali rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchi va
o‘quvchilar
guruhi
(o‘qituvchi-o‘quvchi,
o‘quvchi-o‘quvchi)
faoliyat
ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum[3]. Chunki guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi
shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot zaif eshituvchi bolalarda fikr
almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi.Zaif
eshituvchi bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy
muloqotni amalga oshirishda interfaol o‘yinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki,
rolli o‘yinlar ob’ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks
ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rollarga asoslangan o‘yinlar zaif eshituvchi bolalar nutqini faollashtiradi va
motivlashtiradi.
O‘yin o‘quvchilarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun
ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishda
53
mashg‘ulotlarni yosh hususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida
uyushtirishga e’tibor berilmokda. Haqiqatan ham, bola har kanday
mashg‘ulotga qaraganda, o‘yinga tez intiladi va qiziqadi.Rollarga asoslangan
o‘yin ta’lim usuli sifatida o‘quvchilarni uyushtiradi va bilim imkoniyatlarini
kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi.
Rolli o‘yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga nimanidir aytishi,
so‘rashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi[4]. Dialogdan farkli
ravishda, rolli o‘yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi
savollarga javob beradi. Shunday qilib, o‘yinda qatnashayotgan o‘quvchilarning
asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. O‘quvchilar o‘yin jarayonida
suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini labidan, imo-ishoralaridan o‘qish,
savollar
berish,
savollarga
javob
berish
kabi
malakalarni
egallaydilar.O‘quvchilar o‘yinni aniq maqsadga yo‘naltirgan holda amalga
oshirsa, kutilgan natijaga erishishi mumkin.Rolli o‘yin o‘quvchilar guruhi
tomonidan qiziqib qabul qilingan, ularga tanish bo‘lishi kerak. Oldindan har bir
obrazni izohlab berish lozim. O‘quvchi o‘yin jarayonida ikkilamchi darajali
rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. Chunki bu holda rolli -
o‘yin ta’limning an’anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Muloqotda yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklarni o‘yin jarayonida emas, balki undan keyin muhokama
qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini rivojlantirish davomida mustaqil
fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi usullarni qo‘llash
muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni yangi material bilan tanishtirishda, oldin
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‘z boyligini oshirish va
tafakkurini
rivojlantirishda
didaktik
o‘yinlardan
foydalanishmumkin.
O‘quvchilarga individual yondoshib, mos topshiriq berish ularning qobiliyatini
o‘stirishni ta’minlaydi. O‘quvchilar diqqatini topshiriqning eng muhim va
murakkabroq jihatlariga qaratish, ularni belgilariga qiziqishlarini oshirish joiz
Bu ulardagi ijodkorlik hususiyatlarini rivojlantiradi. Ta’kidlash joizki,
soddalik, bir xillik, hoxishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib
qo‘yadi. Uyin davomida «Kim tez bajaradi?» - deb faolliklarini oshirish ularda
qiziqish uyg‘otadi. Shuningdek, topshiriqlarni bajarishda bolalar g‘olib chiqish,
boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini ko‘rsatish hissi
bilan harakat qiladilar[1].
Quyida shu maqsadga yo‘naltirilgan bir necha usullarni keltirib o‘tamiz.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqini shakllantirish, o‘zaro
bog‘lik gaplardan matn tuzish malakasini hosil qilish, erkin fikr yuritish,
munosabatini bemalol bayon qilishga o‘rgatish uchun R.Djonson, D. Djonson
usuli uch-to‘rt o‘quvchining bir vazifani bajarishga asoslangan usul-nihoyatda
samaralidir.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqini muloqat quroli
sifatida shakllantirishda klaster metodi unumli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish
zarur. Klaster metodi umuman bir tushunchaga oid turli tushunchalarni
birlashtirib tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Masalan, o‘kuvchilarga
muayyan tushunchani berib, uning sifatlovchilarini aniqlash topshirilishi
mumkin. «O‘zbekiston qanday davlat?» so‘rog‘i «mustaqil», «boy», «xuquqiy»,
«buyuk», «ilg‘or», «etakchi», «demokratik), «obod» kabi sifatlarni birlashtiradi.
54
Bu so‘zlar, shuningdek, tuzilishiga ko‘ra ham guruxlashtirilishi mumkin[4].
Yoki o‘kuvchilarga tanish bo‘lgan asar, teatr, kino, multfilm qahramonlarini
sifatlash topshiriladi. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagi kahramoni
Zumradga shunday ta’riflar berish mumkin; «jabridiyda», «bardoshli»,
«chidamli», «kuchli», «ishonuvchan», «mehribon», «go‘zal», «g‘amxo‘r». Bu
ta’riflarning nechog‘li asosli yoki asossiz ekanligi dars jarayonida baxs
munozara vositasida aniqlanadi.Biror so‘zning har bir tovushi uchun alohida
so‘z topish taklif qilinadi[2]. Masalan, «odob», «oy», «do‘st», «oyna», «bosh»
kabi.O‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha bir o‘quvchi yig‘ma polotnoga boshqa
bolalar esa stolning chap tomoniga olma rasmini, o‘ng tomoniga pomidor
yoki meva-sabzavotlarining rasmini qo‘yadidar. Ular shu narsalarga daxldor
sifatlarni daktil harflar yordamida og‘zaki talaffuz qiladilar. Masalan, «olma» -
«shirin», «nordon», «cho‘zinchoq», «qizil», «sariq», «dumaloq». Pomidor
- «nordon», «qizil», «dumaloq», «cho‘zinchoq» So‘ngra meva-sabzavotlarning
belgi-xususiyatlarini
solishtirib
o‘xshash
va
farqli
jihatlarini
topadilar.O‘qituvchi: «Tun» - deganda, o‘kuvchilar ko‘zlarini yumadilar.«Kun»
- deganda, ko‘zlarni ochib, javob beradilar. Ma’lum bir narsaning belgisini,
xossasini aniqlash vazifasini beradi. Masalan, «Xushbo‘y gul», «ok gul»,
«chiroyli gul», «qizil gul», «sun’iy gul» va hokazo.O‘qituvchi bu ko‘rinishdagi
o‘yin jarayonini tashkil etishda o‘z faoliyatini rejaga va qo‘yilgan maqsadga
muvofiq olib borishi kerak. U mashg‘ulotga tayyorlanishi, jarayonida oldindan
zarur didaktik materiallarni tayyorlashi, o‘yinni uyushtirishni nazorat qilishi,
yakunlash, baholash va rag‘batlantirish kabi barcha tadbirlarni belgilab
olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |