156
Istiqlolga erishganimizdan buyon tarixan qisqa davr o’tgan bo’lsa-da, mustaqil taraqqiyot mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni ruyobga chiqarishning yagona va muxim omili ekani o’zining to’liq isbotini topdi. Zero, faqat mustaqilikkina har bir xalqqa o’z falsafasini erkin rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Mustaqillik yillarida falsafaning yangilanishi uchun zarur asoslar shakllandi. Eski, sobiq ittifoq davridagi iqtisodiyt yangi mazmundagi falsafani shakllantirish uchun asos bo’la olmas edi.
Ijtimoiy-siyosiy asoslar. Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo’lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko’p bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir.
Ma’naviy asoslar falsafaning yangilanishda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafiy dunyoqarash o’zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Birinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy jarayondir. Ya’ni u, avvalo, taraqqiyotning bir bosqichdan ikkinchisiga o’tayotgan mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlardagi uzluksiz o’zgarishning tarkibiy qismidir. Falsafadagi yangilanish jamiyatdan, o’z davridan, ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir bo’ladigan hodisalar yig’indisi emas. Balki u o’zida ana shu ijtimoiy jarayonlarning barcha asosiy xususiyatlarini aks ettiradi.
Ikkinchidan, mustaqillika erishgan va uni mustaxkamlashga harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun bu tarixiy zaruratdir. Ya’ni, u tasodifiy namoyon bo’ladigan o’tkinchi hodisa emas. Balki o’tish davrining zaruriyati, jamiyatni tubdan isloh qilish, odamlarda yangicha tafakkurini shakllantirishdagi asosiy yo’nalishlardan biridir.
Uchinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarning o’zgarishi hamdir. Shu ma’noda, u buyuk alloma bobomiz Abu Nasr Farobiy orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantiradigan va takomillashtirilgan jarayondir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, u g’oyat murakkab ruhiy o’zgarishlar, odamlarning qullik psixologisi va mustabid tuzumga xos mafkuraviy asoratlardan xalos bo’lish jarayoni hamdir.
To’rtinchidan, falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrda amalga oshadi. Bu jarayon bizning mamlakatda o’tishi davriga to’g’ri kelmoqda. Ana shu davrda ijtimoiy muhitda yangi jihatlar vujudga keladi, odamlarning ruhiyati, qarashlarida tub o’zgarishlar ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |