Talim tog’risidagi qonun qabul qilinishi Talim tog’risida Ta’lim Konstitutsiyada



Download 25,88 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2022
Hajmi25,88 Kb.
#535249
1   2   3   4
Bog'liq
Ta’lim to’g’risidagi qonun

ikinchi talab - O’z sohasida kompitentli, ya’ni o’z ishining ustasi bo’lish, o’z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish.

Rahbarlik ishining samarasi va mahsuli oxir oqibatda ana shu me’zon bilan o’lchanishi, afsuski, shiddat bilan o’zgarayotgan zamonda ayrim rahbarlarning ongi va dunyoqarashi juda sekin o’zgarayotganligi og’ir muammo ekanligi muhtaram Prezidentimizni tashvishga soladi. “Inkor etib bo’lmaydigan bir haqiqat bor-ki, agar o’zimiz jon kuydirmasak, o’zimiz ishlamasak, hech kim chetdan kelib bizning o’rnimizga ishlamaydi, bu muammolarni hal qilib bermaydi.” 

Erkinlashtirish jarayonini jadallashtirish, chuqurlashtirishga byurokratik apparatning to’sqinlik qilayotganligi tanqid qilindi. “Albatta, qonunni mensimasdan o’z manfaatini ustun qo’yadigan mansabdorlarga nisbatan tegishli choralarni qo’llash – o’z yo’li bilan, lekin, jamiyatimizda ildiz otayotgan bunday illat, bunday kayfiyat bilan biz aslo murosa qilolmaymiz” dedilar Yurtboshimiz. 

Ushbu talabni bajarish har bir rahbarning vazifasi hisoblanadi. Vazifani to’laqonli bajarishning muhim omillaridan biri, bugungi islohotlarni chuqur anglash, bunda qabul qilinayotgan Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa huquqiy me’yoriy hujjatlar hamda ularning tub mohiyatini tushunib yetish zarur. 1-mavzu orqali mazkur masalalar yoritib beriladi.

SHu bilan birga ta’lim muassasalarini, uning rahbarlari hamda fan o’qituvchilarini attestatsiyadan o’tkazish tartiblari 2-mavzuda ochib berilishi ko’zda tutilgan.


Ma’ruza matnining tezis bayoni 

Ma’ruza davomida tinglovchilarga “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi Prezident Islom Karimovning Farmoni mohiyati hamda bu farmon asosida chiqarilgan farmon va qarorlarining ahamiyati bandma-band, alohida tahlil tarzida tinglovchilarga yetkaziladi.

Ta’lim muassasasi rahbarlari (umumta’lim maktablari direktorlari)ning yillik ish rejasidagi 1720 soatdan 500 soati Me’yoriy hujjajtlarga ajratilganligi maktab direktoridan yuqori tashkilotlardan kelgan bu hujjatlarni e’tibor bilan o’rganish, uning har bir bandini ta’lim jarayonida tatbiq qilishni talab qilinishi; Prezident I. Karimovning ta’lim tizimini isloh etishdagi bu tarixiy farmon, qarorlari birinchi navbatda mamlakatimizning ta’lim tizimini isloh etish, kadrlar tayyorlashning o’zbek modelini yaratish va uni hayotga tatbiq etish, kelajak taqdirini savodli, iqtidorli, har tomonlama intelekti rivojlangan yoshlar qo’ligi berishga intilishdek yuksak siyosiy, ma’naviy kuch ifoda etilganligini alohida ta’kidlash, uni tinglovchilar diqqatiga yetkazish va maktabni boshqaruv ishida bu muhim davlat hujjatlaridan samarali foydalanishga intilish immunitetini tarbiyalash; 

Ta’lim muassasalari rahbarlari barcha o’qituvchilarni bu me’yoriy hujjatlar mazmunidan xabardor etishlari, ularning ish rejalari, sinfdan tashqari ishlarida dasturulamal tarzida foydalanishini ta’minlash, dars paytida bu hujjatlar matni va mazmunidan unumli foydalanishni kundalik ish rejasiga kiritish ustida faoliyat olib borishini ta’kidlash; Prezidentning ta’lim tizimini isloh etish va rivojlantirishga oid har bir qarori mohiyatini anglash, undan yuksak davlat hujjati sifatida foydalanish, pedagog vazifasi va ta’lim muassasasi rahbar xodimining ish me’yori, yo’naltiruvchi xususiyatiga oid bandlarni maktab direktori o’zining ish rejasiga kiritishi, uning rahbariyati ostidagi pedagoglar ish rejasida ham bu muhim hujjatning asosiy jihatlarini kiritib ish olib borishini ta’minlash.

Ushbu masalalarni tinglovchilarga mazmunli yetkazish uchun Prezident farmon, farmoyish va qarorlarini nomma-nom ro’yxati bilan tanishtirish, har bir mazkur me’yoriy hujjatlarni ta’lim rivojidagi mavqeini aniq izohlash va mazkur me’yoriy hujjatlarning ro’yxatini taqdim etish ( ro’yxat ilova qilinadi).

Prezidentning ta’lim tizimidagi bu farmon, qarorlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan “Umumta’lim maktab direktorining malaka tavsiflari”, “Maktab direktorining namunaviy ish rejasi” hujjatlaridan foydalaniladi. (Bunda birinchi navbatda maktab direktorining me’yoriy hujjatlar bilan ishlashda uning malakaviy talablari va dars rejasining qaysi bandlari tegishliligi, butun ish jarayonida qaysi jihatlarga e’tibor berishga diqqat qaratiladi.


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni. Ushbu qonun 5 bo’limdan va 34 ta moddadan iborat. I bo’lim (1 — 8 moddalar). Umumiy qoidalar, II bo’lim (9— 19-modda). Ta’lim tizimi va turlari, III bo’lim (20—24 — modda). Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, IV bo’lim (25 — 29 modda). Ta’lim tizimini boshqarish, V bo’lim (30 — 34 moddalar), Yakunlovchi qoidalar. Maqsadi: (1 - modda)

Ushbu qonunda fuqarolarga ta’lim — tarbiya berish, kasb — hunar o’rgatishning huquqiy asoslari hamda davlat tomonidan har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqining ta’minlanishi belgilab berilganligi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlangan 1997 yil 29 avgustdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Dasturning maqsadi va vazifalari

Maqsadi: - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sartqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.

Vazifalarii: "Ta’lim to’g’risida"gi O’ebekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlag taьlim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim ti zimini yagona o’quv — ilmi y i shlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash.

Yangi ijtimoiy — iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amala faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy — texnika va axborot bazasini yaratish va boshqa vazifalari mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi F-1322-sonli-farmoyishi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida. Mazkur farmoyishda XT vazirligining maxsus buyrug’iga binoan 2001-2002 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi I-IV sinflarda «Konstitutsiya alifbosi» kursi «Odobnoma» va boshqa o’quv fanlari tarkibida jami 10 soatdan o’rganilishi;

V-VII sinflarda «Konstitutsiya olamiga sayohat» kursi, “Huquqshunoslik” kursi X sinfda haftasiga bir soat, XI sinfda haftasiga 0.5 soat, yiliga 17 soat maktab kompanenti hisobidan o’qitilishi, bu mashg’ulotlar maktab dars jadvaliga kiritilishi va sinf jurnalida alohida bet ajratilishi lozimligi, ushbu kurs maxsus malaka oshirish kursidan o’tgan malakali mutaxassis o’qituvchilar tomonidan o’qitilishi ko’rsatib o’tilgan.

2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi PF-3431-sonli farmoni qabul qilinib, farmonda asosan 5 ta yo’nalish tьa’kidlab o’tilgan.

“Milliy g’oya targ’iboti va ma’anaviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avustdagi 451-PQ-sonli qarori. Ushbu qarorda halqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib, borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya etish qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosobatini shakllantirish, yon atrofda yuz berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oshirish, mamalakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borishn dolzarb vazifa qilib belgilangan.

“Ijro intizomini mustahkamlash choralari to’g’risida” Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-yanvardagi 12-sonli qarorida shu narsa ta’kidlab o’tilganki, yuqori tashkilotlardan kelgan qaror va buyruqlar, topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish va uning nazoratini tizimli ravishda tashkil etish, uni nazoratdan olish shu bilan birga uning monitoringini to’g’ri tashkil etish, tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda asoslangan tahliliy materiallarni berib borish vazifalari belgilangan. 

Umumiy o’rta ta’lim muassasalari ota-onalar qo’mitasi to’g’risidagi Nizom Xalq ta’limi vazirligining 2003 yil 6 martdagi 36-sonli buyrug’i asosida tasdliqlanib, Nizomda asosan umumta’lim maktablaridla ota-onalar qo’mitasi ish-rejasini tuzish mexanizmi, ularni bevosita maktab rahbariyati mahalla va boshqa tashkilotlar bilan ishlash, tarbiyasi og’ir bo’lgan kam ta’minlangan oilalar bolalarining ota-onalari bilan suhbatlar olib borish, ularga amaliy yordam ko’rsatish, maktabning moddiy texnika bazasini takomillashtirish, byudjetdan tashqari mablag’ topishlariga jalb etish kabi vazifalar belgilangan.

Yuqorida keltirilgan me’yoriy xujjatlar talablari asosida bugungi kun ta’lim menejmenti shakllanib, rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida rahbarlar faoliyatini takomillashtirish, boshkaruv tizimini isloh qilish va rivojlantirishga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda.





Download 25,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish