TA’LIM TIZIMINI MOLIYALASH
REJA:
Oliy ta’lim muassasalari budjetdan tashqari mablag‘larining shakllanishi.
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘i.
Oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari faoliyatini boshqarish.
1. Oliy ta’lim tizimini moliyalash
Oliy ta’lim muassasalarining moliya resurslari ikkita manbadan hosil bo‘ladi: davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘.
Budjet xarajatlarini hisoblashda talaba (o‘quvchi)lar qabul qilish fani; talaba (o‘quvchi)lar miqdori; ta’lim muassasi moddiy-texnikaviy negizining xajmi asos qilib olinadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi va tegishli maosh fondini belgilash uchun bitta o‘qituvchiga belgilangan talaba soni ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi.
Budjet mablag‘idan foydalanish ustidan nazorat xarajatlar moddasi guruhlari bo‘yicha mablag‘ ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat budjeti mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladigan». Tarmoqlarda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, moliyalash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan samarali va o‘z o‘rnida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Budjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» (1999 yil, 414-raqamli) qaror qabul qildi. Unda quyidagilarni ko‘zda tutuvchi yangi tartib belgilandi:
budjet tashkilotlari raxbarlarining budjet mablag‘laridan tejab, samarali va o‘z o‘rnida foydalanish, budjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
mavjud mablag‘larni ulardan foydalanish samaradorligini yuqori darajada oshirishga erishish maqsadida turlicha qo‘llash uchun imkoniyat yaratish va budjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini soddalashtirish;
meyorlar bo‘yicha birvarakay moliyalash usuli bilan budjet tashkilotlarni moliyalashning yangi tartibini joriy etish;
budjetdan moliyalashni ta’lim muassasasi soxasiga mos tovarlar ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan qo‘shib olib berish;
ta’lim muassasasi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati natijalarini oshirish va mutaxassislarni joylashtirish uchun sharoit yaratish;
rejaviy budjetdan moliyalash xisobidan tushgan va hisobot yili oxirida budjet tashkilot xisobraqamlarida qolgan, tejalgan (foydalanilmagan) mablag‘;
ta’lim muassasasi faoliyat soxasi bo‘yicha tovarlar sotish (ish, xizmatlar bajarish), ishlab chiqarishdan keladigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslar ko‘rsatadigan xomiylik yordami.
OTMlar faoliyatini tartibga solish, xususan, ular tashkiliy tuzilmasini, moliyalashni takomillashtirishning muhim shartidir. Bu shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarda namunaviy lavozimlar faoliyat ko‘rsatadi, oliy ta’lim muassasalarning o‘zida va ular qoshidagi yotoqxonalardagi ma’muriy-boshqaruv xodimlari lavozimiga meyorlar joriy etilgan. Oliy ta’lim muassasalari lavozim birliklarida ozod qilingan dekan va dekan o‘rinbosarlari birligi ajratilgan, ular lavozim maoshi belgilangan bo‘lib, bular budjetdan ta’minlanadi. Oliy ta’lim vazirligida marketing xizmati bo‘linmasi tashkil etilgan, barcha oliy ta’lim muassasalarida esa marketing xizmati qismlari ishlab turibdi, ularni ham budjet mablag‘i xisobidan moliyalash ta’minlangan.
Respublikada iqtisodiy isloxotlar o‘tkazish davrida ta’limni moliyaviy sog‘lomlashtirishning strategik yo‘nalishi bo‘lib, budjetdan tashqari mablag‘ni jalb etish xisobiga moliyalashning yangi manbaidan foydalanish xisoblanadi. Bu chora oliy ta’limni jahon miqyosida rivojlantirishning obyektiv qonuniyati xisoblanadi, o‘tish davridagi shart-sharoit taqazosiga ko‘ra faqat O‘zbekistondagi zarurat emas.
Oliy ta’lim muassasalariga, ularga davlat tomonidan berib qo‘yilgan mulkdan foydalanish huquqi ta’sirchan yo‘llardan biridir. Bu ularning berilgan mulkdan to‘liq begonalashmagan xolda tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga katta imkoniyatlar ochadi.
Oliy ta’lim muassasasiga biriktilgan moddiy resurslar negizidagi tadbirkorlik-budjetdan tayyorlashning muxim yo‘nalishi.
Oliy ta’lim muassasalari budjetdan tashqari faoliyat natijasida olingan mablag‘ (asosan moliyaviy resurslar)dan foydalanishda ayniqsa keng erkinlikka egadirlar. Bu faoliyatning samaradorligi oliy ta’lim muassasalar uchun tamoman yangi faoliyat-moliyaviy aktivlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, u Oliy ta’lim vazirligi iqtisod, investitsiya va marketing bosh boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Mazkur xizmat oliy ta’lim muassasalar raxbariyati uchun budjetdan tashqari mablag‘ni jalb etish uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqdi, vazirlik mas’ul xodimlari, iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha prorektorlar va oliy ta’lim muassasalar marketing xizmati ishtirokida sayyor seminar-kengashlar o‘tkazadi hamda budjetdan tashqari mablag‘larni uyg‘unlashtirish jalb qilish va sarflash bo‘yicha boshqa ishlarni olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |