Taʼlim sifatini baholashning raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan ichki va tashqi tizimlari joriy qilinadi


Taʼlim inspeksiyasiga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.09.2021
Hajmi3,2 Mb.
#179593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Taʼlim sifatini baholashning raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan ichki va tashqi tizimlari joriy qilinadi

Taʼlim inspeksiyasiga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish

huquqi berilishi mumkin

 Ta'lim


14 Avgust 2020

413



Matn: Соҳиба Муллаева

Bu haqda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat

inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

regulation.gov.uz portaliga (ID-20869) muhokamaga qoʻyildi.




Unga koʻra:

respublikadagi  barcha  oliy  taʼlim  tashkilotlari  tarkibida  ularning  belgilangan  shtatlari  doirasida  Taʼlim

inspeksiyasi  boshligʻi  tavsiyasiga  asosan  lavozimiga  tayinlanadigan  va  lavozimidan  ozod  etiladigan  3  nafar

xodimdan iborat taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari tashkil etiladi;

boʻlim boshligʻining oylik ish haqi oliy taʼlim muassasasi dekani lavozimi maoshiga, bosh mutaxassislarining

oylik ish haqi – oliy taʼlim muassasasi dekani oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

Boʻlimlarga esa:

oliy  taʼlim  tashkiloti  taʼlim  oluvchilari  bilimlarining  davlat  taʼlim  standartlari,  davlat  taʼlim  talablari  va  oʻquv

dasturlariga muvofiqligini oʻrganib borish va tahlil qilish;

taʼlim sifati monitoringini yuritish;

oliy taʼlim tashkilotida ichki baholash jarayonini tashkil etish va oʻtkazish;

professor-oʻqituvchilarning faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingini shakllantirib borish;

ichki baholash natijalarini va taʼlim sifatiga taʼsir etgan omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oliy taʼlim tashkiloti

rektoriga hamda Taʼlim inspeksiyasiga taqdim etish vazifalari yuklanadi.

Ushbu qaror bilan:

Taʼlim  inspeksiyasining  boshqaruv  xodimlari  cheklangan  soni  156  nafardan  iborat  yangilangan  tashkiliy

tuzilmasi;

Taʼlim  inspeksiyasining  Qoraqalpogʻiston  Respublikasi,  Toshkent  shahar  va  viloyatlar  boshqarmalari

xodimlarining cheklangan soni tasdiqlanadi.

Taʼlim inspeksiyasiga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi

beriladi:

taʼlimga oid hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

taʼlim  sifatini  ichki  baholash  tizimi,  shu  jumladan  sifat  menejmenti  tizimini  ishlab  chiqish,  ekspertizadan

oʻtkazish va joriy qilishga koʻmaklashish;

ilmiy-metodik va axborot-konsalting xizmatlarini koʻrsatish;

ularning xodimlarini taʼlim sifatini taʼminlash masalalari boʻyicha malakasini oshirish;

namunaviy test topshiriqlari asosida taʼlim oluvchilar oʻrtasida diagnostik test sinovlari oʻtkazish;

oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, jurnallar, axborotnomalar hamda boshqa adabiyotlarni tayyorlash, nashr

etish va realizatsiya qilishni tashkil etish;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xizmatlar.

Taʼlim inspeksiyasi ikki oy muddatda:

ilgʻor  xorij  tajribasi  asosida  taʼlim  tashkilotlarining  taʼlim  faoliyatini  litsenziyalash  boʻyicha  toʻlov  va

muddatlarni taʼlim turlari xususiyatlarini inobatga olib tabaqalashtirilgan holda belgilash;

nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan davlat taʼlim muassasalarini attestatsiyadan

oʻtkazganlik uchun taʼlim turlari xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi yigʻim miqdorlarini tasdiqlash;



boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va

qoʻshimchalar  kiritish  toʻgʻrisida  Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  takliflar  kiritish  vazifalari

yuklanadi.

Eslatib oʻtamiz, muhokama shu yilning 29-avgustigacha davom etadi.

Nashr etmoq


Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish