Sayt test rejimida ishlamoqda
O‘z
Ўз Руc En
Qidirish
Taʼlim sifatini baholashning raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan ichki va tashqi
tizimlari joriy qilinadi
Ta'lim
14 Avgust 2020
603
Matn: Соҳиба Муллаева
Shu va boshqa muhim yangiliklar aks egan “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini yana-da takomillashtirish
toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni regulation.gov.uz portaliga(ID-20866) muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra:
2021-yil 1-yanvardan boshlab taʼlim sifatini nazorat qilish sohasida:
taʼlim sifatini baholashning raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilgan ichki va tashqi tizimlari joriy
qilinadi;
taʼlim sifatini ichki baholash taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil tarzda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari
asosida oʻtkaziladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, ularning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari
tegishlicha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini ichki baholash jarayonini tashkil etish va oʻtkazishga
koʻmaklashadi;
taʼlim sifatini tashqi baholash tekshiruvlar oʻtkazish, attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish,
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini oʻrganish, reytinglar tuzish, monitoring qilish hamda
qonunchilikda belgilangan boshqa shakllarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Taʼlim inspeksiyasi) tomonidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sifatini xalqaro baholash (PIAAC, ICILS, ICCS, LANA va boshqa)
dasturlarida ishtirokini kengaytirish orqali milliy baholash tizimi takomillashtiriladi;
Inson kapitali indeksi (Human capital index) va boshqa nufuzli global reytinglarda Oʻzbekiston
Respublikasining mavqeini mustahkamlash yuzasidan idoralararo hamkorlik asosida chora-tadbirlar amalga
oshiriladi.
Shuningdek:
Taʼlim inspeksiyasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar
boshqarmalariga 2021-yil 1-yanvardan boshlab taʼlim tashkilotlarida hujjatli va sayyor tekshiruvlar oʻtkazish
huquqi beriladi.
a) hujjatli tekshiruv taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hisobotlar va maʼlumotlar, shuningdek uning
faoliyati toʻgʻrisida Taʼlim inspeksiyasida mavjud boʻlgan (shu jumladan, tizimida taʼlim muassasasi mavjud
boʻlgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari, tashkilotlar va davlat organlaridan olingan) hujjatlar
hamda maʼlumotlarni tahlil qilish asosida taʼlim tashkilotiga bormasdan oʻtkaziladi;
b) tadbirkorlik subyekti hisoblanadigan taʼlim tashkilotlarida hujjatli tekshiruvlar oʻtkazish Taʼlim inspeksiyasi
va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni
muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilmasdan va uning ruxsatini olmasdan amalga
oshiriladi;
v) sayyor tekshiruv taʼlim tashkilotiga tashrif buyurgan holda amalga oshiriladi va taʼlim tashkiloti tomonidan
taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishi va taʼlim sifati holati tekshiriladi;
g) tadbirkorlik subyektlari hisoblanadigan taʼlim tashkilotlarida sayyor tekshiruvlar tadbirkorlik
subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida
amalga oshiriladi;
d) sayyor tekshiruvlar taʼlim tashkilotidagi qonunchilik buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari maʼlumotlari, boshqa axborot manbalari yoki Taʼlim
inspeksiyasida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida taʼlim tashkilotlari faoliyatining xavf-tahlili natijalari
asosida oʻtkaziladi.
Muhokamalarda shu yilning 29-avgustiga qadar qatnashishingiz mumkin.
Nashr etmoq