OTMning taʼlim sifatini oshirish boʻyicha mustaqillik darajasi yana-da oshiriladi
Ta'lim
14 Avgust 2020
321
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini yana-
da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Loyihaga
koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatini oshirish boʻyicha oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga
erishishdagi erkinlik darajasini yana-da kengaytirish va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida
2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) oliy taʼlim tashkilotlari quyidagi taʼlim dasturlari, shu jumladan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar
tayyorlash huquqiga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Taʼlim inspeksiyasidan
ekspertizadan oʻtkazilgan namunaviy oliy taʼlim dasturlari;
oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va
oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy xulosasiga ega boʻlgan taʼlim dasturlari;
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar – Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education
yoki Academic Ranking of World Universities reytinglarining barchasida bir vaqtda birinchi 1 000 ta oʻrinni
egallagan, roʻyxati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan
oliy taʼlim tashkilotlarining akkreditatsiyalangan taʼlim dasturlari.
Belgilanishicha, tegishli taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik,
axborot va oʻquv-uslubiy bazalarga, pedagog kadrlarga, taʼlim hajmi va mazmuniga hamda boshqa talablarga
rioya etilishi ularni joriy etishning asosiy sharti hisoblanadi.
b) davlat oliy taʼlim muassasalarining taʼlim faoliyatini litsenziyalash tartibi joriy qilinadi va Taʼlim
inspeksiyasidan belgilangan tartibda litsenziya olgan davlat oliy taʼlim muassasalari taʼlim faoliyati bilan
shugʻullanish huquqiga ega boʻladi davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega
shug ullanish huquqiga ega bo ladi, davlat akkreditatsiyasidan o tkazilganligi to g risidagi guvohnomaga ega
boʻlgan amalda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari taʼlim faoliyati attestatsiyadan
oʻtkazilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyalanadi;
v) davlat oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallarini, shuningdek, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarini davlat
mulki boʻlgan bino va inshootlarni foydalanish huquqi asosida bergan holda yoki boshqaruv va xavf-xatarlar
bilan bogʻliq javobgarlikning bir qismini davlat tomonidan kafolatlanishi orqali tashkil etish Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim inspeksiyasi bilan majburiy tartibda
kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi;
g) yangi tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotlariga ular Taʼlim inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda
litsenziya berilganidan hamda “Oliy taʼlim faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar reyestri”ga
kiritilganidan soʻnggina taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsat etiladi.
Nashr etmoq
# Oliy ta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |