II. BOB. YUKSAK AXLOQIY MADANIYATLI INSONLARNI TARBIYALASH MASALALARI.
2.1. XXI asrda ta’lim oluvchilarda axloqiy madaniyatni shakllantirish dolzarbliligi.
“ Mas’uliyat” – bu tushuncha bir qarshda barchamizga to`la ma’lum tushunchadek ko`rinadi. Lekin uning asl mohiyatiga kelganda ko`pchiligimiz “amaliy mas’uliyatsizlik” qilayotganimizni bilmay qolamiz.
O`zbek tilining Izohli lug`atida bu tushuncha qanday izohlanganligini ko`ramiz:
MAS’UL [- javob beruvchi, javobgar] Mas’uliyat yuklatilgan, javobgarligi zimmasida bo`lgan; javobgar. Mas’ul xodim. Mas’ul muxarrir kabi.
MAS’ULIYAT - Biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo`lgan javobgarlik. Mas’uliyat yuklamі.
MAS’ULIYATLI Mas’uliyati bor, mas’uliyat talab qiladigan. Mas’uliyatli vazifa. Mas’uliyatli payt.
MAS’ULIYATSIZ - Mas’uliyati yo`q, mas’uliyat talab qilmaydigan. Mas’uliyatsiz ish. Mas’uliyatni, javobgarlikni sezmaydigan, ishga mas’uliyat bilan qaramaydigan; beparvo. Mas’uliyatsiz kishi.
MAS’ULLIK - mas’uliyat. Ongli intizom, umumiy ish uchun mas’ullik tuyg`usi mehnat unumdorligini oshirishga yordam bermoqda10.
Bu izohlardan ko`rinadiki, mas’uliyat, mas’ullik, mas’ullik tuyg`usi - jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligi tushunchalari bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda bo`ladi. Har birimizda mas’uliyatlilikni lozim darajada shakllanishi va XXI asr manipulyatorlari sharoitida saqlab qola bilishlik o`z maqsadimizga erishishimizning bosh omilidir. Bunga erishganimiz bizda axloqiy madaniyat yuqori darajasi o`z-o`zidan qaror topadi.
“Mas’uliyatlilik” tushunchasi falsafiy–sotsiologik kategoriya hisoblanib, shaxs va jamiyat, jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni obyektiv tarzda bevosita munosabatlarini amalga oshirishni ifoda etadi11. Shningdek – mas’uliyat bu ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi oqibatiga, xatti-harakat negiziga etgan axloqiy tamoyillar ham tushuniladi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy mas’uliyatning xususiyatlari, mazmun mohiyati, uning tarkibiy tuzilmalari orqali ifodalanadi. Shu jihatdan, ijtimoiy javobgarlik – obyektlar (inson, jamoa, jamiyat) xarakter (kim oldida, kim uchun, qanaqa) va obyektlar (texnik va biologik) dan iborat ekanligi ma’lum. Ijtimoiy javobgarlikning tarkibiy qismi ijtimoiy maqsad va ijtimoiy tashabbuslardan tashkil topgan. Ijtimoiy maqsadlarga ijtimoiy haqiqatga erishish esa ijobiy mehnat ko‘nikmasini tashkil etish, shaxs shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdir.
Shunday ekan davlat va jamiyat qurilishida, uning maqsad va vazifa-larini amalga oshirishda o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni tushunganlik darajasi bevosita va bilvosita mas’uliyatda o‘z ifodasini topadi. Shu ma’noda ta’lim oluvchilarda – bo`lajak kadrlarda axloqiy madaniyatning asosini tashkil etuvchi bun tuyg`uni qaror toptirish dolzarbligi namoyon bo`ladi.
Ijtimoiy mas’uliyat xizmat, oilaviy, fuqarolik, jamoat va shaxsiy xizmatlarni bajarayotganda vujudga keladi. U shaxsning xulq-atvori, jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar va ularning bajarilishi uchun javob beradi. Misol uchun “Gippokrat qasamyodi” - tibbiyot xodimlarining bemor oldidagi umumqabul qilingan ijtimoiy mas’uliyatdir. Ijtimoiy mas’uliyat individual, guruhiy va jamoaviy bo‘lishi mumkin. U ijtimoiy tashabbusni amalga oshirish doirasida ijtimoiy maqsadni qabul qiladi. Shu o`rinda har birimiz o`zimizga savol berib ko`raylik, bizning axloqiy madaniyatimiz, mas’uliyatlilik darajamiz qay holatda?! Mazkur savolning javobida hayotimizdagi ko`plab masalalarning yechimi ko`ringanidek bo`ladi…
Mas’uliyatlilik turli pog‘onalarda va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu shaxsning yoshlik, pedagogik va psixologik xususiyatlari bilan dialektik bog‘liqlik asosida amalga oshadi. Oiladagi tarbiyaga ota-ona, maktabda esa ta’lim-tarbiyaga ustozlar mas’uldirlar. Mas’uliyat – shaxsdan boshlab, davlat va jamiyat qurilishi va uni boshqaruviga tomon tizim sifatida ierarxik tarzda tavsiflanadi.
Yoshlar mas’uliyatliligini davr va zamon talablari asosida shakllantirib borish orqali eng avvalo davlat va jamiyat qurilishida yoshlarda maqsadlilik va kasbiy yo‘naltirganlik hamda istiqboldagi hayotini to‘g‘ri belgilashni in’ikos etishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar mas’uliyatliligini to‘g‘ri shakllantirish oila, maktab, jamoada, umuman ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan belgilanadi.
Bugungi globallashuv jarayonida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni oqilona shakllantirish, ommaviy madaniyat ko‘rinishlaridan, buzg‘unchi va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik chora-tadbirlaridan ogohlantirish, ularning ijtimoiy mas’uliyatlarini to‘g‘ri shakllantirish orqali amalga oshadi.
Vatan va millat or-nomusini, faxru-iftixorini, istiqboli va kelajagini yoshlar, ularning faoliyatisiz tasavvur qilish mushkul. Shu boisdan mamlakatimiz aholisining 64 % tashkil etgan yoshlar vatanimizning strategik maqsadlarini amalga oshirishda katta kuch ekanligini hisobga olgan holda, ularga bo‘lgan munosabat, hayotga, faoliyatga bo‘lgan qiziqish va mas’uliyatlilik hissini shakllantirish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Aslida ijtimoiy taraqqiyot davomida avlodlar vorisligida voqealar zanjirini kuzatganimizda butun tarixning, hayotning o‘zi mas’uliyat asosiga qurilganligini ko‘ramiz. Zero mas’uliyat orqali jamiyatda tartiblilik, mutanosiblik, belgilangan reja va vazifalarni ado etishdagi sobitqadamlilik hissiyoti paydo bo‘ladi. Ammo muammo shundan iboratki, bugungi kunda yoshlar o‘rtasidagi ayrim holatlarda g‘arb madaniyatining ta’siri kengayib bevosita tahdid etishi tufayli milliy qadriyatlarimizga katta ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy voqea hodisalar va ko‘rinishlar paydo bo‘lmoqda.
Ta’lim oluvchilarnig axloqiy madaniyati har qachongidanda muhimligini ochib berish uchun XXI asr ma’naviy hayotidagi o`ziga xos xususiyatlarni sanab o`taylik:
Kishilarning kitobga munosabati keskin o`zgarganligi;
Qadriyat va qadr tuyg`ulari “ommaviy madaniyat”ning tobora ta’siriga tushib borayotganligi;
Mas’uliyat masalasidagi vazifalarimizga o`zibo`larchilikka tashlab qo`yilayotgani;
Ko`p o`rinlarda ustoz-shogird, o`qituvchi-o`quvchi munosabatlari yuzakilik kasb qilib qolayotganigi;
Vaqtni boshqarishda katta xato-kamchiliklarga yo`l qo`yayotganligimiz;
Hayotimizdagi masalalarning muhimlilik darajasini lozim darajada bilmasligimiz (Sog`liq juda muhim deymiz, ammo, ovqatlanishimizga, ichimliklarimiz tarkibiga emas, eng ko`p ommalashgan, “reklama qilinayotgan” mahsulotlarni qabul qilishimiz, oilam birinchi o`rinda deymiz, lekin oila davrasida qadriyat, mexr, o`zaro yordam, ajdodlar xotirasi, kelajak rejalar haqida suhbatlashish o`rniga ijtimoiy tarmoqlar yoki TV seriallari bilan band bo`lishimiz…)
Bu kabi holatlarni uzoq davom ettirish mumkin, albatta. Bu “aksioma”lardan, jamiyat barcha a’zolari, ayniqsa ta’lim oluvchilarning axloqiy madaniyati judayam dolzarbligi ko`rinadi.
Axloqiy madaniyatni shakllanishida muomala odobi muhim o`ringa ega. Bu kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir - biriga ta’siri, tarbiya va o’z - o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunda ota - onaning, mahalla - ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero aхloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.
Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun - qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiket – takallufning mayda - chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl aхloqiy asosini yo’qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo’ladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o’z hohish - ihtiyoriga qarshi ish ko’rayotgan bo’lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning bir ko’rinishiga aylanadi. Masalan, siz ertalab ishga shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro’parangizda tanishingiz yoki qo’shningiz uchraydi. Siz ko’rishib, hol - ahvol so’rashib uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yo’q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni o’ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o’z istagingizga qarshi, etiket - mulozamat yuzasidan yolg’on gaplarni aytasiz, hunuk eshitilsa ham na chora – munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib - qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo’lmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr - toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir.
Aхloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o’z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro’y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob aхloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri, uning jamiyat aхloqiy hayotidagi o’rni yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq to’xtalish joiz.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko’pchilik jamiyat a’zolarining hayot - mamotlari, sog’ligi, ma’naviy sog’lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo’lishi kabi omillar o’shanday imtiyozli kasb egalarining o’z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko’rishlariga bog’liqligi hammaga ma’lum.
Ongga ta’sir mexanizmlari ommalashganligini, ulardan o`z maqsadimiz yo`lida ijobiy ma’noda foydalana olish ko`nikmalarimizni ta’lim oluvchilarda shakllantirish – bu ularning information madaniyatini qaror toptirish bilan bo`gliq kechadi. Intenrt – ijtimoiy tarmog`ini bejizga pichoqqa qiyoslashmaydi. Tasavvur qiling agar undan noto`g`ri foydalansak, o`zimizga jarohat yetadi…
Do'stlaringiz bilan baham: |