Ta`lim oluvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari mundarija


“Uchinchi RENESANNS” davrini barpo etish uchun ta’lim oluvchilarning axloqiy madaniyat darajasiga qo`yiladigan talablar



Download 84,93 Kb.
bet6/8
Sana11.07.2022
Hajmi84,93 Kb.
#777376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TA`LIM OLUVCHILARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

2.3. “Uchinchi RENESANNS” davrini barpo etish uchun ta’lim oluvchilarning axloqiy madaniyat darajasiga qo`yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida tasdiqlanganidek, “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”14
Tarixda RENESANNS nomi bilan e’tirof etilgan davlar qanday bo`lgan va u davr ziyolilar, aholisi qanday ko`nikmalarga ega bo’lganki, bu davr butun insoniyat tarixining yorqin shamchirog`i bo`lib, ko’plab ilmiy kashfiyotlarga turtki berib kelmoqda?! Sharq Renesannsi yorqin namoyondalari haqida ba’zan tortishuv-munozarada ayrim savollar yuzaga chiqib qoladi: nima sababda shuncha ilmiy meros qoldirgan, katta kashfiyotlarni sodda usullar bilan topa olgan buyuk allomalarga Nobel mukofoti berilmagan?!
Bu savolning o`zi bir qarashda mantiqsiz!
Lekin unga biroz javob berib ko`ramiz: XX-XXI asr nobel mukofoti sovrindorlarining aksariyati o`z ixtiro-kashfiyotlariga aytish joiz bo`lsa, Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniy kabi allomalarning aasarlaridan olganlar. Buni nobel sohiblarining o`zlari qayd etib o`tganlar.
Bundan ko`rinadiki, yangi RRENESANNS davri poydevorini yaratish uchun eng avvalo ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o`rganishimiz shart!
Ma’lumki, G‘arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV-XVII asrlarni Renessans – Uyg‘onish davri nomi bilan yuritadilar. Masalan, XIX asrda yashagan fransuz olimi Jozef Ernest Renanning fikricha, “Absolyut tizimlar zamoni o‘tdi. Ilgari har bir olim o‘z sistemasiga ega bo‘lib, uning uchun yashar va kerak bo‘lsa jonini berar edi. Endi biz ularning barchasini birin-ketin yoki bir varakayiga o‘rgana olamiz”15
Sharq Renessansi haqida ko‘plab asarlar yozilgan. Ularda o‘sha davrlarda Sharqda Islom ilmlari bilan bir qatorda ijtimoiy, tabiiy fanlar ham rivojlangani qayd etilgan. Bu haqda shveytsariyalik mashhur sharqshunos Adam Metsning “Musulmon Renessansi” asaridan ma’lumotlarni olish mumkin. Mazkur asar IX-X asrlarda musulmon sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag‘ishlangan. Masalan, unda qayd etilishicha, “Keyingi o‘zgarishlarning sababi shunda ediki, huquqshunoslik ilohiyotdan ajralib chiqib, olimlar guruhi bir-biriga dushmanlik ruhida bo‘lgan ikki guruhga bo‘linib ketdi, ya’ni faqihlar (fuqiho) va olimlar (ulamo)”. Birinchi guruh atrofiga bir parcha non topish umidida bo‘lgan juda ko‘p talabalar to‘plandi, negaki, kimki huquq va urf-odatlarni o‘qib olsa, ular yordamida qozilik va voizlik joyini egallashi mumkin edi. Bu to‘g‘rida o‘zining yaxshi iboralari bilan mashhur bo‘lgan al-Johid shunday deydi: “Biz o‘z tajribamizdan shunga ishonamizki, kimki ellik yil davomida hadislarni o‘rgansa va Qur’onni sharhlashni bilsa ham u faqihlar jumlasidan hisoblanadi va qozilik lavozimiga erisha olmaydi. Bunga u shu vaqtdagina erisha oladiki, agar u Abu Hanifaning va unga o‘xshashlarning amaliy faqihlik iboralarini yoddan o‘rganib olsa va u bunga bir-ikki yilda erisha oladi. Ko‘p o‘tmay bunday odamni shahar yoki hatto viloyat qozisi etib tayinlashlari mumkin”16
Mustaqilligimiz tufayli millatimiz va jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Sharq uyg‘onish davrini ilmiy, xolis o‘rganish, baholash imkoni ochildi. Toshkent shahrida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiya markazi mintaqaning madaniy markazi bo`lishi umid qilingan. Bu yerni ziyorat qilgan shaxsda O`rta Osiyo RENESANNS davri allomalari asarlari haqida qisqacha va umumiy ma’lumotga ega bo’lish bilan birga, o`zlarida shakllangan iftixor tuyg`usi ta’siri ostida ulug‘ allomalarning ilmiy merosini chuqur o`rganishga o`zlarida rag`bat sezadilar.
Bugun yangi RENESANNS davrini barpo etish uchun jamiyatimizda imkoniyatlar yaratish jarayonlari kechmoqda. Bu yerda eng e’tiborli masala bo’lib, kelajak egalari, “Xalqning oltin fondi” bo`lmish yoshlarning zamonaga mos ta’lim olishlariga erishish hisoblanadi. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi…”17. Bu aksiomani barchamiz anglab yetishimiz, bu maqsad yo`lida birgalikda harakat qilmog`imiz lozim.
Bizningcha ayni maqsadga erishishimiz uchun ta’lim oluvchilarning axloqiy madaniyat darajasiga quyidagi talablar qo`yilishi lozim:

  • ilmga barcha sohada “kuchli rag`bat”. Qur’onshunos olimlarning ma’lumotiga ko`ra, bu muqaddas manbada “Ilm” so’zi 750 dan ortiq o`rinda takrorlangan. Hadisi shariflarda: “Ilmni Chin mamlakatidan bо‘lsa ham talab qilinglar”, “Beshikdan to tobutgacha bilim ol”, Olimning о‘limi-
    olamning о‘limi”, deb chuqur ma’noli fikrlar keltirilishining o`zi ham biz uchun ilmga rag’batni uyg`otadi;

  • biz uchun berilgan ulkan ne’matlardan biri – vaqtimizni munosib sarflashimiz, uning qadriga yetish ko`nikmasini jamiyat har bir a’zosi o`zimizda shakllantirishimiz lozim; Vaqt haqida so`z borganda bir-biriga zid ta’riflarni uchratib qolamiz: “Vaqt eng oliy hakam”, va yoki “Vaqtdan ortiq xiyonatkot yo`q”. Bu ta’riflardan ko`rinadiki, undan unumli foydalanish nafaqat biz uchun muhim, balki, biz uchun talab ham hisoblanadi. Bugungi globallashgan davr, tobora axborotlashayotgan jamiyat sharoitida yoshlarning ongini zaharlash, ularning qimmatli vaqtlarini noto`g`ri sarf qilishlariga undovchi omillar- kuchlar-vositalar avj olgan. Bu esa har bir jamiyat a’zosidan hushyorlikni va axloqiy madaniyatni talab qiladi, albatta.

  • “…So`zlasang so`zlagin yaxshi so`zlardan, yo`qsa gum bo`lmog`ing erur yaxshi”, deyiladi hikmatlarda. Behuda so`z-munozaralardan qochmog`imiz lozim. Negaki, inson psixologiyasidagi ana shu xususiyatdan mafkuraviy markazlar, qora niyatdagi kuchlar unumli foydalanayabdi, deb ayta olamiz. Bir tubanlikni, jamiyat uchun o`ta regressiv ta’sir etuvchi omilni, jamiyatda qadriyatga aylantirish uchun avvalo u haqida so`z borganda jamiyat a’zolarida beparvo, oddiy munosabatni shakllantirib olish ko`zlanadi. Bu esa o`z-o`zidan shu omil haqida insonlarda ko`p fikrlar qayta-qayta bildirilishi natijasida, uzoq yillar davomida amalga oshadi;

  • Har bir ne’matdan vaqtida foydalanib qolish.

Bu masalalarni har qancha davom ettirishimiz mumkin, lekin ular jamiyat a’zolari – yoshlar tomonidan to`liq anglab yetilsagina, axloqiy madaniyat shakllangan deya olamiz, ulkan natijalarga erishish haqida o`ylasak bo`ladi.

XULOSA
“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”dir. Bu hayot qonuniyatini unutishga hech kimning haqqi yo`q. Agar faqat ta’lim bilan birgina ezgu maqsadlarga yetishish mumkin deyilsa, ularga misol sifatida XX asr fashistik Germaniyasini keltirish yetarli bo`ladi. O`z sohasi boyicha lozim darajada bilimga ega bo`lgan qanchadan-qancha shaxslar ilmini siyosat qurboni qildi, insonlar ustida aqlga sig`mas tajribalarni o`tkazdi, ilmda ham agresiv metod tanlandi. Oqibat barchaga ma’lum.
Yuqorida ko`rib chiqqan mulohazalarimizdan ham bu omil naqadar muhimligi ko`rinib turibdi.
Ta’lim oluvchilarnig axloqiy madaniyati har qachongidanda muhimligini ochib berish uchun XXI asr ma’naviy hayotidagi o`ziga xos xususiyatlarni sanab o`taylik:

  • Kishilarning kitobga munosabati keskin o`zgarganligi;

  • Qadriyat va qadr tuyg`ulari “ommaviy madaniyat”ning tobora ta’siriga tushib borayotganligi;

  • Mas’uliyat masalasidagi vazifalarimizga o`zibo`larchilikka tashlab qo`yilayotgani;

  • Ko`p o`rinlarda ustoz-shogird, o`qituvchi-o`quvchi munosabatlari yuzakilik kasb qilib qolayotganigi;

  • Vaqtni boshqarishda katta xato-kamchiliklarga yo`l qo`yayotganligimiz;

  • Hayotimizdagi masalalarning muhimlilik darajasini lozim darajada bilmasligimiz (Sog`liq juda muhim deymiz, ammo, ovqatlanishimizga, ichimliklarimiz tarkibiga emas, eng ko`p ommalashgan, “reklama qilinayotgan” mahsulotlarni qabul qilishimiz, oilam birinchi o`rinda deymiz, lekin oila davrasida qadriyat, mexr, o`zaro yordam, ajdodlar xotirasi, kelajak rejalar haqida suhbatlashish o`rniga ijtimoiy tarmoqlar yoki TV seriallari bilan band bo`lishimiz…)

Odob, xulq, axloq – bu kishining ziynati, insonning o`z mohiyatini tog`ri va munosib talqin qilishiga ko`makdoshdir. Ta’lim oluvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish masalalari bugun dolzarb masalaga, muammo darajasigacha chiqib qolishining asosiy sabablari shuki, inson ongi uchun kurash mexanizmlari, vositalari har qachongidanda kuchliroq, xavfliroq va ommalashganroq tusda shu bilan birga ko‘z ilg‘amas shakllarda namoyon bo`lmoqda. Ularga qarshi har bir jamiyat avvalo, o`zining ilmiy-axloqiy merosini chuqur o`rganib, yosh avlodga yetkazishi, ularning qalbiga jo qilishi, axloqiy madaniyatini zamonaga munosib qilib shakllantirishi shartdir.
Jamiyat, uning kelajagi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi kabi ezgu g`oyalar zamirida ana shu axloqiy madaniyat yotishini barchamiz anglamog`imiz – o`z niyatlarimizga erishishimizning kafolatidir.



Download 84,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish