Ta’lim nazariyasi fanidan Bajardi: Eshmurodov Alisher Tekshirdi: Zaripova Dilnoza



Download 208,87 Kb.
bet4/6
Sana13.01.2022
Hajmi208,87 Kb.
#358088
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Talim nazariyasi 2- topshiriq

Ta’lim jarayoni shakllari

Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi

Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Individual ta'limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta'lim beruvchi ta'sirining cheklanganligi (bunda ta'lim beruvchining vazifasi ta'lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo'ladi); boshqa ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta'lim oluvchining yoki ta'limning ijtimoiylashishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta'limning individual-guruhli shakli paydo bo'ldi. Bu ta'lim turidan XVI asrga kelib Yevropada keng foydalana boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlarida bu ta'lim turidan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo'la oladi. Avesto davri jami-yatidagi maktablarda individual o'qitish jamoaviy o'qitish bilan bir-ga olib borilar edi. XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o'zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalash») boiimida ta'lim oluvchilarga jamoaviy o'qitish haqidao'z fikrini bayon etgan.

XV-XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi va uning natijasida ta'lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi. Ulardan biri ta'lim oluvchilarni o'qitishning guruhli (jamoaviy) turi deb ataladi. Ular G'arbiy Rossiya (hozirgl Belorus va Ukrainaning g'arbiy qismlari)dagi birodarlik maktabla-rida ilk bor qoilanilgan va undagi o’qish sinf-dars shaklining asosi bo'lgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomoni-dan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o'quv yili, o'quv kuni, dars mashg'ulotlari orasidagi tanaffus, o'quv ta'tillari kabi tushun-chalarini kiritgan. Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo'lsa-da, bugungi kunda ham keng ko'lamda iste'molda foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mazmuni o'quv ishlarini tashkil etishning o'ziga xos shakli sifatida quyidagilardan iborat boiadi:

* bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo'lgan ta'lim oluvchilar (o'quvchilar) sinfni tashkil etadi.
Bu sinf maktabda o'qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoiadi;


  • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jad-
    vali bo'yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yil-
    ning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak
    bo'ladi;

  • mashg'ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;
    *dars odatda bir fan yoki mavzuga bag'ishlangan bo'ladi, shu bois, ta'lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

• darsda ta'lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta'lim beruvchi
rahbarlik qiladi, u o'z fani bo'yicha o'qish natijalarini, har bir ta'lim
oluvchining alohida bilimini baholaydi. O'quv yili oxirida pedagogik
jamoa, ya'ni ta'lim beruvchilar xulosalari bo'yicha ta'lim oluvchini
keyingi sinfga o'tishi haqida qaror qabul qilinadi.

Sinf - dars tizimi atoqli olim K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantirildi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog' langan quyidagi uchta qismini ajratib ko'rsatdi:



  1. Ilgari o'rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni
    amalga oshirish va ta'lim oluvchilarda materialni jadal qabul qilishga
    maqsadli ko'rsatmani yaratishga qaratilgan qism. K.D.Ushinskiyning
    fikricha, darsning bu qismi darsga go'yoki «eshik» hisoblanadi.

  2. Asosiy masalani hal etishga yo'naltirilgan qism. Bu qism dars­
    ning muhim markaziy qismi hisoblanadi.

  3. Amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko'nikma
    va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan qism. Bu qism darsning
    xulosalash va umumlashtirish qismi bo'lib hisoblanadi.

 Afzalliklari:

• yaxlit o'quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli (tizimli) ketishini


ta'minlovchi aniq tashkiliy tizim;

• jarayonlarning oddiy boshqarilishi;

• muammoning jamoa bo'lib muhokama qilinishi, masalaning
yechimini birgalikda izlash jarayonida ta'lim oluvchilar o'rtasida
o'zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;

• ta' lim beruvchining ta' lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doi-miy emotsional ta'sir ko'rsatishi;

• ta'limning emotsionalligi (zero, ta'lim beruvchi bir vaqtning
o'zida ta'lim oluvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o'quv
faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning
yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o'zlashtirish sari harakatlarning
muntazamligi va izchilligi.


Download 208,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish