Ta’lim muassasalarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishning tashkiliy – pedagogik asoslari



Download 40,36 Kb.
bet8/11
Sana20.03.2022
Hajmi40,36 Kb.
#502975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fizra ref

Bajara bilish tamoyili Jismoniy tarbiyada o‘quvchilarda o‘rganilayotgan 
jismoniy mashqlar texnikasi va malaka va ko‘nikmalari shakllangandan so‘ng 
undan murakkabroq bo‘lgan jismoniy mashqlar turkumiga o‘rgatiladi. Oson 
mashqlar o‘quvchilar faolligini susaytiradi. Shuning uchun ularni jismoniy 
darajaligi muvofiq holda jismoniy mashqlar berish va ularni takomillashtirib 
borish kerak. O‘quvchilar organizm bir xil shakldagi jismoniy mashqlarga 
moslanib qoladi. Mashqlar miqdori, hajmi, suratini orttirib borish bolalar 
organizmini jismoniy rvojlanib borishini ta’minladi. Aks holda bir xil shakldagi 
jismoniy mashqlarga o‘quvchilar organizmi moslashib qoladi va bu bilan 
ularning organizmi jismonan rivojlanmaydi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ta’limnin ko‘plab turli uslublari va uslubiy shakllari qo‘llaniladi. Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin: 
a) og‘zaki; b) ko‘rgazmali; v) amaliy.


Og‘zakilik uslubi jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni tushuntirish, 
mashqlarni o‘zlashtirish bo‘yicha suhbatlar, munozaralar, muhokamalar hamda 
tahlil etish shaklida bo‘ladi. Tushuntirish uslubi maktabning barcha sinflarida 
qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o‘quvchilarda harakat 
haqida tasavvur hosil qiladi. Tushuntirish uslubida qiyoslash, taqlid qilishni ko‘p 
qo‘llash mumkin. Tushuntirish davomida o‘quvchilar ham mashqlar va 
harakatlarga oid bo‘lgan yangi so‘zlarni o‘rganib boradilar. Qiyin mashqlarni 
tushuntirishda esa bolalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish kerak. Ko‘rinib 
turibdiki, tushuntirish og‘zakilik uslubining asosiy shakli hisoblanadi va 
o‘quvchilarga o‘rganiladigan material haqida to‘la tasavvur beradi.
Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun 
va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda qo‘llaniladi. Hikoya usulida 
yangi material qiziqarli rivoyat tarzida bayon qilinadi. Bunda o‘rganiladigan 
materialni yaxshi o‘zlashtirishga va mashqlarni yaxshi bajarishga zamin 
yaratiladi. Hikoya uslubi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya 
darslari tashkil etishda ko‘p qo‘llaniladi. Hikoyaga qo‘yiladigan talablar bayon 
qisqa, qiziqarli, ifodali va hissiy bo‘lishi kerak. Suhbat savol-javob shaklida o‘tkaziladi. O‘qituvchi yo‘llovchi savollar yordamida 
materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, o‘quvchilarda o‘z fikrlariniaytish istagini qo‘zg‘aydi. Suhbat o‘qituvchi va o‘quvchilar
o‘rtasidagi muammolarning qulay shakli bo‘lib, o‘rganiladigan 
o‘quv materialini o‘tilgan o‘quv materiali bilan bog‘lash va uni bolalar 
tushunishlari darajasini aniqlash ular diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi.
Suhbat doimo o‘z mavzusiga yo‘naltirilgan qiziqarli bo‘lishi kerak.
Buyruq va qarorlar jismoniy tarbiya jarayonini boshqarish vositasi 
hisoblanadi. Buning asosida o‘qituvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida 
buyruq berib o‘quvchilarni boshqarish masalalarini hal etadi. Buyruq va 
qarorlardan o‘quvchilar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o‘tish 
jarayonida o‘qituvchi rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi. 
Buyruq usullari bolalarda harakatlarni bajarishga bo‘ladigan ta’sir sifatida 
shakllanadi. o‘qituvchining buyruqlari aniq, lo‘nda va qisqa bo‘lishi kerak. 
SHuningdek ohangli darajada bajarilishi kerak.
Ko‘rsatmalar maktabning barcha sinflarida mashqlarni bajarishda 
qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga yoki bir o‘quvchiga tegishli bo‘lishi 
mumkin. Jismoniy tarbiyaninig og‘zakilik uslubidan yana bir shakli ko‘rsatma 
va tavsiyalardir

Download 40,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish