8. O‘quvchilarga tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat
faoliyatini tayyorlash. Maktabda ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini
muvaffaqiyatli olib borish, jismoniy madaniyat darslari hamda sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarni to‘laqonli o‘tkazishda o‘quvchilar jismoniy madaniyat
faoliyatining o‘qituvchiga doimiy yordam zarur. Sinflarda o‘quvchilar orasida
jismoniy madaniyat tashkilotchilari, sport to‘garaklarida jamoa sardorlari, guruh
boshliqlari saylanadi. Ular faol sportchi o‘quvchilar ichidan tanlanadi. Maktabda
sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda jismoniy madaniyat jamoasiga
yaqindan yordam beradilar
9.Maktabdagi jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy mashqlar, mehnat,
tegishli kun tartibi va tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish maktab
yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari hisoblanadi.
Maktabda jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi jismoniy mashqlardir.
Jismoniy mashqlar o‘quvchilarda harakat malakalari va ko‘nikmalarini
shakllantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etadi, harakat apparatining
rivojlanishiga yordam beradi, qon aylanish va modda almashishini yaxshilaydi,
nafas olishga ijobiy ta’sir etadi. Maktabdagi jismoniy tarbiyaga oid amaliy
ishlarda qo‘llaniladigan harakatlar tezkorlikni, epchillikni, egiluvchanlik,
kuchni, chidamlilikni rivojlantiradi va kishining yurish, yugurish, sakrash,
muvozanat saqlash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi tabiiy harakatlarni to‘g‘ri
bajarish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri qo‘llashda
mashqlarni tanlash va ularni o‘tkazish uslubiyati katta ahamiyatga ega. Jismoniy
mashqlar harakatlariga o‘rgatish jarayonining bir qismida ham shuningdek yaxlit
jarayoni ishtirok etadi. O‘yin va musobaqalar tarkibida jismoniy mashqlar
mavjud bo‘lib bolalarni jismoniy rivojlanish hamda jismoniy fazilatlarni takomilla
shtirishni amalga oshiradi. Bolalar organizmining eng muhim xususiyati-bo‘yning tez o‘sishi va tananing hamma organlarida sifat o‘zgarishlari bo‘lishidir. Ayniqsa, oyoqlar tez o‘sadi. Bu tana mutanosibligini o‘zgartiradi. Tana og‘irligi yiliga o‘rtacha ikki kilogramm ko‘payadi. Suyak bo‘lish jarayoni tez kechadi, lekin suyak to‘qimalarida organik moddalar va mineral tuzlar nisbatan kam bo‘ladi, shunga
muvofiq suyaklar egiluvchanligi, elastikligi bilan ajralib turadi, skeletda tog‘ay
to‘qimalari ko‘p bo‘ladi. Suyak sistemasining rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra
bolalik yoshida haddan tashqari jismoniy yuklama, uzoq muddatli turg‘un
xarakatlar qilish, balanddan va qattiq joyga sakrashlar man etiladi.
Muskullar va umurtqa paychalari bolalarda kam rivojlangan, umurtqalar
orasidagi tog‘ay qatlamlari kattalarnikiga qaraganda qalin bo‘ladi. Etti yoshga
borib umurtqaning hamma pog‘onalari bo‘ladi, lekin ular keyinroq qotadi.
Umurtqa egiluvchanligi bilan farqlanadi, noqulay sharoitda esa uning shakli
o‘zgarishi xavfi tug‘iladi. Bu yoshda umurtqaning turli xil noto‘g‘ri o‘sishlari
kuzatiladi. SHuning uchun o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi vositasi sifatida
tabiat omillari suv, quyosh, havo muolajalaridan keng foydalaniladi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasida tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish
bo‘yicha ishlar o‘qituvchining ota-onalar va bolalar o‘rtasida tushuntirish
ishlarini tashkil qilish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Tabiat omillar
yordamida chiniqish muolajalari har bir dars mashg‘ulotlari va kun tartibidagi
jismoniy tarbiya tadbirlari amalga oshirilib borish kerak. SHunga qaramay
chiniqish tadbirlarining asosiy qismi sayrlar va turizmda o‘tkaziladi. Unda
bolalarni suzish va cho‘milish, quyoshda toblanish hamda toza havoda sayr
qilish va o‘yinlar musobaqalar o‘tkazish tadbirlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |