Ta’lim menejmenti taraqqiyotini fan sifatida tadqiq qilish yondashuvlari, ularning mutanosibligi va qo‘llanish chegaralari


I bob Ta’lim menejmenti sohasidagi pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi



Download 59,02 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2022
Hajmi59,02 Kb.
#878064
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta\'lim menejmenti fanini o\'qitishda statistik ma\'lumotlardan foydalanish

I bob Ta’lim menejmenti sohasidagi pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
1.1 Ta’lim menejmenti taraqqiyotini fan sifatida tadqiq qilish
Menejment fani - bu raxbarlarga boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirish, xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirishda, shuningdek, korxona va muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga hamda ko‘zlangan natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etuvchi karorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilinadi.
Ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pogona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pogona - o‘quvchilar faoliyatini boshqarish. Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi - ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat. Ta’lim menejmenti fani ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, boshqaruv mas’uliyati va madaniyati, boshqaruv funksiyalari va metodlari, boshqarishning qonun-qoidalari va tamoyillari, rahbar va lider fazilatlari, ta’lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalari, ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya, rahbarlarning innovatsion faoliyatlari, boshqaruvda tarbiyaviy munosabatlar va raxbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, personalii boshqarish hamda ta’lim muassasalarini boshqarishda motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etadi.
Oliy maktabga qo‘yiyaadigan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ishni tashkil etish ancha murakkablashdi va professional boshqaruvni talab etadi. Inglizcha “managemept - boshqaruv so‘zi lotincha “mapis” - qo‘l so‘zidan tashkil etgan. Hozirgi vaqtda menejment jamiyat hayotining deyarli barcha tomonlarida aks etuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa hisoblanadi. Menejmentning ma’lum turlari (ma’muriy, bank, strategik, innovatsion va b.) orasida ishlab chiqarish menejmenti alohida o‘rin egallaydi. U tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida intellektual, moliyaviy, xom ashyo, moddiy resurslarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Bilimlar va intellektual kapitalni ulardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida boshqarish muammolari so‘nggi yillarda birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Bilimlar boshqaruv ob’ekti sifatvda qaralishi lozimligi keng miqyosda e’tirof etilmoqda. Korxonalarning raqobatbardoshlik darajasiga ularning bilimlarni jamlash, taxdil qilish va rivojlantirish qobiliyati va oxir-oqibatda raqobat sohasidagi barqaror ustunliklar tobora kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. Yetakchi xorijiy kompaniyalar (Gepegal Motogs, Fhilir Morris, Rapk Xegox va b.) bilimlar menejmentiga o‘z daromadlarining 3,5-10% ni yo‘naltirmokdalar, firmalar tarkibiga bilimlar transferti bo‘yicha vitse-prezident, bilim ayirboshlash bo‘yicha menedjer, intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha direktor kabi muhim lavozimlar kiritilmoqda.
Ma’lumot (ixtisoslik, malaka) olish turli o‘quv fanlaridan muayyan mazmundagi bilimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Ta’limning mazmuni ta’lim maqsadlariga tayanadi va Davlat ta’lim standartlari bilan belgilanadi, Respublikamizda yuz bergan iqtisodiy o‘zgarishlar milliy iqtisodiy amaliyotimiz uchun yangi bo‘lgan bir qancha kasblarga bo‘lgan talabni belgiladi. Ularning orasida menejer kasbi ham bor. Oliy o‘quv yurtini boshqarish amaliyotiga hozirgi zamon menejmenti kiritilishi munosabati bilan o‘quv yurtlarida menejerlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masala kun tartibiga qo‘yiladi. Menejer - boshqaruv funksiyalarini rahbarlikning zamonaviy ilmiy metodlari yordamida professional tarzda amalga oshiruvchi odam. U professional rahbar. Uning professionalizmi bozorni, uning qonunlarini bilishda, tashkilotning rivojlanishini prognoz qila olishda va tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘nikmasida, resurslarni boshqarish va vaqti-vaqti boshqaruv texnologiyalarini yangilash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Menejer odamlarni va ularning o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarish, chunonchi: umumiy maqsadlar atrofida odamlarni jipslashtirish, xodimlarga muttasil kasbiy o‘sishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, ishga doir zaruriy munosabatlarni tartibga solish, mehnatni motivlashtirish va rag‘batlantirish, jamoada o‘zaro hurmat, ishonch va muvaffaqiyat muhitini yaratish mahoratiga ega bo‘lishi muhimdir. Menejerlarni tayyorlash tajribasi chet elda yuz yildan ko‘proq vaqt bilan o‘lchanadi. Bu turdagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga kuchayib borayotir. Hozirgi vaqtda har yili 70 mingdan ortiq amerikalik menejer diplomini oladi. Yaponiyada menejerl Efning umumiy soni 3 mln.dan ortiq, lekin, shunga qaramay, muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Menejerning bosh vazifalaridan biri qo‘l ostidagi xodimlar ishini' samarali tashkil etishdir. Menejerlar o‘z faoliyatida duch keladigan muammolarning 80% odamlar bilan bog‘liq. U jamoada ishlash jarayonida axborot berish, motivlashtirish va tarbiyalash funksiyalarini muttasil bajarishi lozim. Rahbar ishida qo‘l ostidagilarning tponchini yo‘qotishdan yomoni yo‘q. Qobiliyatli kishilar qurshovida ishlashdan qo‘rqmaydigan, ularga o‘z ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan rahbargina mohir menejer sifatida nom qozonishi mumkin. Binobarin, menejerni o‘qitib-o‘rgatishda pedagogika va psixologiya sohasida tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
«Boshqaruv» so‘zi odatda aniq bir maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ekt yoki sub’ekt tizimiga faol ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi. Bugungi kunda boshqaruvning ma’nosi bo‘yicha bir necha yo‘nalishni ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv ma’nosi - faoliyatdir. Masalan, boshqaruv jarayoni bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan, o‘z vaqtida boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri Anri Fayol boshqarishni:
- kelajakni ko‘ruvchi;
- faoliyatni tashkillashtiruvchi;
- tashkilotni idrok qiluvchi;
- faoliyat turlarini muvofiqdashtiruvchi;
- qaror va buyruklarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol, deb ta’riflaydi.
Ikkinchi yo‘nalishda boshqaruv bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxs yoki guruhga ta’sir etishi, deb hisoblanadi. M.Sharifxo‘jaev «Boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir», deb ta’riflaydi. Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning beshta funksiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqdaiggirish, nazorat qilish. Hozirgi tez o‘zgarayotgan texnologik dunyoda raqobat sohasidagi ustunliklar mehnat resurslarining sifati, inson kapitaliga investitsiyalar (ular ta’lim berish yo‘li bilan amalga oshiriladi) va har bir inson o‘z kasbiy darajasini uzluksiz
Hozirgi tez o‘zgarayotgan texnologik dunyoda raqobat sohasidagi ustunliklar mehnat resurslarining sifati, inson kapitaliga investitsiyalar (ular ta’lim berish yo‘li bilan amalga oshiriladi) va har bir inson o‘z kasbiy darajasini uzluksiz ta’lim tizimida iqtisodiy bo‘g‘in va boshqaruv bo‘g‘ini alohida o‘rin egallaydi. Pedagogik jarayonni boshqarish nimadan boshlanadi? Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalaiggirish tashkil etish, o‘quv vaziyatlari bo‘yicha qaror qabul qilish, kafolatlangan natijani ko‘lga kiritish, nazorat qilish, kasbiy faoliyatni muvofikdashtirish bilan belgilanadi. Respublikamiz taraqqiyotini hal etishda pedagoglar zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. O’qituvchining oldiga o‘z kasbining mohir ustasi, o‘quvchilar jamoasini boshqara olish qobiliyatlarini rivojlantirish kabi qator talablar qo‘yiladi.

Download 59,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish