Nazorat savollari:
3D Max dasturida qanday turdagi kameralar mavjud?
Kamera animatsiyasi nima?
Erkin kamerani o’rantish 4. Target kamerani o’rnatish 5. Kameralarni sozlash.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Biror bir mul’tfilm qaxramonini bosh qismini modellashtring. Boshning sodda harakatini yarating. Mul’tfilm qaxramoni skeletini yarating va uni harakatlantiring.
XULOSA
Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan.
Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yetarli emas. Shu sababli yosh avlodga ma’naviy va ilmiy bilimlarni berishda adabiyotlarning o’rni beqiyosdir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bunday turdagi o’quv qo’llanma va darsliklarni yaratish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu “Kompyuterli animatsiya” fani bo’yicha tayyorlangan o’quv qo’llanmani o’zlashtirish natijasida talabalar kompyuter grafikasi va uning turlari va mul’timedia vositalari yordamida animatsion mahsulotlar yaratishni, uch o’lchovli sodda va murakkab ob’yektlarni modellashtirish va ularning dinamikasini yaratish usullarini, animatsiyaning asosiy tamoyillarini, mul’tfilm yaratish texnologiyalarini, animatsion mahsulotlar yaratishga mo’ljallangan yuqori sifatli texnologiyalar Rigging, Morhfing, Motion capture texnologiyalari imkoniyatlari va turlarini o’rganishlari mumkin. Bundan tashqari 2D va 3D grafikaga asoslangan animatsion mahsulotlar ishlab chiqish bo’yicha maxsus bilim va ko’nikmalar egasi bo’lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |