Talabasi matyusupov shohimurodning ogahiyning tarjimonlik mahorati mavzusidagi



Download 325,29 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi325,29 Kb.
#789150
  1   2   3
Bog'liq
OGAHIYNING TARJIMONLIK MAHORATI REFERAT




URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI 182 - GURUH SIRTQI YO’NALISHI
TALABASI MATYUSUPOV SHOHIMURODNING




OGAHIYNING TARJIMONLIK MAHORATI MAVZUSIDAGI



Urganch-2022 yil
REJA:
1. o‘zbek tarjima maktabi tarixi bosqichlari haqida
2. Tarjima tarixi borasidagi ishlar hamda Ogahiyning tarjimonlik faoliyati haqida
3. Ogahiy - tarjimonlik maktabi haqida
4. Foydalangan adabiyotlar


O‘zbek tarjima maktabi tarixi bosqichlari xaqida


Bugungi kunda O‘zbekistonning jahondagi boshqa xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida qanchalik obro‘-e’tibori va nufuzga ega bo‘layotganligini mamlakatimizga chet el investorlarining kirib kelishi, XIX asr taraqqiyoti, taraqqiyotning o‘zbek modeli, hamda o‘zbek adabiyoti, san’ati, madaniyatiga qiziqishi, misolida ko‘rish mumkin. O‘zbek xalqi jahon adabiyotining nodir asarlari bilan tanishish barobarida, o‘zi jahon adabiyoti xazinasining boyishiga hissasini qo‘shmoqda.
Tarjima tarixi, tarjima nazariyasi va tarjima tanqidchiligi respublikamizda ancha yillardan beri taraqqiyot etib kelmoqda. Aynan tarjima bir mamlakat yoki qit’a odamlarini boshqa mamlakat odamlarining hayoti, turmush tarzi madaniyati, urf-odati, tarixi, adabiyoti va ilm-fani bilan tanishtiradi. Tarjima orqali biz o‘zga madaniyatlarni, o‘zgalar esa buyuk o‘zbek madaniyatini o‘rganib kelishmoqda.
O‘zbekistonda tarjima tarixini yoritishda G‘.Salomov, N.Komilov, J.Sharipov va boshqalarning o‘rni salmoqlidir. Tarjimashunoslik qiziq fanlardan biri bo‘lganligi bois juda tez rivojlanib ketdi. Tarjimashunoslik sohasida dong‘i ketgan olimlardan biri G‘.Salomovdir. U tarjimashunoslik jumladan, tarjima tarixi bo‘yicha ham jiddiy ilmiy izlanishlar olib boradi. Yana bir shunday ijodkorlardan biri bu Anvar Xojiaxmedovdir. U «Rus klassik adabiyotidan qilingan ilk tarjimalar va ularni o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi ahamiyati» nomli kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan. U yarim asrdan ko‘proq vaqt ichida rus tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarni o‘rganib ular haqida qimmatli ma’lumot beradi.
Yusuf Po‘latov 1963 yilda «O‘zbekistonda chet el adabiyoti va Mopasson novellalarining tarjima»si nomli kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi. Ushbu dissertatsiya boshqalardan farq qilib, unda nafaqat rus tili, balki ingliz, fransuz va boshqa ko‘plab tillardan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zbek tiliga tarjima qilish kerakligi ham ta’kidlab o‘tiladi.
O‘zbek adabiyoti borgan sari chet el adabiyoti namunalarining tarjimalari bilan boyib bormoqda. Erkin Vohidov tarjima qilgan Gyotening «Faust», Abdulla Oripov tarjima qilgan Dantening «Ilohiy komediya», Rauf Parpi tarjima qilgan Nozim Hikmatning «Inson manzaralari» epopeyasining birinchi kitobidir. Ulardan tashqari Firdavsiyning «Shohnoma»si, Bayronning «Don-Juan»i tarjimalari buning guvoxidir.
O‘zbekistonda tarjima ming yillik tarixga ega. Bunda M.Ogahiyning ham tarjimonlik faoliyati katta ahamiyatga ega. XIX asrda yashab ijod etgan Ogahiy Nizomiy, S.Sheroziy, H.Dehlaviy, A.Jomiy kabi klassik ijodkorlarning «Haft paykari», «Guliston», «Shoh va gado», «Yusuf va Zulayho», «Bahoriston» singari shohona asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. N.Komilov, Ogahiyning tarjimonlik faoliyatiga bag‘ishlangan kandidatlik dissertatsiyasida uning tarjimachilik faoliyati va iqtidorini tarjimaga bo‘lgan qarashlari va san’atni ochib beradi. Ogahiy 20ta yirik asarni tarjima qilgan bo‘lib, ulardan 18tasi bizgacha yetib kelgan.
She’r, poeziya, poema, romanlari bilan xalqimizni mehr-muhabbatini qozongan mashhur ajoyib adibu, zabardast shoir Oybek poema va she’riy romanlarni tarjima qilgan shoir-tarjimondir. Uning tarjimonlik faoliyati 20 yillarning o‘rtalarida boshlangan, kichik-kichik she’riy asarlarni, keyinchalik tarixiy kitoblarni, G‘arbiy Yevropa madaniyatidan kitoblarni tarjima qilib, katta tajriba orttiradi. Shoirning tarjima san’atida erishgan eng yuksak yutug‘i A. S. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romanning tarjimasi bo‘lib, u bir necha marta qayta nashr etiladi.
Hozirgacha tarjimashunoslik yo‘lida tinmay mehnat qilib kelgan marhum olimimiz, yuqorida ta’kidlanib, nomi zikr etilgan tarjimashunos G‘.Salomov o‘zbek tarjima nazariyasi va tarjima maktabi asoschisidir. U tarjima nazariyasi va tarixi borasida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Fan yangi asrda gullab yashnayotganini ko‘rgan G‘.Salomov tarjimaning o‘ziga xos o‘rni borligini ta’kidlaydi.



Download 325,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish