Talabasi matyusupov shohimurodning ogahiyning tarjimonlik mahorati mavzusidagi


Tarjima tarixi borasidagi ishlar hamda Ogahiyning tarjimonlik faoliyati haqida



Download 325,29 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi325,29 Kb.
#789150
1   2   3
Bog'liq
OGAHIYNING TARJIMONLIK MAHORATI REFERAT

Tarjima tarixi borasidagi ishlar hamda Ogahiyning tarjimonlik faoliyati haqida


Hamma davrda tarjima o‘ziga xos ravishda rivojlangan, lekin bu XX asr oxiri va XXI asrning boshidagi tarjima bo‘lgan yondashuv undanda balandroq bo‘lganidan dalolat beradi. G‘.Salomov asosan madaniy va ilmiy aloqalar va tarjima, badiiy tarjima uslubidek tarjima tarixini ham keng yoritadi va o‘zi tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashqari u she’riy tarjimada ham mazmun, shakl va iloji bo‘lsa originallikni saqlab qolish kerakligini aytib o‘tadi. U tarjimashunoslik fanlarini tasnifini berarkan, tarjimashunoslik fanini quyidagi qismlarga bo‘lgan holda taraqqiy ettirish mumkin deydi:
1. Tarjima tarixi;
2. Tarjima nazariyasi;
3. Tarjima tanqidi;
4. Sinxron tarjima;
5. Avtomatik tarjima asoslari.
G‘.Salomov tarjima tarixini tanqid qilishda bir necha yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tadi. Uning tasnifiga ko‘ra u quyidagicha tus oladi:
1. Sohalar va janrlar bo‘yicha. Bunga aniq gumanitar fanlar tarjimasi, tarjima va lug‘atshunoslik (ikki tillik va ko‘p tillik lug‘atlar tuzish) kiradi.
2. Til prinsiplari bo‘yicha. Bunga masalan, arabcha-o‘zbekcha, forscha-o‘zbekcha kabilar bo‘lishi mumkin hamda bilingvizm tarjima kiradi.
3. Tarixiy an’analar va mahalliy sharoitga oid tipik belgilar bo‘yicha. Bunga misol tariqasida tarjima maktablarini olish, Toledo tarjima maktabi, Bag‘dod tarjima maktabi h.k.
4. Davrlar bo‘yicha. Bunga masalan, antik davr, o‘rta asrlar, eramizning I asridan to X asrigacha, yangi davr va h.k.larni belgilab olib tadqiq qilish mumkin.
N.Komilov ham tarjima tarixi borasida katta ishlar qilgan olim. U Ogahiyning tarjimonlik faoliyatini o‘rganib chiqib, tahlil qiladi va yoritadi. N.Komilov Ogahiy hayotini va ijodini sinchiklab o‘rganib chiqarkan, uni ham adabiyotchi, ham tarixchi, ham tarjimon ekanligini va uchchala sohada ham birdek qalam tebratgan xassos shoir, teran fikrli olim, mohir tarjimon deb yozadi. Tarjimachilik borasida Ogahiy «Ravzatus-Safo», «Nodirnoma», «Zafarnoma». «Zuddat ut-hikoyat», «Nasihatnomayi Kaykovus» va boshqa asarlarni yuksak mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qiladi. Bundan tashqari N.Komilov Xorazm tarjima maktabi, uning namoyondalari va ularning ishlari haqida ham ish olib boradi. Xorazm tarjima maktabi tarjimonlari hayoti, turmush tarzi, tarjima prinsiplarini izohlab yoritib beradi.
G‘ofur G‘ulom tarjimon sifatida ham madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shdi. U 20 yillardayoq badiiy tarjima kitobxonini buyuk shoir V. V. Mayakovskiy ijodi bilan tanishtirdi. G‘ofur G‘ulom A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, N.Nekrasov kabi rus shoirlarining, Shayx Sa’diy, V.Shekspir, Sh.Rustaveli. T.Shevchenko, A.Loxutiy kabi klassiklarning, A.Tvardovskiy, M.Tursunzoda kabi zamonamiz vakillarining asarlarini o‘zbek kitobxoniga tuhfa etdi. Ayniqsa, o‘zbek tilida buyuk Shekspirning «Otello»si va «Qirol Lir»i G‘ofur G‘ulom tarjimasida juda katta shuhrat topdi. Bu o‘rinda G‘ofur G‘ulomning tarjimonlik mahoratini batafsil tahlil qilish qiyin. Badiiy tarjima G‘ofur Gulom uchun xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash vositalaridan biri edi. Shuning uchun ham atoqli shoir o‘zbek xalqini qardosh xalqlar madaniyatidan va jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand qilish ishida ham katta jonbozlik ko‘rsatdi.
Hozirgi kundagi o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar nafaqat jug‘rofiyaning kengligi, balki fani, uslubi, mavzu va g‘oyalari jihatidan rang-barangligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, Kabo Abining «Yaщik odam» (S.Rahmonov tarjimasi), Gabriel Garsiya Markesning «Yolg‘izlikning yuz yili» (N.Qobul, A.Jo‘raev tarjimasi), M.Bulgakovning «Usta va Margarita» (Q.Mirmuhamedov tarjimasi), Ch.Aytmatovning «Qiyomat» (I. G‘ofurov tarjimasi), «Asrga tatigulik kun» (A.Rashidov tarjimasi) romanlari, kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
Ushbu tarjimalar nafaqat abadiy hayotimizda, balki umuman madaniy hayotimizda yuz bergan xayrli voqealar ekanini e’tirof etishimiz lozim. Bu yirik tarjimalarning har biri jiddiy tatqiqotlarga mavzu bo‘lishga arziydi.
Har bir tarjima asrini o‘sha tarjima yaratilgan davr bilan bog‘liq holda tarixiylik prinsipi asosida o‘rganish lozim. Bunday qoidaga amal qilmaslik tarjima asarining sifatini, tarjimonning xizmatini va har bir davr tarjimachiligining asosiy tendensiyalarini baholashda jiddiy xatoga yoki bir yo‘qlamalikka olib kelishi turgan gap. Tarjima tarixini chuqur o‘rganish faqat umumiy madaniy yuksalish yoki muayyan milliy adabiyot tarixini o‘rganishdagina emas, balki o‘sha adabiyotning hozirgi taraqqiyot jarayoni, xususiyati, adabiy voqealari ko‘lamini tatqiq etish, rivojlantirish istiqbolini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda tarjimachilik ishlari ko‘zga ko‘ringan olimlardan J.Sharipov ham malakali ish olib borib «O‘zbekistonda tarjima tarixidan» va «Badiiy tarjima va mohir tarjimonlar» nomli kitobini chop ettirdi. Olim O‘zbekistonda tarjima tarixini o‘rganishda qizg‘in faoliyat ko‘rsatdi va o‘zbek tarjimachiligi tarixini keng miqyosda o‘rgandi, olimning «O‘bekistonda tarjima tarixidan» monografiyasida nomlari unutilib ketgan yuzlab tarjimonlar, juda ko‘p tarjima asarlarining nomlarini keltirdi.



Download 325,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish