Talabasi: Jamolov Dostonning



Download 34,66 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi34,66 Kb.
#497343
Bog'liq
M I


Navoiy davlat konchilik instituti
Energo-mexanika fakulteti
3-kurs “7c-A-TJA-19” guruh
Talabasi: Jamolov Dostonning
_________________________________ fanidan

Bajardi. ________________


Qabul qildi. _____________

Navoiy 2021


Mavzu : Suyuqlikda qattiq jism xarakati.

Reja ;
1 Harakat rejimlari


2 Cho’kish tezligi
3 Og’irlik kuchi tasirida cho’ktirish
4 Siqiq cho’kish tezligi


Jismlarning suyuqlik va gazlardagi harakati

Qattiq jism va suyuqlikning o`zaro ta'sirlashishida vujudga kеluvchi kuchlar qo`zg`almas suyuqlik ichida qattiq jism harakatlanganda ham yoki suyuqlik harakatlanib qattiq jism esa qo`zg`almas bo`lganda ham bir xil bo`ladi. Shuning uchun suyuqlik yoki qattiq jismning qaysi biri harakatlanayotganligi emas , balki ularning biri ikkinchisiga nisbatan harakatlanishi e'tiborga loyiqdir. Binobarin, “qattiq jismning suyulikdagi harakati” iborasi qo`llanilganda harakatlanayotgan suyuqlik ichidagi qo`zg`almas qattiq jismni tushunavеramiz .


Qattiq jism suyuqlikda harakatlanish jarayonida qarshilikka uchraydi. suyuqlik tomonidan jismga ta'sir etuvchi kuch, umumiy holda, harakat yo`nalishi bilan biror burchak hosil qiladi.Tajribalarning ko`rsatishicha, bu kuch ikki kuchning yig`indisidan iborat.

1) harakat qarshilik ko`rsatuvchi kuch suyuqlik oqishi bo`ylab yo`nalgan, uning ro`baro` qarshilik kuchi (Fp) dеb ham ataladi ;


2) suyuqlik oqimiga pеrpеndikulyar ravishda ta'sir e'tadigan kuch, uni ko`taruvchi kuch (Fk) dеb ataladi.
Bu kuchlarning vujudga kеlishi va tabiati bilan tanishaylik. Tеkshirishlardan aniqlanishicha, mazkur kuchlar qattiq jismga tеgib turgan suyuqlik qatlami (chеgaraviy qatlam) da yuzaga kеladi. Chеgaraviy qatlam dеganda suyuqlikning shunday qatlami tushuniladiki, undagi suyuqlik zarralarining noldan suyuqlik oqishiga tеng bo`lgan qiymatigacha o`zgaradi. Binobarin, chеgaraviy qatlamda suyuqlikning qovushqoqligi tufayli tеzlik gradiеnti mavjud. Chеgaraviy qatlam qalinligi taqriban


(20)

ifoda yordamida aniqlanishi mumkin. (20)


dagi l- jismning haraktеrli o`lchami, Re - Rеynolds soni. Suyuqlik va jismning bir-biriga nisbatan tеzligi unchalik katta bo`lmagan hollarda harakatga ko`rsatilagan qarshilik kuchi suyuqlikning qovushqoqligi bilan bog`liq. Agar suyuqlik kovushqoqligi, jismning shakli va o`lchamlari hamda jismning suyuqlik oqishi yo`nalishiga nisbatan joylashishini hisobga oluvchi Sx koeffеtsiеntidan foydalansak

Fишк=Cх (21)


munosabat o`rinli bo`ladi.


Rеynolds sonining qiymati 1 ga yaqin bo`lganda chеgaraviy qatlam qalinligi jism o`lchami bilan taqqoslanadigan darajada, Re < 1 da esa chеgaraviy qatlam oqimning dеyarliy barcha sohasini egallaydi. Bunday hol uchun r radiusli sharsimon jismning harakatiga suyuqlik tomonidan ko`rsatilgan qarshilik kuchi Ishqalanish kuchidan iborat bo`ladi va u
Fишк.=6r  (22)

ifoda bilan (uni Stoks formulasi dеb ataladi) aniqlanishi mumkin.


Oqish tеzligining ancha katta qiymatlarida, masalan, Re> 104 bo`lganda, chеgaraviy qatlamning qalinligi jism o`lchamining 0,01 ulushidan ancha kichik bo`ladi. Mazkur holda jismni o`rab turgan yupqa chеgaraviy qatlam suyuqlikning oqimidan kеskin ajralib turadi.Tajribalarning ko`rsatishicha, suyuqlik va jismning bir-biriga nisbatan harakat tеzligini orttirib borsak, biror paytda manzara o`zgaradi
Jismning orqa tomonida uyurmalar vujudga kеlishi ular vaqti - vaqti bilan uziladi.Oqim bu uyurmalarni olib kеtishi tufayli uyurmalardan iborat yo`l hosil bo`ladi.Jismdan ancha uzoqlikdagi uyurmalar yo`qolib, oqish yana qatlamsimon shaklini tiklaydi.
G`alayonlanmagan suyuqlikning bosimi p dеb bеlgilasak, jismning orqa tomonida vujudga kеlayotgan uyurmalar sohasidagi bosim - pB < p. Jismning old qismidagi bosim esa, Bеrnulli tеnglamasiga asosan,
pA> p . Shuning uchun suyuqlik tomonidan jismga ko`rsatiladigan natijaviy bosim kuchi (Fб) oqish yo`nalishida ta'sir etadi. Uning qiymati oqish tеzligi () ga, suyuqlik zichligiga ( )ga va jism orqasida hosil bo`ladigan uyurmalar kattaligiga bog`liq bo`lib


(23)
ifoda bilan aniqlanishi mumkin. Bunda S - jismning oqishga pеrpеndikulyar bo`lgan yo`nalishiga proеktsiyasining yuzi. Jismning shakli ro`baro` qarshilik koeffitsiеnti (Сх) da hisobga olingan. Shuni aloxida qayd etmoq lozimki, jism shaklining bosim qarshiligiga hissasi juda sеzilarli bo`ladi. Misol tariqasida turli shakldagi jismlar uchun Сх qiymatlari kеltirilgan.
Dеmak, ro`baro` qarshilik Ishqalanish qarshiligi va bosim qarshiligidan iborat. Re ning kichik qiymatlarida Ishqalanish qarshiligi asosiydir. Re ning qiymati oshgan sari bosim qarshiligining hissasi ham oshib boradi , chunki Fишк. [(5,21) ga k.] va F6 [(5.23) ga k.]
Shuning uchun Re ning ancha katta qiymatlarida bosim qarshiligining hissasi asosiy bo`ladi.
Ko`taruvchi kuchning vujudga kеlishi bilan yarim sharsimon jismning suyuqlik yoki gazda harakatlanishi misolida tanishish mumkin

Suyuqlik yoki gazning oqim chiziqlari A nuqta yaqinida quyuqlashadi. Shuning uchun A nuqtadagi bosim, Bеrnulli qonuniga asosan, В nuqtadagi bosimdan kichik bo`ladi. Natijada jismni ko`taruvchi kuch vujudga kеladi. Samolyot qanotining ko`taruvchanlik xislati ham ko`taruvchi kuchdan foydalanishga asoslangan


Ro`baro` qarshilik esa samolyotning ilgarilanma harakatiga to`sqinlik qiladi. Bu qarshilikni еngish uchun samolyot qanotlariga maxsus shakl bеriladi. shakl qanotining optimal variantini tasvirlaydi.

Suyuqlik materiya agregat holatlaridan biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq shakl oʻzgaradi. Suyuqlik bir-biri bilan kimyoviy bogʻlangan atom va molekulalardan iborat. Yerda eng keng tarqalgan suyuqlik suvdir. Suyuqlik gaz kabi oquvchan va idish shaklini oladi. Baʼzi suyuqliklar bosimga chidamli, boshqalari esa siqiladi. Gazdan farqli oʻlaroq suyuqlik kengayib butun idishni toʻldirmaydi, sobit zichlikni saqlaydi. Suyuqlikning farqli xossasi sirt tarangligidir, u namlanish hodisasiga sabab boʻladi. Suyuqlik zichligi qattiq moddanikiga yaqin, gaznikidan esa ancha yuqori.


Suyuqliklardagi sirt tarangligi tufayli yuza torayishga intiladi, natijada erkin tushayotgan suyuq suv sharsimon tomchiga aylanadi.
Suyuqlik — moddaning qattiq va gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat holat. S.ning baʼzi xossalari gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga oʻxshab maʼlum hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra S. 1 komponentli (sof), 2 komponentli (binar), 3 komponentli va koʻp komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik tabiatiga koʻra S. normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne, 3Ne va ularning eritmalari)ga boʻlinadi. Odatdagi S.lar faqat bitta fazaga ega. Geliy "Ne ikki suyuq fazada — normal va oʻta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall moddalar esa normal va bir yoki hatto bir necha anizotrop fazalarda boʻlishi mumkin. Normal S. tashqi taʼsir boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan S. gazga oʻxshaydi, ammo anizotrop kristall qagtiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar (mas, shisha) oʻta sovitilgan S. boʻlib, odatdagi Sdan kinetik harakteristikalari son qiymatlari bilan farq qiladi. Agar S. qizdirila boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari gazlarning shunday xossalariga yakinlashib boradi. Kristallanish temperaturasiga yaqinlashganda esa, kupchilik odatdagi S.larning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga yaqinlashadi.

Slarda molekulalar birbiriga yaqin turadi. Shuning uchun har bir molekula oʻzining atrofidagi qoʻshni molekulalar bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. S. molekulalari gaz molekulalari kabi erkin harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda S molekulalari S. hajmi boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan koʻcha boshlaydi. S aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va idishning oʻzi egallagan qismining shaklini oladi.


Moddalarning faza holati, asosan, tra T va bosim R ga bogʻliq. Molekulalarning oʻzaro taʼsiri oʻrtacha potensial energiyasining ularning oʻrtacha kinetik energiyasiga nisbatan faza holatini aniklaydigan kattalik ye(T, R) hisoblanadi. Qattiq jismlar uchun ye(G, R)"gʻ; bu molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchining katta ekanligini va u molekulalarni muvozanat holat yaqinida ushlab turishini koʻrsatadi. Gazlar uchun ye(T, R)"gʻ; bu molekulalarning tortishish kuchi ularni birbiriga yaqin holatda ushlab tura olmasligini ifodalaydi. S uchun g(T, R)~gʻ. Bu esa S.ni tashkil etuvchi molekulalarning uzluksiz betartib harakati va molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlarining qoʻshgan hissalari deyarli bir xil ekanligini koʻrsatadi.


S.ning makroskopik xossalari mexanika, fizika, fizikkimyo uslublaridan foydalanib oʻrganiladi. Mac, muvozanat holatdagi S.ning mexanik va issiklik xossalari termodinamika uslublari; muvozanat holatdan chiqarilgan Slarda sodir boʻluvchi jarayonlar qaytmas jarayonlar termodinamikasi; yaxlit muhit deb qaraluvchi S. harakati gidrodinamika; suyuq metallarning oʻziga xos oqimi magnit gidrodinamika uslublari orqali oʻrganiladi


Qattiq jism — moddaning shakli turgʻun agregat holati. Bu holatda modda atomlarining issiqlik harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat boʻladi. Kristall va amorf Q j.lar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda davriy joylashadi. Amorf jismlard a atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. Qattiq jismning turgʻun (eng kichik ichki energiyali) holati kristall holatdir. Termodinamik nuqtai nazardan amorf jism metaturgʻun holatda boʻladi va vaqt oʻtishi bilan kristallanishi kerak. Tabiatdagi barcha moddalar (suyuq geliydan tashqari) atm. bosimida va T>0 K trada qotadi. Qattiq jism xossalarini uning atommolekulyar tuzilishini va zarralari harakatini bilgan holda tushuntirish mumkin. Qj.ning makroskopik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash va tartiblashtirish 17-asrdan boshlangan. Qattiq jismga mexanik kuch, yorugʻlik, elektr va magnit maydon va h.k.ning taʼsirini ifodalovchi bir qator empirik qonunlar ochildi: Guk qonuni (1660), Dyulong va Pti qonuni (1918), Om qonuni (1826), Videman — Frans qonuni (1835) va boshqalar Qattiq jism atomlar, molekulalar va ionlardan tuziladi. Qattiq jismning tuzilishi atomlar orasidagi taʼsir kuchiga bogʻliq. Bir xil atomlarning oʻzi turli strukturalarni hosil qilishi mumkin (kul rang va oq qalay, grafit va olmos va h.k.). Tashqi bosim yordamida atomlararo masofani oʻzgartirib, Qattiq jismning kristall tuzilishini va xossalarini tubdan oʻzgartirish mumkin. Koʻpgina yarimoʻtkazgichlar bosim ostida metall holatga oʻtadi (oltingugurt 8 120000 atm. bosimi ostida metallga aylanadi). Tashqi bosim tufayli 1 atomga toʻgʻri keladigan hajm atomning odatdagi hajmidan kichik boʻlib qolganda atomlar oʻz indivialligini yoʻqotadi va modsa oʻta siqilgan elektronyadroviy plazmaga aylanadi. Moddaning bunday holatini oʻrganish, xususan, yulduzlarning strukturasini tushunish uchun juda muhim. Qattiq jismning tuzilishi va xossalarining oʻzgarishi (fazaviy oʻtishlar), temperatura oʻzgarganda, magnit maydon taʼsirida va boshqalar tashqi taʼsirlar natijasida ham yuz berishi mumkin.


Bogʻlanishlarning turi boʻyicha Qattiq jism bir-biridan elektronlarning fazoviy taqsimoti bilan farq qiladigan 5 sinfga ajraladi: 1) ionli kristallarda (№S1, KS1 va boshqalar) ionlar orasida asosan elektrostatik tortishish kuchlari taʼsir etadi; 2) kovalent bogʻlanishli kristallarda (olmos, Oye, 81) qoʻshni atomlarning valent elektronlari umumiylashgan boʻladi. Kristall ulkan molekulaga oʻxshaydi; 3) koʻpchilik metallarda bogʻlanish energiyasi harakatlanayotgan elektronlarning ion asos bilan oʻzaro taʼsiri tufayli hosil boʻladi (metall bogʻlanish); 4) molekulyar kristallarda molekulalar ularning dinamik qutblanishi tufayli paydo boʻladigan zaif elektrostatik kuchlar (VanderVaals kuchlari) yordamida bogʻlanadi; 5) vodorod bogʻlanishli kristallarda vodorodning har bir atomi tortishish kuchlari yordamida bir vaqgning oʻzvda 2 ta boshqa atom bilan bogʻlanadi. Bogʻlanishlar turi boʻyicha tasnif shartli boʻlib, koʻpgina moddalarda turli bogʻlanishlarning kombinatsiyasi kuzatiladi.


Qattiq jismdagi atomlar orasidagi taʼsir kuchlari turlituman boʻlishiga qaramay, elektrostatik tortishish va itarishish ularning manbai boʻlib xizmat qiladi. Atom va molekulalardan turgʻun Qattiq jismning hosil boʻlishi tortishish kuchlari ~108sm masofalarda itarishish kuchlari bilan muvozanatlashishini koʻrsatadi. Baʼzi hollarda atomlarni qattiq sharchalar deb qarash va ularni atom radiuslari bilan ifodalash mumkin.


Barcha Qattiq jism yetarlicha yuqori trada eriydi yoki bugʻlanadi. Bundan faqat qattiq geliy mustasno: u (bosim ostida) temperatura pasayganda eriydi. Erish jarayonida jismga berilgan issiqlik atomlararo bogʻlanishlarni uzishga sarflanadi. Turli tabiatli Qj.ning erish tralari Teturlicha (mas, mol. vodorodniki — 259,1°, volframniki 3410±20°, grafitniki 4000° dan yuqori). Qattiq jismning mexanik xususiyatlari u tuzilgan zarralar orasidagi bogʻlanish kuchlari bilan aniqdanadi. Bu kuchlarning turlituman boʻlishi mexanik xususiyatlarning ham turlicha boʻlishiga olib keladi: baʼzi bir Qattiq jism plastik, boshqalari moʻrt. Odatda, metallar dielektriklarga nisbatan plastikroq boʻladi. temperatura qoʻtarilishi bilan odatda plastiklik ortadi. Uncha katta boʻlmagan kuchlanishlarda barcha Qattiq jismda elastik deformatsiya kuzatiladi. Kristallarning mustahkamligi atomlar orasidagi bogʻlanish kuchlariga muvofiq kelmaydi. 1922 yilda A.F. Ioffe real kristallarning mustahkamligi pastligini ularning sirtidagi makroskopik defektlarning taʼsiri deb tushuntirdi (Ioffe effekti). 1933 yilda J. Teylor, E. Orovan (AQSH) va M. Polyani (Buyuk Britaniya) dislokatsiyashr tushunchasini taʼrifladi. Katta mexanik kuchlanishlar ostida kristall oʻzini qanday tutishi dislokatsiya va kristall panjaraning boshqa chiziqli defektlari boryoʻqligiga bogʻliq. Qattiq jismning plastikligi koʻp hollarda dislokatsiyalarga, mexanik xususiyatlari unga nuqsonlarni kirituvchi yoki yoʻqotuvchi ishlov berishga bogʻliq boʻladi. 1926 yilda Ya.I. Frenkel real kristallda panjaraning nuqtaviy defeqtlari (vakansiyalar, tugunlararo atomlar) boʻlishiga eʼtiborni jalb etdi va ularning Qattiq jismdagi diffuziya jarayonlaridagi rolini koʻrsatdi.


Qattiq jismdagi atomlar va ionlar harakatining tebranish xarakteriga ega boʻlishi erish temperaturasi T3gacha saqlanadi. Hatto T=Teda ham atomlarning tebranish amplitudasi atomlararo masofalardan ancha kichik boʻladi, erish esa T>Tzaa suyuqlikning termodinamik potensiali Qattiq jism nikidan kichik boʻlishi tufaylidir.


Kristall panjara dinamikasining nazariyasi 20-asr boshida ishlab chiqildi. U kvant nazariyasini hisobga oladi. Kristall panjara atomlari tebranma harakatining kvantlanishi fonon tushunchasiga olib keldi (I.Ye. Tamm, 1929) va Qattiq jism issiqlik xossalarini kvazizarralar — fononlar — gazi xossalari sifatida tavsiflash imkonini berdi.


Elektron kashf etilishi bilan Qattiq jismning elektron nazariyasi rivojlana boshladi. Nemis fizigi P.Drude (1900) quyidagi farazni ilgari surdi: metallardagi valent elektronlar atomlar bilan bogʻlanmagan boʻlib, kristall panjarani toʻldiruvchi erkin elektronlar gazini hosil qiladi va odatdagi siyraklashgan gazga oʻxshab, Boltsman taksimotita boʻysunadi. Bu modelni golland fizigi X.A. Lorents rivojlantirdi. Bu nazariya metallarning bir qancha xossalarini tushuntirib berdi. Biroq uning asosida hisoblab topilgan issiqlik sigʻimidagi elektronlarning hissasi tajribadan keskin farq qildi. Metallardagi elektron gazni tavsiflashda kvant mexanika va kvant statistika uslublari (Fermi — Dirak taqsimoti)ni qoʻllash (1927—28, nemis fizigi A. Zommerfeld; Ya. I. Frenkel) Qattiq jismdagi kinetik hodisalar (elektr va issiqlik oʻtkazuvchanlik, galvanomagnit hodisalar va boshqalar)ning kvant nazariyasini rivojlantirish uchun asos yaratdi. T=0 da metalldagi elektronlarning maʼlum bir maksimal sath (Fermi energiyasi) gacha boʻlgan barcha energiya sathlari toʻlgan boʻladi. temperatura ortganda elektronlarning ozgina qismigina bu sathsan yuqoriroq sathlarga oʻtadi. Bu hol A. Zommerfeldga (1927) metallar issiqlik sigʻimiga elektronlarning hissasi kichik boʻlishini tushuntirish imkonini berdi. Kristall panjara davriy maydonining elektronlar xarakatiga taʼsiriga kvant mexanika nuqtai nazaridan qarash elektronning kristalldagi harakatini tushuntirishga va Qattiq jismning zamonaviy nazariyasi asosi boʻlgan zonalar nazariyasiga olib keldi.


1931 yilda ingliz fizigi A. Vilson turli elektr xossalarga ega boʻlgan Qattiq jismlarning mavjud boʻlishi energetik zonalarning T=0 da elektronlar bilan toʻlish xarakteriga bogʻliq boʻlishini koʻrsatdi. Agar hamma zonalar elektronlar bilan toʻlgan yoki boʻsh boʻlsa, bunday jismlar elektr tokini oʻtkazmaydi, yaʼni dielektrik, elektronlarga qisman toʻlgan zonalarga ega Qattiq jism metall boʻladi. Yarimoʻtkazgichlar dielektriklardan shu bilan farq qiladiki, ularning oxirgi toʻlgan (valent) zonasi bilan birinchi boʻsh zonasi (oʻtkazuvchanlik zonasi) orasidagi taqiqlangan zonaning kengligi kichik boʻladi. Kristallarda defekt yoki aralashmaning boʻlishi taqiqlangan zonada qoʻshimcha energetik sathlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Valent zonasi va oʻtkazuvchanlik zonasi juda kam tutashgan Qattiq jism yarimmetallar deb ataladi. Tirqishsiz yarimoʻtkazgichlar ham boʻladi; ularning oʻtkazuvchanlik zonasi valent zonaga tegib turadi. Metallarda Fermi sathi taqiqlanmagan zonada, yarimoʻtkazgichlarda Fermi sathi taqiqlangan zonada joylashadi. Tirqishsiz yarimoʻtkazgichlardaFermi sathi valent zonasini oʻtkazuvchanlik zonasidan ajratuvchi chegara bilan mos tushadi.


Xulosa
Molekulalar haqidagi dastlabki ma‟lumotlar o`quvchilarning hayot

tajribalariga, ular tabiatshunoslik predmetini o`rganganlarida olgan bilimlariga va


oddiy demanstratsion tajribalar (jismlarning qisilishi va kengayishi, suyuqliklar


deffuziyasi) ga tayanib beriladi. O`quvchilar bu etapda ikki faktni: hamma jismlar


mayda zarralardan-molekulalardan iboratligini va hamma molekulalar uzluksiz


harakastlanishini o`zlashtirib olsalar yetarli bo`ladi.


Ikkinchi etapda-massa, inertsiya, kuch kabi tushunchalarni bilish taqozo


qilinadigan ma`lumotlar beriladi. “Harakat va kuch” mavzusida kiritilgan bu


tushunchalardan foydalanib molekula massalari, ular orasidagio`zaro ta`sir kuchi


haqida ma`lumotlar qaraladi. Bu yerda moddalarning agregat holatlari orasidagi


farq to`la tushuntiriladi, molekulalar massalari orqali moddalarning zichligi va


birlik hajmdagi molekulalar soni ifodasi kiritiladi, gaz bosimi mexanizmi


tushuntiriladi. Ho`llash va kapellyarlik hodisalarini tushuntirishda molekulalarning


tortishish kuchi va suyuqlik ustunining og`rligi haqidagi tushunchadan


foydalaniladi



Foydalanilgan adabiyotla ro`yxati

1. A.Karimov Barkamol avlod uzbekiston tarakkiyotining poydevori. T-1997


yil

2. O‟zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to‟g‟risida»gi qonuni. T. 1997. 29 avgust.

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997. 29 avgust


4. Karimov I.A “Barkamol avlod orzusi”. T. “O`zbekiston”, 1998 y


5. Davlat ta‟limi standarti.


6. Umumiyta‟lim maktablarining o`quv dasturi.


7. I.Sh.Тurdiev. “Fizika6” Т. 2004.


8. Djoraev M. Fizika o„qitish metodikasi. T.TDPU., 2010.


9. Mirzaxmedov B. va b. Fizika o„qitish metodikasi. 1- va 2- qismlar. T.,


TDPU., 2010


10.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T.:


TDPU., 2006


11.Azizxodjaeva N. N. O'qituvshi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi.


T.: TDPU., 2000


12.Ishmuhamedov R. J. va b. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. T.:


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste‟dod” jamg'armasi nashriyoti,


2010.



13.Oshilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., TDPU., 2000.


Download 34,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish