Foraminiferalar (Foraminifera) turkumi. Foraminiferalar turkumiga dengiz va okeanlarda hayot kechiruvchi mingdan ko'proq sarkodalilar kiradi (4-rasm). Ayrim vakillari O'rta Osiyoning sho'rlangan yer osti va quduq suvlarida ham uchraydi. Foraminiferalar hamma dengizlarda har xil chuqurlikda, qirg'oqning litoral zonasidan boshlab eng chuqur abissal qismigacha tarqalgan. Lekin asosiy ko'pchilik turlari 200-300 m. chuqurlikda yashaydi vabentos tarkibiga kiradi. Ayrim vakillari (masalan, globigerina - Globigerina) planktonda hayot kechiradi.
Forarmniferalarning sitoplazmatik tanasi turli shakldagi kremniy (qum) zarralaridan va ohaktosh (CaCO,) dan tarkib topgan chig'anoq ichida joylashgan. Dengiz tubida yashovchi foraminiferalar chig'anog'i sirti silliq bo'ladi. Plankton tarkibiga kiradigan globigerinalar chig'anog'i sirtida esa chig'anoq sathini kengaytiradigan va shu orqali suvda qalqib turishga imkon beradigan radial joylashgan juda ko'p ignachalar bo'ladi.
Qumda chig'anoqli foraminiferalar turlari xilma-xilb bo'lmasada; ular ayrim dengizlarda son jihatidan bentosning asosiy qismini tashkil etadi.
Ko'payishi va rivojlanishi. G'ovaktanlilar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Jinssiz ko'payishi tashqi va ichki kurtaklanish yo'li bilan boradi. Tashqi kurtaklanish tanasi sirtida bo'rtiq paydo bo’lishidan boshlanadi. Bo'rtiqda ektoderma va endoderma qavvatlari, paragastral bo'shliq va oskulum hosil bo'ladi. Kurtak ko'pincha ona organizmdan ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Alohida individlar orasidagi chegara yo'qolib ketganidan koloniyani tashkil etuvchi individlar sonini oskulumlar soniga qarab aniqlash mumkin.
Chuchuk suv g'ovaktanlisi bodyaga ichki kurtaklanish orqali ko'payadi. Yozda bodyaga tashqi kurtaklanish va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Lekin kuzda mezogleyasidagi amyobotsit hujayralar to'planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki kurtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o'ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo'lib, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o'tirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi.
Ko'pchilik g'ovaktanlilar, jumladan hamma ohak skeletlilar germafrodit. Jinsiy hujayralar mezogleyadagi harakatchan amyobotsit hujayralarning bir xili bo'lgan arxeotsitlardan hosil bo'ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug' hujayralari naylar bo'shlig'iga o'tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar yetilgan tuxum hujayralariga ega bo'lgan hay von tanasiga o'tib, ularni urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g'ovaktanlilarning tuxumi dastlab to'liq bir tekis bo'lina boshlaydi. 8 blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda joylashadi. Ana shundan so'ng murtak ekvatorial chiziq orqali bo’linib, 8 ta yirik va shuncha mayda blastomerlarni hosil qiladi. Bundan keyin yirik blastomerlar sekinroq, mayda blastomerlar esa tez bo'linib, blastulani hosil qiladi. Blastulaning ustki yarmisi xivchinli silindrsimon mayda hujayralar - mikromerlardan, ostki qism yirik donador makromerlardan iborat bo'lganligi tufayli amphiblastula deyiladi. Ona organizm tanasidayoq amfiblastulaning yirik hujayrali qismi mikromerli qismiga botib kira boshlaydi. Lekin bu jarayon oxiriga yetmasdan to'xtaydi va makromerlar yana tashqariga chiqib, lichinka amfiblastula holatiga o'tadi; biroz suzib yurib, mikromerli tomoni bilan substratga yopishib oladi. Ana shu davrda xivchinli hujayralar blastula bo'shlig'iga botib kirib, ikkinchi ichki qavatni, yirik hujayralari esa yirik qavatni hosil qiladi Keyinchalik xivchinli hujayralar ichki qavatni va xivchinli kameralarni, tashqi hujayralar esa derma qavati, mezogleya va undagi hujayra elementlarini hosil qiladi.
Shunday qilib, ohak skeletli g'ovaktanlilarda gastrulyatsiya jarayoni ikki marta sodir bo'ladi. Birinchi marta amfiblastulaning yirik hujayralari mayda hujayralar qavatiga botib kirishidan boshlanib, gastrulyatsiya oxiriga yetmasdan lichinka yana amfiblastula holatiga qaytadi. Ikkinchi marta amfiblastula substratga yopishgandan so'ng uning mayda hujayralari amfiblastula bo'shlig'iga botib kirib, gastrulani hosil qiladi. G'ovaktanlilardan boshqa hay vonlar embrionida gastrula yirik hujayralarni blastula bo'shlig'iga botib kirishidan hosil bo'ladi. Ana shu sababdan g'ovaktanlilar teskari ag'darilgan hayvonlar hisoblanadi. Bunday g'ovaktanlilar gastrulasi esa psevdogastrula (soxta gastrula) deyiladi.