Talabasi ergasheva gulnozning individual rivojlanish biologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 50,29 Kb.
bet5/13
Sana03.07.2022
Hajmi50,29 Kb.
#734021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
rivojlanish biologiyasi MUSS ISH

K. Ber qonuni. Biogenetik qonun asoslari 1828 yilda dastlab K. Ber tomonidan aytilgan edi. U embrionlar o'xshashligi yoki Ber qonunini yaratdi. Bu qonunning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Embrion rivojlanishi davrida ko'pchilik hayvonlar uchun umumiy bo'lgan belgilar dastlab, xususiy belgilar esa keyinroq paydo bo'ladi.
2. Organizmlarda umumiy belgilardan xususiy belgilar kelib chiqadi.
3. Ma'lum tur hayvonda embrion ajdod hayvonning belgilarini takrorlashi jarayonida undan uzoqlashadi.
4. Yuksak hayvonlaming embrioni hech qachon evolyusiya jihatdan o'zidan quyida turadigan hayvonning embrioniga o'xshamaydi.
Ber fikricha, umurtqalilar embrioni rivojlanishi davomida dastlab tip, sinf belgilari, keyin turkum va oxirida tur belgilari paydo bo'ladi. Berning bu fikrlari hozir ham o'z qimmatini yo'qotgan emas.
Darvinning Ber g'oyalariga yuksak baho berganligini hisobga olgan holda, hozirgi kunda bu qonunning qaysi qismlari to'g'ri, qaysi qismlarini o'zgartirish lozimligini aniqlash lozim. Ber fikricha, har bir tipning o'ziga xos rivojlanish yo'li bor. Evolyusiya jarayonida bu yo'nalish takomillashib borgan.
A.N. Seversov bu yo'nalishni tahlil qilib, filembriogenez yo'llari bilan taqqoslagan.
Ba'zi embriologlar Ber qonunini o'rganib, uni idealistik, yo'naltirilgan taraqqiyot haqidagi qonun, deb baholadilar. Ammo Ber qonunida hech qanday idealizm yo'q. Ber "rivojlanish darajasi (bosqichi)" va "rivojlanish tipi" ni farqlaydi.
"Rivojlanish darajasi" hozirgi "organizmning murakkabligi" tushunchasiga to'g'ri keladi, "rivojlanish tipi" esa taraqqiyot darajasi bilan birgalikda hayvonlar guruhlarini (sinf, tip) hosil qiladi.
Shunday qilib, Ber ta'limotini har tomonlama tahhi qilib, uning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatib berildi.
P.P.Ivanov "rivojlanish tipi" o'rniga "rivojlanish yo'nalishi" tushunchasini qo'llashni tavsiya etdi. Masalan, ko'pchilik mollyuskalar rivojlanishida troxofora yoki velliger lichinkasi yo'nahshi bor, boshoyoqli mollyuskalar rivojlanishi jinsiy voyaga yetgan hayvon yo'nalishi bo'yicha amalga oshadi. Bu ta'limotni ham teleologiyaga asoslangan, deb tanqid qilish mumkin. Ammo bunga ehtiyoj yo'q, chunki har qanday tanqid ma'lum bir ta'limotni qanday talqin qilishga bog'liq.
Embriologlar Ber qonuni va "rivojlanish yo'nalishi"ga yetarlicha e' tibor bermadilar. Ammo bu qonunlar hozirgi zamon embriologlarining diqqatini o'ziga jalb qilishi lozim.
G.P. Korotkova va B.P. Tokin (1978) Ber qonuniga baho berishda tadqiqotchilar xatolarga yo'l qo'yganliklarini ta'kidladilar. Ammo Berning embrionlar o'xshashligi qonuniga ko'ra, bu o'xshashlikbir tip doirasida bo'ladi.Ber bir tipdan boshqasining paydo bo'lishiga oid gipotezani yarata olmadi. Ber qonuni rivojlanishning boshlang'ich davrlari - zigota, blastula, gastrulyasiyaga taalluqli emas. Agar Ber davridagi fan taraqqiyoti, mikroskopik va boshqa texnikalar rivoji hisobga olins'a, uning ta'limoti organogenez jarayonini ifodalaydi.


Download 50,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish