Talabasi egamqulova xurshidaning


Gender tenglikka erishish strategiyasi: milliy va umuminsoniy qadriyatlar



Download 1,81 Mb.
bet8/9
Sana17.07.2022
Hajmi1,81 Mb.
#817751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
INSONIY MUNOSABATLARNI TASHKIL ETISHDA GENDER STEREOTIPLARNING O\'RNI.

2.3. Gender tenglikka erishish strategiyasi: milliy va umuminsoniy qadriyatlar
Oxirgi to‘rt yil mobaynida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini oshirish bilan bog‘liq ikkita qonun, Prezidentimizning 6 ta farmon va qarori, hukumatning 16 ta qarori qabul qilindi.
Gender tenglik nafaqat inson huquqini ta’minlash, balki, jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muahim ahamiyat kasb etadigan ezgu qadriyatdir. Qolaversa, gender tenglik — bu, mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. SHu bois, bugungi globallashuv davrida jamiyatda bu masalaga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi ishchi guruhi a’zosi, Oliy Majlis Senati xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi Nodira SHOTURSUNOVA bilan suhbatimiz mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar xususida bo‘ldi.
Gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan muhim ijtimoiy ko‘rinish. SHu jihatdan olganda, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi, balki, har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ifoda etadi. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri — bu erkak va ayol huquqlari teng¬ligini ta’minlashdan iborat. Zero, jamiyatdagi bu muvozanat insoniyatning barqaror taraqqiyoti va farovon kelajagi kafolatidir. SHu bois, azal-azaldan kishilik jamiyati tarixida bu qadriyat yuksak e’zozlangan.
Gender tenglikning huquqiy rivojiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu borada 1948 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan umuminsoniy tamoyillarni alohida e’tirof etish joiz. Unda erkak va ayollarning tengligi alohida e’tirof etilgan bo‘lib, Deklaratsiyaning 1-moddasida “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lish¬lari kerak”, deya ta’rif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat — Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 3-moddasida “Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Pakt¬da ko‘rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta’minlash majburiyatini oladi”, deb ta’kidlangan.
Ushbu xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume’tirof etilgan talab¬laridan kelib chiqib o‘z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat bermoqda. Xususan, so‘nggi yillarda bu sohadagi huquqiy va amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Oxirgi to‘rt yil mobaynida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini oshirish bilan bog‘liq ikkita qonun, Prezidentimizning 6 ta farmon va qarori, hukumatning 16 ta qarori qabul qilindi.
Jumladan, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda “gender” tushunchasiga ta’rif berilgan. Qonunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ushbu sohada davlat bosh¬qaruvi mexanizmlari belgilandi. Xususan, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etildi.
Vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Siyo¬siy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.
Aytish kerakki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ayollarni turli ¬mas’ul lavozimlarga tayinlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada ayollarimiz deputat, senator, hokim, elchi, prokuror, sud’ya, soliqchi kabi mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilayotir.
Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi vaqtda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo‘yicha tizimli o‘quvlar tashkil etilmoqda.
Aytish kerakki, garchi hayotimizda ayollarning zo‘ravonlikka uchrashi bilan bog‘liq holatlar qayd etilib, bu oila va jamiyat rivojiga o‘z salbiy ta’sirini namoyon etsa-da, yaqin-yaqingacha bu muammo yopiq mavzu bo‘lgan Bu holatni o‘rganish tugul, u haqda so‘z ochish ham mushkul edi.
So‘nggi to‘rt yilda bu boradagi vaziyat tubdan o‘zgardi, muammolar ochiq-oshkora tahlil etilib, ularning echimlari izlana boshlandi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yil 2 sentyabrda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi bu boradagi muammolar echimi yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Hozirgi kunda yurtimizda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish bo‘yicha ikki yuzga yaqin markazlar faoliyat yurityapti. Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya huzurida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlar birlashmasi ham bu boradagi ishlarga o‘z ulushini qo‘shmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalasi yanada ustuvor vazifaga aylandi. Bu boradagi chora-tadbirlarni amalga tatbiq etishda Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tizimida ishonch telefonlari tashkil etildi. Bundan tashqari, telegramm tarmog‘ida “Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q” deb nomlangan maxsus kanal ochilgan. Ayni paytda bu ishlar izchil davom ettirilib, zo‘ravonlikka uchragan ayollarga huquqiy-psixologik yordam ko‘rsatish, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida maxsus mobil ilova ishlab chiqilayapti.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhim samara bermoqda. Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida izchil ish olib borilyapti. Ayni paytda Gender tenglik komissiyasi tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivoj¬lantirish maqsadida tadbirkorlik maslahat kengashlari faoliyat yurityapti. Komissiya qoshida tadbirkor ayollar forumi tashkil etildi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, katta yoshlilar ta’limi, asosan, qishloq joylaridagi gender tafovutlarni kamaytirishga katta hissa qo‘shadi. Qishloq joylarda, odatda, muayyan shaxlar qizlarni ta’lim olishdan tiyishadi. Ular majburiyatlar sifatida qabul qilingach, sarf qilgan sarmoya kelajakda hech qanday foyda keltirmaydi deb ishontiriladi. Boshqa tomondan, sarmoyalar oilaning erkak a’zolariga ta’lim berishga sarflanadi. Jamiyatning erkak a’zolar o‘zlarining ta’lim qobiliyatlari va qobiliyatlaridan oilalari, jamoalari uchun yashash imkoniyatlarini kengaytirishda samarali foydalanadilar. Qizlarga ta’lim berish borasida gender tafovutlarini kamaytirishda katta yoshlilar ta’limi orqali joriy etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqish, innovatsion ta’lim resurslari, qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish va qizlarning ta’limiga munosabatni o‘zgartirish kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Katta yoshlilar uchun ta’limning asosiy roli ayollar va qizlarni ta’lim olish va imkoniyatlarini kengaytirishga rag‘batlantirish nuqtayi nazaridan o‘zgarishlarni amalga oshirish ko‘zlangan. Qishloq joylarga mansub bo‘lgan va jamiyatning iqtisodiy jihatdan zaif qatlamlari bo‘lgan shaxslar ma’lumot olish orqali ayollar, qizlar farovonlikni oshirishda ajralmas hissa qo‘shishi mumkinligini bilishlari kerak. Bu esa katta yoshlilar uchun ta’lim tizimidagi transformatsion ta’lim nazariyasi ta’limning ahamiyati to‘g‘risida odamlar orasida xabardorlikni oshirishga yordam beradi. Barcha toifalarga mansub shaxslar ta’lim olish orqali hayotlarini boyitishi mumkinligini tushunadilar. Ayollar va qizlar o‘qimagan yoki savodxonlik bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lmaganda, ular nafaqat yashash sharoitlarini ta’minlash jarayonida muammolarga duch kelishadi, balki jamiyatning iqtisodiy o‘sishi ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Katta yoshlilar uchun ta’lim orqali ilgari maktablarga qabul qilinmagan yoki muddatidan oldin o‘qishni tashlagan kattalar uchun imkoniyatlar yaratildi. Biroq o‘quvchilarning o‘quv maqsadlariga qoniqarli darajada erishishlari uchun gender tafovutlarni kamaytirish va barcha o‘quv yurtlari a’zolariga teng huquq va imkoniyatlar berish zarur

1. Gender ko‘p aspektli tushuncha hisoblanadi. Shu bois gender bilan bog‘liq muammolar ko‘pgina sohalarning tekshirish ob’ekti hisoblanadi. Xususan, sotsiologiya, psixologiya, kognitologiya, lingvistika kabi fanlarda gender turli aspektlarda tadqiq etilmoqda. Gender – ijtimoiy qurilma sifatida tilshunoslik fanida ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shuning uchun gender eng ko‘p o‘rganilayotgan soha ham tilshunoslikdir.


2. Lingvistik genderologiya har qanday yangi yo‘nalish kabi o‘ziga xos qirralarga, ya’ni tushunchalar apparati kategoriyalari aniq shakllanmagan yangi yo‘nalishdir. Bu yangi yo‘nalish o‘ziga xos tadqiqot usullari va metodlarining shakllanish jarayonidadir. Shu bilan birga tilshunoslik ilmiy maydonidagi olimlar lingvistik tadqiqotlar metodlaridan hamda, sotsiolingvistika, psixolingvistika va boshqa gumanitar fanlar (lingvistika, tarix, adabiyotshunoslik va boshq.) metodlaridan foydalanishyapti.
3. Tilshunoslikda gender masalalarini o‘rganishda nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlari: yozma va og‘zaki matnlar tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Til va gender muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so‘zlashuvda ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko‘plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni beradi.
4. O‘zbek tilida ham dunyodagi barcha tillar kabi, fikr faqat lingvistik yo‘l bilangina emas, balki lingvistik bo‘lmagan (ekstralingvistik yoki paralingvistik) vositalar – imoishoralar hamda implitsit (bo‘laklarga ajralmas) tovushlar yordamida ham ifodalanadi. Nutqni to‘ldiruvchi noverbal vositalarda ham genderologik farqlarni kuzatish mumkin. Shuning uchun, ekstralingvistik asoslardan bo‘lgan noverbal vositalarni ham gender lingvistikasi nuqtai nazaridan tadqiq qilish zarur. Chunki erkak va ayolning o‘ziga xos mimikalari va jestlari bor.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish