p – va n - yarimo‘tkazgichlar kontaktga keltirilganda energiyasi
yuqori bo'lgan zaryad tashuvchilar p-n o‘tish orqali qo‘shni
sohalarga diffuziyalanish hisobiga p-n o‘tishning elektr maydoniga
teskari yo‘nalishda siljiydilar. Natijada diffuziya toki IDIF hosil bo‘ladi.
Asosiy zaryad tashuchilaming p-n o‘tish orqali diffuziyalanishi bilan bir
vaqtda noasosiy zaryad tashuvchilaming p-n o‘tish maydoni yo‘nalishida
siljishi boshlanadi. Bu maydon noasosiy zaryad tashuvchilarga
tezlatuvchi ta’sir ko‘rsatib, dreyf tokini hosil qiladi. p-n o‘tishga elektr
kuchlanish berilmaganda termodinamik muvozanat yuzaga keladi, ya’ni
diffuziya va dreyf toklari absolut qiymatlari teng bo‘ladi. Diffuziya va
dreyf toklari qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan boigani sababli p-n
o‘tish orqali tok oqmaydi, ya’ni makroskopik zaryad tashish amalga
oshmaydi (1d-rasm).
p-n о ‘tishning to‘g ‘ri ulanishi. Agar p-n o‘tishga tashqi kuchlanish
U0 berilsa, muvozanat buziladi va undan tok oqib o‘ta boshlaydi.
Kuchlanish manbaining musbat qutbi p - sohaga, manfiy qutbi esa n -
sohaga ulansa, p-n o‘tish to‘g ‘ri ulangan yoki to‘g ‘ri siljitilgan deb
ataladi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |