1. «Korxona» majburiyatlari:
1.1.Talabalarning amaliyot o‘tkazishlari uchun “TATU Qarshi filiali”ga quyidagi o‘rinlarni ajratadi:
T/R
|
Mutaxassislik
(yunalish) ning shifri
va nomi
|
Kurs
|
Amaliyotning turi
|
Talabalar soni yoki
F.I.Sh.
|
Amaliyot muddati
|
boshlanishi
|
tugashi
|
1
|
5330600- Dasturiy injiniring
|
IV
|
Malakaviy amaliyot
|
|
|
|
1.2.Talabalarning amaliyot dasturini bajarishlari uchun zaruriy sharoit yaratadi, talabalarni amaliyot davrida boshqa ishlarga jalb qilmaydi.
1.3.Amaliyot raxbarligiga yuqori malakali mutaxassislar ajratadi.
1.4.Amaliyotni o‘tkazishda “TATU Qarshi filiali” bilan kelishilgan jadval asosida talabalarni ish joyi va «Korxona»ning ish faoliyati bilan to‘liq tanishtirishni amalga oshiradi.
1.5.Ish joylari bilan ta’minlangan talabalarga tabel hisobini olib boradi va talabalarning mehnat intizomiga hamda «Korxona»ning ichki tartib — qoidalariga rioya qilmasliklari haqida “TATU Qarshi filiali”ga o‘z vaqtida ma’lum qiladi.
1.6.Talabalar har bir ish joylarida texnika xavfsizligi bilan ta’minlanadi, tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan holda har bir ish joyida mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirishlarni amalga oshiradi.
Amaliyotning oxirida talabaga tavsifnoma beradi va tayyorlagan hisobotlarini baxolaydi.
Talabalar va ularning rahbarlariga amaliyot dasturini bajarish uchun zarur bo‘lgan laboratoriya, kabinet, ustaxona, kutubxona, axborot texnologiyalari va x.k. vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
2. «TATU Qarshi filiali» majburiyatlari:
2.1. Amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin «Korxona»ga amaliyot buyrug‘ini, o‘tkazish dasturini va talabalar ro‘yxatini taqdim etadi.
2.2. Amaliyotga talabalarni kalendar rejada ko‘rsatilgan muddatlarda yuboradi.
2.3. Amaliyot rahbarligiga yuqori malakali o‘qituvchilar tayinlaydi.
2.4.Amaliyot jarayonida «Korxona» mutaxassislari bilan birgalikda ma’ruza, ekskursiyalar hamda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish tematik rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Talabalarni amaliyotga yuborishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligining sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.
Talabalarning «Korxona» mehnat intizomiga va ichki tartib - qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi.
2.7. Amaliyotni tashkillashtirish va o‘tkazishda «Korxona» xodimlariga uslubiy yordam beradi.
3. Umumiy qoidalar:
3.1.Shartnomani amal qilish muddati 1 yil. Ushbu shartnomaning muddati o‘zgartirilishi yoki tomonlar kelishuvi asosida bekor qilinishi mumkin.
3.2.Ushbu shartnomaning tuzilishi va bajarilishi boshqa shartnomalarni tuzishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ushbu shartnoma asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni bir tomonlama rad etilishiga qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari hollarda yo‘l qo‘yilmaydi.
Shartnoma bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuziladi va tomonlarda saqlanadi.
Ushbu shartnoma xar ikkala tomon tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
4. Tomonlarning yuridik manzilgoxi:
«TATU Qarshi filiali» «Korxona» _________________
Qarshi shahri, Beshkent yo‘li, 3 km. _______________________________
Tyel.: 228 -02-32 _______________________________
Tel.:
IMZOLAR:
« TATU Qarshi filiali» tomonidan «Korxona» tomonidan
imzo (familiyasi, ismi.sharifi) imzo (familiyasi, ismi.sharifi)
2021 yil «___» _______________ 2021 yil «___ » _____________
M.U. M.U.
BAJARUVCHILAR:
«TATU Qarshi filiali» dan: «Korxona»dan
________________________ _________________________
(familiyasi, ismi, sharifi) (familiyasi, ismi, sharifi)
Do'stlaringiz bilan baham: |