Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari


I bob. Ta’lim-tarbiya tizimida kasb-hunar kolleji talaba-o’quvchilarini ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning nazariy asoslari



Download 179,05 Kb.
bet7/18
Sana01.05.2022
Hajmi179,05 Kb.
#601036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlash (2) (1)

I bob. Ta’lim-tarbiya tizimida kasb-hunar kolleji talaba-o’quvchilarini ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning nazariy asoslari.


    1. Ta’lim-tarbiyaga ijtimoiy-madaniy yondashuv.

Ijtimoiy hayotning tobora axborotlashuvi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining murakkablashuvi yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Ijtimoiylashuv keng ko’lamli ijtimoiy munosabatlarga moslashuv, mazkur jarayonda faol ishtirok etishga tayyorlik va ularning mo’tadil kechishini ta’minlashga shaxsiy hissasini qo’shish demakdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida shaxsning ijtimoiy faolligida ijtimoiy jihatdan o’zlikni anglash, jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga muvofiq harakat qilish, ijtimoiy munosabatlarga faol kirishish hamda turli ijtimoiy ta’sirlarga munosib javob berish ko’nikmalarini o’zlashtirilishi ta’minlanadi. Ijtimoiylashuv chog’ida shaxs o’zi mansub bo’lgan millat hamda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan madaniyat asoslarini o’zlashtirilishi ta’minlanadi, ilmiy bilimlar to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar, o’zida yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalanishiga e’tibor qaratadi.
Har qanday o’qituvchi-yoshlarni sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.
Kasb-hunar ta’lim mazmuni mazkur yosh davri o’quvchilarining psixologik, fiziologik, aqliy hamda jismoniyrivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bu esa o’z navbatida kasb-hunar kolleji talabalarini asta-sekin ijtimoiy munosabatlarga moslashishlariga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida ijtimoiy hayotga olib kirish asosida o’quvchilarni tarbiyalash ijtimoiylashtirish uchun zarur bo’lgan shart- sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar ta’limida o’quvchilarni ijtimoiy munosabatlar jarayoning faol ishtirokchilari, mustaqil va erkin fikrlovchi subyektlar sifatida tarbiyalash ularda ong va faoliyat ko’nikmalari namoyon bo’lishi asosida amalga oshadi.
Ta’lim tizimining hozirgi zamon rivojlanish bosqichlarini xarakterlovchi faoliyat turlari va bilish usullari integratsiyasi, maktab, shuningdek, oila va ijtimoiy muhitning tarbiyaviy funksiyalarini boyitishga yo’naltirilganligi yaqqol namoyon bo’lmoqda. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, hozirgi har xil yoshdagi o’quvchilar rivojlanishi jarayonlari dinamikasida o’zgarishlar yuz bermoqda.
Kasb-hunar kolleji o’quvchi-talabalarini ijtimoiy hayotga tayyorlash, xulq- atvor tajribalari va faoliyatini o’zlashtirishning emotsional usulini ularning ongi- ga yetkazish dolzarb vazifasidir. Kollejlarda darsda va darsdan tashqari ishlar o’quvchilarning hissiyotiga ta’sir o’tkazish va mustahkamlash xarakteriga ega.
Vatanimiz va chet el olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining o’ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyatga molik sifatlari rivojlanishini boshqarishini yetakchi pedagogik mexanizmini aniqlashga imkon berdi.
O’quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida ta`kidlab o’tilganidek, “Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu”dir degan fikrlari, shuninngdek, “kundalik hayotda jonkuyar bo’lish, har kuni fidoiylik ko’rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko’tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak” kabi mulohazalari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo’lgan ijtimoiy faollik tarbiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaxs va jamiyat taraqqiyoti takomillashuvining bosh mezoni, ma’naviy- mafkuraviy tarbiyaning poydevori - o’zlikni anglash va o’z-o’zini boshqarishga
o’rgatishdir. Chunki shaxsdagi ijtimoiy faollikning asosini o’z-o’zini boshqarish va o’zligini anglash tashkil etadi.
O’quvchilarni ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash bu kompleks tarzda olib boriladigan pedagogik jarayonda tarkib topadi. Ya’ni ijtimoiy faollik tarbiyasini, asosan, ta’lim va tarbiya jarayonida, mehnat faoliyati, ijtimoiy muhit, mahalla, jamoatchilik ta’siri, ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ilk yildan boshlab erkin fikrlash,
ma’naviy sog’lom hayot tarzini tashkil etishni milliylik va mustaqillik jihatdan qayta ko’rib chiqilganda o’quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirishda dastlab, ularning ijitmoiy foydali mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, o’z xulqi va faoliyatini boshqarishga o’rgatish, bu jarayondagi uning layoqatlarini rag’batlantirib boorish, o’z o’rni va mavqeini to’g’ri tanlashga yo’naltirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini o’z vaqtida to’g’ri baholash kabilar tarbiyaviy ishlar jarayoni juda murakkab ekanligini tasdiqlaydi.
Ijtimoiy faollik tarbiyasi shaxs taraqqiyotida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Birinchidan, tarbiya vositasi yordamida muhit ta’sir qila olmagan narsalar o’rganiladi, ya’ni bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalar va malakalar hosil bo’ladi.
O’quvchi shaxsining faolligi eng ko’p darajada uning o’zini tarbiyalash xususida jiddiy o’ylay boshlaganida, o’zini mukammallashtirish dasturini ishlab chiqara borib, bu dasturni bajarish uchun alohida, maxsus kuch-quvvat, imkoniyatlarini sarflab, o’z shaxsini faol tarzda shakllantirib borishda ko’proq namoyon bo’ladi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya shaxsning o’zi faol ishtirok etgandagina uning tug’ma layoqatini uyg’otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o’stira oladi. Agar kishi o’zi shug’ullanayotgan faoliyatini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro’yobga chiqa boshlaydi.
Ta’limda bolalarning mustaqilligini ta’minlamasdan turib, ularning faolligiga erishib bo’lmaydi. Ya’ni o’quvchining faolligi uning mustaqilligi orqali vujudga keladi. Mustaqillik tufayli o’quvchi ta’limning faol subyektiga
aylanadi. Ta’lim jarayonidagi mustaqillik faollik uchun shart-sharoit vazifasini o’taydi, faollik esa o’z navbatida o’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash uchun asos bo’ladi.
Demak, faollik tushunchasi xoh o’quv-tarbiya, xoh ijtimoiy va ma’naviy hayot to’g’risida bo’lmasin, insonning ongli, aqliy faoliyatini ifodalash uchun ishlatiladi.
Har qanday faoliyatga kirishmasdan oldin o’quvchilarga uning maqsadi, hayot, turmush, yashash uchun zarurligini tushuntirish kerak. Maqsad oldindan anglangan natija bo’lib, bolaning barcha xatti-harakatini, intilishlarini yagona yo’lga soladi. Maqsadni to’g’ri anglash faoliyatlarning istiqbolliligini, samardorligini ta’minlaydi.
Bugungi sharoitda, ayniqsa, yosharning tashabbuskorligi, mustaqilligi va ishga ijodiy yondashuvi, ijtimoiy faolligi masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. O’quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligi har tomonlama rag’batlantirib va rivojlantirib borib, ular bilan munosabatlarini korrektirovka qilish va bu boradagi ortib borayotgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga e’tiborni qaratmoq kerak.
Shu bilan birga, ularning kuch va imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yubormaslik zarur. Aks holda, o’zibo’larchilik kabi illatlar ham kelib chiqishi mumkin. Ayniqsa, o’quvchilarda o’zlari boshlayotgan mustaqil faoliyat yo’nalishining turlari va yo’llarini to’g’ri baholash, imkoniyat darajasida harakat qilish, mustaqil xulosa yasash, baho berish ko’nikmalarini yuzaga kelishida to’g’ri pedagogik rahbarlikning roli katta hisoblanadi. Bu asta-sekin yangi subyektiv omilning o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashga tayyor bo’lish kabi sifatlarning shakllantirishga yordam beradi.
Tarbiya jarayoni samaradorligini baholash uchun tarbiyalanuvchining faoliyati, uning xulqini o’rganish zarur. Chunki insonni uning harakatlari, bevosita faoliyati orqali baholash mumkin. O’quvchilarning tarbiyalanganlik ko’rsatkichlarini ularning yechimga muvofiq keladigan barcha asosiy faoliyatdagi qatnashuvi darajasi bilan belgilash mumkin. Bu o’rinda
o’quvchilarning o’yin, o’quv, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalardagi ishtiroki natijalari ko’zda tutiladi.
Shuningdek, har bir shaxsning ijtimoiy tarbiyalanganlik darajasini, uning axloqiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalardagi ma’lumoti, bilim darajasi ham ko’rsatib beradi.
“O’quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashda ularning oila a’zolari, ota-onalari, tengdoshlari va atrofimizdagilar bilan muloqotda bo’lish, jamoat joylarida o’zini tuta olish, mehnatga ongli munosabatda bo’lish, mehnat kishilarining yaratgan moddiy ne’matlariga nisbatan hurmatda bo’lishlik va ularni asrab-avaylab, tejab-tergab ishlatish, ularning qadriga yetish, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, shaxsiy salomatligi haqida qayg’urish, yaqinlariga nisbatan g’amxo’r bo’lish, ota-onalari, kattalar, o’z yaqinlari, jumladan, ustoz- murabbiylar mehnatini qadrlash kabi ko’nikmalarga katta e’tibor qaratish lozim”4.
O’quvchilarni “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida barkamol va yetuk qilib tarbiyalash, ijtimoiy turmushning barcha sohalari talab etadigan axloqiy, xulqiy, ma’naviy jihatlarni tarkib toptirish barobarida ulardagi ijtimoiy faollikni rag’batlantirib borish muhim talablardan biridir.
Ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda quyidagi vazifalrni amalga oshirish ko’zda tutiladi.

  1. O’quvchilarni jamiyatimizdagi axloqiy me’yorlarga izchillik bilan o’rgatib borish.

  2. Ulardagi ijobiy-axloqiy tajribalarni shakllantirib borish.

  3. O’quvchilarning ongi, his-tuyg’usini, xulqini umuinsoniy va milliy odob normalarini o’zlashtirishga qarab yo’naltirib borish.

  4. Jamiyat a’zosi, shaxsga xos axloqiy sifatlarni shakllantirish.

Ijtimoiy faollik tarbiyasida o’quvchilarning jamiyatga munosabatini belgilovchi axloqiy sifatlar, vatanparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, fuqarolik, burch





4 “O`quvchi ma`naviyatini shakllantirish” O`quv qo`llanma “Farg`ona Madadkor” nashriyoti
va ma’suliyatni anglab yetish, insonparvarlik kabi tushunchalarni singdirib borish, shuningdek, mehnatga munosabatni belgilovchi yetakchi omillar: yuqori mehnat ongliligi, mehnatning hayotiy zaruriyatligini tushunib yetish, mehnatsevarlik, mehnatda jamoa bo’lib ishtirok etish, mehnat ahlini hurmatlash, o’ziga va o’z xalqiga talabchanlikni shakllantirish, o’z faoliyati va xatti- harakatiga ongli munosabat, intizomlilik, madaniy xulq me’yorlariga qat’iy amal qilish, halollik va kamtarlik, samimiylik kabi ko’nikmalarga ega qildirishda turli usullardan suhbat, ma’ruza, hikoya, munozaralardan oqilona va o’rinli foydalanish zarur.
Hozirgi taraqqiyot davri o’quvchilarning mehnatga ongli munosabatiga yuqori talablar qo’yadi. Shulardan asosiysi: o’quvchilar mehnat faoliyatining ijtimoiy yo’nalishini kuchaytirish, ularning iqtisodiy tafakkurini shakllantirish, mehnat va turli faoliyatga vaqt va imkoniyat yuzasidan baho berishga o’rgatish, har bir faoliyatda o’zgaruvchan kayfiyatni tarbiyalab borish, ijtimoiy foydali ishlarga zarur ko’nikma va malakalarni qaror toptirish, ongli ravishda kasb tanlashga, dastlabki kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishni ta’minlash, shu bilan birga ishyoqmas, dangasa, birovlar hisobiga yashaydiganlarga nisbatan murosasiz bo’lishga o’rgatish barobarida yaratuvchanlik, ijodkorlik, jamiyat istiqboli va kelajagi uchun faollik ko’rsatishlari uchun imkoniyat va zamin yaratish ijtimoiy faollik tarbiyasini amalga oshirishning muhim yo’nalishi hisoblanadi.
“O’quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga olib kirish va tarbiyalashning omillarini asoslash esa dolzarb vazifalardan bo’lib, faollik bir vaqtning o’zida ham filosofik, psixo-pedagogik muammo hamdir”5.
Bu o’rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ayniqsa, uning muhim shakli bo’lgan faollik har bir shaxsga xos bo’lgan faollik, har bir shaxsga xos bo’lgan xususiyatdir. Chunki shaxs o’z navbatida ijtimoiy ongli mavjudotdir. Boshqacha qilib aytganda, kishida jamiki insoniy fazilatlar asosan ijtimoiy omillar orqali





5 M. Tolipov, S. Isomiddinov “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o`quv qo`llanma T. 2007 yil
shakllanadi va tarbiyalanadi. O’quvchilarga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar turli- tuman bo’lganligi sababli, undagi ijtimoiy faollik ham uning butun borlig’ida o’z ifodasini topadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarning ijtimoiy faolligi va hayoti - g’oyaviy, g’oyaviy-siyosiy e’tiqod, mehnat faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, jismoniy sog’lomlashtirish, ishlab-chiqarish, tashkilotchilik, yaratuvchanlik, pedagogik jarayon, vatanparvarlik, insonparvarlik, badiiy ijodiyot asosida tarbiyalanib boradi.
Filosofik, psixo-pedagogik tadqiqotlarda qayd etilishicha, o’quvchilardagi ijtimoiy faollikning asosini o’zligini anglash va o’z-o’zini boshqarish tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish o’z navbatida kishidagi ma’naviy komillikni, sog’lom turmush tarzini ham ifodalaydi.
Demak, o’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish, o’z navbatida shaxs va jamiyat taraqqiyoti takomillashuvining bosh mezoni- ma’naviy-ma’rifiy- mafkuraviy tarbiyaning poydevoridir. Sog’lom turmush tarzining komponentlari bo’lgan ijtimoiy hayotga tayyorlash va ijtimoiy faollik, o’zlikni anglash va o’z- o’zini boshqarish o’zaro uyg’unlikka ega bo’lib, ularni bir-biridan ajartish mumkin emas. Psixologik-pedagogik tadqiqotlardan ma’lumki, har bir o’quvchida ijtimoiy faollik, uning asoslari bo’lgan o’zlikni anglash, o’z-o’zini boshqarish, uning o’smirlik davridan yaqqol namoyon bo’ladi.
Darhaqiqat, o’smirda o’zining ichki dunyosiga qiziqish uyg’onadi, keyinchalik esa, chuqurlashib differensiyalashuv va umumlashuv holatiga aylanadi.
Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Bunda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

    • Mehnat va muloqot jarayonida faollik ko’rsatishga doir layoqatlarini rivojlantirish va rag’batlantirish;

    • Ijtimoiy voqelikda yuz beradigan voqea, hodisa, yangilik va o’zgarishlarni to’g’ri anglash, tushunish, mantiqiy xulosa chiqarishga o’rgatish;

    • Ularni ijtimoiy hayotda o’z o’rnini to’g’ri belgilashga yo’naltirish.

O’quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga olib kirish va uning asoslarini kompleks tarzda olib boriladigan pedagogik jarayonda tarkib topadi. Ijtimoiy faollikni o’quvchilar ongida ta’lim jarayoni, tarbiya jarayoni, jamoat topshiriqlari, mehnat faoliyati, ijtimoiy muhit, mahalla jamoatchilik ta’siri orqali singdirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Buning uchun quyidagi qonuniyatlarga asoslanmoq zarur:

  1. Ko’zlangan maqsad:

O’quvchi-yoshlarda ijtimoiy hayot, faollik va uning asosiy tamoyillari xususidagi tushunchalariga doir bilimlarni shakllantirish va shu asosda ularni ijtimoiy hayotga olib kirish.

  1. Yechimini kutayotgan muammolar:

    1. Ijtimoiy faollik va uning asosiy tamoyillari xususidagi tushunchalarga doir bilimlarni shakllantirish va shu asosda ularda ijtimoiylashtirishni rivojlantirish;

    2. Ijtimoiy faollik inson ijtimoiy hayoti va faoliyatining asosi ekanligi;

    3. O’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish - ijtimoiy faollikning muhim mexanizmlari ekanligi.

  2. Kutilayotgan natija:

O’quvchi-yoshlarning ijtimoiy faollikka doir bilim, tushunchalarini, ichki motivlarini etalon darajaga ko’tarish va ijtimoiy hayotga tayyorlash.
Tarbiyaviy ishlar tizimida o’quv faolligi muhim o’rin tutadi. Chunki har qanday tadbirlar bevosita o’quvchilarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar jarayonida o’quvchilar faolligiga tayanish, ularda faollikni rivojlantirish zarur.
O’quvchilarni ijtimoiy hayotga olib kirish uchun esa:

    • Tashkil etilishi lozim bo’lgan tadbirlarning mazmuni bilan ularni yaqindan tanishtirish va xususidagi fikr-mulohazalarni olish;

    • O’quvchilarga tadbir jarayonida ular tomonidan bajariladigan vazifa va tushunchalarni aniq belgilab berish;

    • Tarbiyaviy tadbirlar jarayonidagi faoliyatlarini yo’naltirib turish;

    • Tadbir yakunida o’quvchilarni rag’batlantirish.

    • Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’lim-tarbiya jarayonida kasb-hunar kolleji talaba-o’quvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlash ta’lim-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

    1. Download 179,05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish