III bobga xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, III bob va 3 faslida kasb-hunar kolleji ta’lim-tarbiya jarayonlarida talaba va o’quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalashning amaliy asoslari, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish, dars va darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchilarni ijtimoiy faollikka tayyorlash tajribalaridan keltirish asosida yoritdim.
Ijtimoiy foydali mehnat o’quvchilarni ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda shaxs tarbiyasiga muhitli yondoshuvni amalga oshirishni talab etadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, keng muhokama qilinayotgan tarbiyaviy tizim va uni amalga oshirishdagi tarbiayviy maydon, ijtimoiy maqsadni ko’zlab tashkil etiladigan jarayonlar o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’ziga xizmat qilish orqali, o’z-o’ziga ishinch, o’z-o’ziini tanqid qilishga undaydi. Bu esa ijtimoiy faollikning komponentlari bo’lib, o’quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishga undaydi.
Umumiy xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, men ushbu magistrlik dissertatsiya ishini yoritishda ijtimoiy munosabatlar mazmunining tobora murakkablashuvi sharoitida o’quvchilarni ijtimoiy faollikka o’rgatishda respublika uzluksiz ta’limining muhim bosqichi kasb-hunar kollejining alohida o’rni beqiyosligini angladim.
Men ushbu magistrlik dissertatsiya ishini yoritishda, shaxsni ijtimoiy faollikka tayyorlash ijtimoiy jihatdan o’zlikni anglash, jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga muvofiq harakat qilish, ijtimoiy munosabatlarga faol kirishish hamda turli ijtimoiy ta’sirlarga munosib javob bera olish ko’nikmalarini o’zlashtirishni ta’minlashni nazarda tutib, ta’lim- tarbiya jarayonlarida bir qator yo’nalishlarida ijtimoiy – pedagogik faoliyatining samarali tashkil etilishini taqazo etadi. Eng muhimi, ushbu jarayon, ya’ni ijobiy, faoliyatli, muhitli maydon yaratish, ijtimoiy foydali jarayon yuzaga keltirish orqali shaxsda ijtimoiy faollikka doir ijobiy fazilatlarni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo’yilgan, ya’ni ma’lum muhit vositasi bilan kelajakda bolani o’z- o’zini anglash, o’z-o’zini tanish, o’z-o’zini yo’naltirish eng muhim ijtimoiy hayotda o’z o’rnini belgilashga harakat muhim masala sifatida qaralgan.
Demak, o’quvchilar ijtimoiy faollikni tarbiyalashda mashq o’rgatish, o’yin, topshiriq, musobaqa usullarining tutgan o’rni muhim bo’lib, o’quvchilarni ijtimoiy hayotga jalb qilib, ularga topshiriqlarni berib, musobaqalarni tashkil etish asosida faollashtirib boorish maqsadga muvofiqdir.
Men ishni yakunlash davomida o’quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishga doir tajriba-sinov ishlarini olib bordim.
Pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lumki, har bir o’quvchida sog’lom turmush tarzining ma’naviy asoslaridan biri ijtimoiy faollik va uning turlari o’zlikni anglash va o’z-o’zini boshqarish uning yoshlik davridan yaqqol namoyon bo’ladi.
Bunda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
mehnat va muloqot jarayonida faollik ko’rsatishga doir layoqatlarni rivojlantirish va rag’batlantirish;
ijtimoiy voqelikda yuz beradigan voqea, hodisa, yangilik va o’zgarishlarni to’g’ri anglash, tushunish, mantiqiy xulosa chiqarishga o’rgatish;
ularni ijtimoiyhayotda o’z o’rnini to’g’ri belgilashga yo’naltirish;
o’ziga berilgan har bir topshiriqni majburiyat deb bilgan holda, uni sidqidildan bajarishga intilishni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |