Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari


III bob. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonlari orqali o’quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalshning amaliy asoslari



Download 179,05 Kb.
bet12/18
Sana01.05.2022
Hajmi179,05 Kb.
#601036
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlash (2) (1)

III bob. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonlari orqali o’quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalshning amaliy asoslari.




III-1. Ijtimoiy foydali mehnat - o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash omili sifatida.

Jamiyat taraqqiyoti quyi bosqichdan yuqori bosqichga, o’tmishdan kelajak tomon rivojlanib borgan sari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotda xalq ommasining roli, g’ayrati, uyushqoqligi ortib va chuquqralashib, inson amaliy faoliyati jadallashib boradi. Bu - umuminsoniyatga xos qonuniyatdir. Tarixiy maqsadlar ko’lami keng, insonlar shaxsi barkamol bo’lsa, u vijdonan mehnat qilsa, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol ishtirok etsa, jamiyatimiz shu qadar tez rivojlanadi va mustahkamlanadi.


Har bir jamiyat o’ziga munosib bo’lgan inson shaxsini yuzaga keltirganidek, inson ham shu jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishiga befarq qaramaydi.
Shaxs ayni paytda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish qobiliyatiga ham ega. Uning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko’r-ko’rona faoliyat orqali amalga oshmaydi.
Inson jamiyat qonunlarini o’z hayoti sharoitlarini bilib olgan ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatini amaliy ko’rsatish yo’li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o’zgartira oladi.
Hozirgi demokratsiyalashtirish bosqichida inson rolining kuchayib borayotganligi muammosining bir necha jihatlari bor.Bir tomondan u ijtimoiy ishlab chiqarish xodimini kamol toptiradi. Ikkinchi tomondan, odamning mehnat, g’ayrat, malakasini oshirishga qayta ta’sir qiladi, uning taraqqiyotini jadallashtiradi.
Inson shaxsining faolligi, eng avvalo mehnat faoliyati sohasida ro’yobga chiqadi. Mehnat sohasidagi faollik shaxs faolligining boshqa hamma shakllariga
qaraganda belgilovchidir.Chunki, ayni shu sohada insonning olgan bilimi, orttirilgan tajriba va malakasi va boshqalar amalda qo’llaniladi.
Mehnat jamoasida insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, aqliy, jismoniy faoliyati shakllanadi, yuzaga chiqadi. Moddiy hayot, ishlab chiqarish usuli insonning ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga sabab bo’lganidek, shaxsning mehnat sohasidagi faolligi ham o’z navbatida uning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy, axloqiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Shunday ekan, sohalar singari xalq ta’limi sohasida, ayniqsa, boshlang’ich sinflardanoq o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida tashkil qilinadigan ijtimoiy foydali mehnat o’quvchilarni ijtimooiy faollikka chorlaydi.
Mehnat faoliyati bilimni chuqurlashtirishga, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila olishga yordam beradi, siyosiy va axloqiy sifatlarini shakllantirib, ijtimoiy faolligini oshiradi. A.S.Makarenko: “Mehnat va ta’lim yonma-yon bormasa, siyosiy va ijtimoiy tarbiya bilan birga olib borilmasa, u tarbiyada foyda keltirmaydi, u muallaq bir jarayon bo’lib qoladi”, debt a’kidlagan. O’quvchilarni juda ko’p mehnatga taklif qilish mumkin. Lekin shu bilan birga ularga g’amxo’rlik qilinmasa, mehnat ijobiy natija bermaydi. O’quvchilar ijtimoiy foydali mehnati ularga ta’lim va ma’naviy-axloqiy tarbiya berish bilan bog’lab olib boorish- ularning har tomonlama kamolotga yetishining zarur shartidir.
Ijtimoiy foydali mehnat bolaning kuchiga, imkoniyatigamos bo’lishi darkor. O’quvchilarni mehnat faoliyatigajalb etishda ularning kuchini tejashga harakat etish, ularning jismoniy va aqliy imkoniyatini hisobga olish zarur. Og’ir ish bilan tez charchatib qo’yadi, o’z kuchiga ishonchni yo’qotishga olib keladi.
Ijtimoiy ish bilan juda ham qiziqib ketish yaramaydi, uni tashkil etishda o’quvchining kuchini, bilimini va iqtidorini hisobga olish, uni ishga qiziqtira olish kerak, aks holda ijtimoiy ish o’quvchilarga malol keladigan bo’lib qoladi.
O’quvchilarning kuchiga mos ishlarni juda yengil, jismoniy va aqliy mehnat deyarli talab etilmaydigan ish bilan almashtirish yaramaydi. Har qanday faoliyat ma’lum to’siqlarni va qiyinchiliklarni yengib o’tishni talab etadi. Ma’lum harakatni kuch sarf etishni talab etmaydigan ishlar o’quvchilarga shodlik bag’ishlamaydi, qoniqtirmaydi va irodani mustahkamlaydi.
Talaba-o’quvchilarning mehnat faoliyati umumkollejning jamoa hayoti bilan bog’liq bo’ladi. Ularni sport maydonchasini jihozlash, kollej hovlisini obodonlashtirish, ko’chani ko’kalamzorlashtirish kabi ishlar bilan qiziqtirish va jalb etish yengilroq.
Agar boshlangan ish oxiriga yetkazilsa, u yaxshi natijalarga olib kelsa, o’quvchilar bunday mehnatga jiddiy mashg’ulot deb qaraydilar va qiziqish bilan ishlaydilar. Agar mehnat natijasini ish tamom bo’lgach, ko’ra olsa butun kuchini ayamaydi, yaxshi ishlaydi, ijtimoiy faolligi oshadi va ijtimoiy hayotga tayyorlaydi.
Ijtimoiy foydali mehnatning miqdor ko’rsatkichi garchi ma’lum ahamiyatga ega bo’lsada, u bilan qiziqib ketish kerak emas. Mehnatning natija va samarasini ijtimoiy tarbiya nuqtai nazaridan kelib chiqib baholash ma’qul. Ijtimoiy foydali mehnatning tarbiyaviy samarasi bajarilgan ishning hajmi sarf etilgan vaqt bilan o’lchanmay, balki o’quvchining axloqiy qiyofasining shakllanishiga qay darajada ta’sir etganligi bilan o’lchanadi.
Afsuski, ayrim hollarda mehnat natijasini baholashda uning moddiy tomonini hisobga olish bilan kifoyalanadi.
Albatta, moddiy boylik yaratish, uni ko’paytirish mehnat faoliyatining zaruriy va samarali ko’rsatkichi hisoblanadi. Lekin moddiy bo’lmagan natijalar mehnat faoliyatining zaruriy va samarali ko’rsatkichi hisoblanadi va o’quvchilar ijtimoiy ongini rivojlanishiga, jamoa mehnat munosabatlarini shakllanishiga ta’sir etishni ham unutish kerak emas.
Ijtimoiy faollikka undovchi ijtimoiy foydali mehnat natijalarini baholashda faqat moddiy foydani ko’zlab yondoshish noto’g’ri: faqat ish bitsa bo’ldi, uning tarbiyaviy ahamiyati esa ayrim guruh rahbarlarini qiziqtirmaydi. Vaholanki,
mehnatning tarbiyaviy oqibati o’quvchilar bilan ishlashda eng muhim natija hisoblanadi.
Guruh rahbari o’z rejasida o’quvchilar bajaradigan mehnatning turini aniq ko’rsatadiki, uning bajarish muddatini, bajaradigan va javobgar odamlarning faoliyatlari va undan kutilgan natija belgilanadi. Bundan tashqari guruh faollari bilan ayrim mehnat topshiriqlarini rejalashtirib oladilar. Masalan: makatb hovlisini ko’kalamzorlashtirish, sport maydonini jihozlash, ko’chatlar ekish va parvarishlash, gullarni sug’orish va boshqalar. Bunda ayniqsa, o’quvchilar kuchini to’g’ri taqsimlash, ishni bajarish muddatini nazorat qilish yo’llarini aniqlash va ish yakunini baholashni nazarda tutish eng muhim ijtimoiy foydali mehnatni rejalshtirishga o’quvhcilar ham jalb etiladi. Ular qanchalik katta bo’lishsa, mehnatni tanlshda, uni rejalashtirishda shuncha mustaqil ish tutadilar, ijtimoiy faollashadilar. Shu bilan oo’quvchilarning mustaqillik va tashabbusiga suyanish va ular boshlagan ishni ma’qullash lozim.
Shu bilan o’quvchilarni ortiqcha band qilib yuborishga yo’l qo’yilmasligi kerak. Madaniy-ommaviy ishlar uchun , darsdan tashqari o’qish va dam olishlari uchun o’quvchilarning vaqti qolishi lozim. Ijtimoiy foydali mehnatni rejalashtirish vaqtida boshqa zarur ishlar uchun ham vaqt qoldirishni nazarda tutish ma’qul. Guruh rahbari yordamida ular bo’sh o’quvchilardan guruh tuzishadi va shunday ishlarni bajarishga undaladi. Har bir ishning muvaffaqiyatli bajarilishi o’quvchilar jamoa kuchini to’g’ri taqsim etishga va tashkil etishga bog’liq. Guruhda jamoa bo’lib bajarilishi kerak bo’lgan ish uchun katta bo’lmagan guruhlar tashkil etiladi. Bu bir-biri ustidan nazorat qilish va mehnat faoliyatiga musobaqa belgilarini olib kirishga yordam beradi.
Shu bilan birga katta bo’lmagan muvaqqat jamoalar tuzish o’quvchilarni boshqarishiga ijobiy ta’sir etadi. Shunday jamoa ichidan ishga javobgar tashkilotchilari – sardorlarni tayin qilish zarur. Ishni tashkiliy ravishda boshlab yuborish, ish qurollarini tayyorlab qo’yishga bog’liq (belkurak, ketmon, zambil). Agar ar bir o’quvchi uchun asbob yetarli bo’lmasa, unda ish unumli bo’lmaydi.
Har bir o’quvchi qayerda va qanday ishlashini bilishi kerak. Shuning uchun o’quvchilarni ish bajarish yo’llari bilan tanishtirish lozim. Masalan, kollejga olib kiradigan yo’lni ko’kalamzorlashtirish ishlarini bajarishdan oldin, chuqurchani kovlash, ko’chatni o’tqazish, uni sug’orish yo’llarini o’quvchilarga ko’rsatish lozim. Bularning hammasini kollej tajriba uchastkasida va hovlida qilib ko’rstish lozim.
O’quchilarni ijtimoiy faollikka tayyorlovchi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini tashkil etishda muhim omillardan biri- musobaqa hisoblanadi.
Guruh faoli bilan ilgaridan musobaqa ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va ularni o’quvchilarga yetkazish zarur. Bunda ko’rsatkichlarning ham son, ham sifat tomoniga e’tibor berish kerak. Masalan, sabzavot ekinzorining qancha qismini chopiq qilinganligini hisobga olish лшащнф qilmaydi, balki ular bu ishni qanday bajardilar, uning sifati qanday, buni ham aniqlash ma’qul.
I-II guruh o’quvchilarining ijtimoiy foydali mehnatiga o’yin elementlarini kiritish, o’quvchilarning qiziqib ishlashiga sabab bo’ladi. Temurchilar guruhlarining ishlari o’zining romantic va sirli elementlari bilan o’quvchilarda ijtimoiy hislar uyg’otib, katta qiziqish bilan amalga oshirilishi tasodif emas.
Hamma mehnat ham o’quvchi-talabalarda qiziqish uyg’otavermaydi. O’quvchilarni qiziqarli bo’lmgan, lekin foydali ishni bajarishiga o’rgatish kerak. Zavqli bo’lmagan ishlarni zavqli qilishga o’rgatish darkor.
O’quvchilarni ijtimoiy faollikka undovchi mehnatining muvaffaqiyatli bo’lishi ko’pincha uning natijasini hisobga olish va baholashga bog’liq. To’g’ri tashkil etilgan hisobot va ularning ijtimoiy foydali mehnatini to’g’ri baholash topshirilgan ishni o’z vaqtida va sifatli bajarishga, ishga ma’suliyat bilan qarashga o’quvchilarni o’rgatib boradi, va aksincha, bolalar mehnatini noto’g’ri baholash ularni xafa qiladi, ishdan sovitadi.
Ijtimoiy ish natijalarini baholashda uning sifatiga e’tibor berib qolmay, balki o’z navbatida aniq bajarilganligiga ham e’tibor beriladi. Ijobiy baholarni, ayrim hollarda o’quvchilarning kundaliklariga ham yozish mumkin. Bu o’quvchilarning mehnatga yana ham havasini oshiradi. Odatda, o’quvchilar
bajargan ishlari haqida o’rtoqlari oldida hisobot beradi. O’z mehnat faoliyatining baholanishini bilgan o’quvchi o’ziga va o’rtoqlariga nisbatan yana ham talabchan bo’ladi, ijtimoiy faoliyati asosida ijtimoiy faolligi oshadi.
Mehnat yakunlarini baholashda ishga xo’jako’rsinga yondashish faktlarini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. O’quvchilar kamchiligini ko’rsatish, uni bartaraf etish yo’llarini maslahat berish, ayrim hollarda, sifatsiz bajarilgan ishni qayta bajartirish ijobiy natija beradi.
Ijtimoiy foydali mehnatni to’g’ri baholashni qat’iy talab qilib: jamoa bo’lib, u yoki bu ishni bajarishda har bir o’quvchining rolini sezilmasdan qolmasligi kerak. Ishni bajarishda kim nima qilganligi ko’rinib tursin, har bir o’quvchining roli sezilmasdan qolmasligi kerak. Shuni bajarishda kim nima qilganligi ko’rinib turgan ishga javobgar ekanligini his etsin. O’quvchilarni mehnatini baholanganiga befarq qaramaydilar. Guruhda ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish murakkab, lekin amalga oshirish mumkin bo’lgan ish. Mehnatni o’quvchilarni har tomonlama kamolotga yetkazish vositasiga yetkazish vositasiga aylantirish uchun guruh rahbarlari juda ko’p ishlarga qodir ekanliklarini kollej tajribasi ko’rsatmoqda.
O’quvchilarni ijtimoiy faolligini tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan barcha ijtimoiy foydali mehnat natijasiga ko’ra o’quvchilar va guruh a’zolari rag’batlantirib borilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.
O’quvchilarning ijtimiy faolligini oshirishda munozaraning roli g’oyat kattadir. Jamoa tarzida muhokama qilishning axborot metodidan ustunligini ko’rsatish uchun misol keltiramiz.
Ikkita kollejning I guruhlarida aynan 1 masala o’quvchining tashqi ko’rinishi muhokama qilindi. Birinchi holda yig’ilishni guruh rahbari o’tkazdi, o’quvchilar esa passiv tinglovchilar bo’lib qoldilar. So’zga chiqishga hozirlik ko’rayotgan o’qituvchi o’z shogirdlariga hozirgi hozirgi zamon modasi to’g’risida, o’quvchilarning tashqi ko’rinish madaniyati to’g’risida maroqli va qiziqarli hikoya qilib berdi, ana shu mavzudagi she’r va asarlardan parchalar o’qidi. Tarbiyalanuvchilar o’z murabbiylarini e’tibor bilan tingladilar,
o’tkazilgan tadbirlardan qanoat hosil qildilar. Ikkinchi holda guruh rahbari boshqacha yo’lni tanladi: guruh faollari bilan navbatdagi uchrashuvda u o’quvchilarga o’quvchilarning tashqi ko’rinishiga jamoaning qo’yadigan talablarini ishlab chiqishni tashkil qilishni maslahat berdi. Uch hafta davomida yig’ilish uchun butun guruh faoli tayyorgarlik ko’rdi: ba’zi o’quvchilar o’g’il va qiz o’quvchilarning sochi to’g’risidagi masalani muhokama qildilar, boshqalari kastyum va ko’ylak, galstuklar, uchinchilari- poyabzalga qarash va hokazolar haqida takliflar tayyorladilar. O’quvchilarning o’zlari ma’ruza qildilar. Yig’ilish ancha shovqinli, ammo ishchanlik bilan o’tdi. Ayrim o’quvchilar 2-3 martadan so’zga chiqdilar. Guruh rahbari orqadagi partaga o’tirib, yig’ilishni kuzatib bordi. Yig’ilish qaror qabul qilish bilan yakunladi, unga butun guruh ahil bo’lib ovoz berdi. Keyingi kuzatishlar ko’rsatganidek, birinchi yig’ilish o’quvchilarning tashqi qiyofasida sezilarli o’zgarishlarga olib kelmadi, ikkinchi yig’ilish kutilganidan ham ziyod natijalar berdi- jamoa irodasi har bir o’smir uchun harakat qo’llanmasi bo’lib qoldi.
Har yili o’quvchilarda o’tkaziladigan har bir o’quvchining jamoat topshirig’i uchun tayyorlanadigan tavsifnomasining tuzilish sxemasini ishlab chiqishda jamoa muhokamasining roli ayniqsa samarali bo’ladi. Bunday tuzilish sxemasini ishlab chiqish o’qituvchi, sinf rahbari rahbarligida amalga oshiriladi, u o’quvchilarni tavsifnomada quyidagi masalalarni aks ettirish zarurligi to’g’risida fikrlashga yo’llaydi:

    • Turli fanlar bo’yicha o’qishga munosabat, o’qish sabablari tafakkurning tanqidiyligini va mustaqilligi, o’z fikrlarini yozma va og’zaki shaklda bayon qila bilish, mulohaza yuritish va xulosa chiqara olishi, tirishqoqligi va intizomliligi, qiziquvchanligi, faoliyat subyekti sifatida, o’ziga bo’lgan munosabati;

    • Mehnatga munosabati va mehnat faoliyatining sabablari, yaxshi ko’radigan mehnat turlari, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, ijtimoiy foydali mehnat va unumli mehnatdagi ishtiroki, ijtimoiy ishlab chiqarishidagi mehnat hissasi, mehnat ko’nikmalari va malakalarini egallash darajasi,

mehnatdagi tashabbusi, ijtimoiy faolligi va mustaqilligi, mehnat jarayonida o’rtoqlari bilan o’zaro munosabatlari;

    • Jamoat topshiriqlariga munosabati va ularni bajarish sifati, tashabbus va ijodkorlik, o’zaro yordam ko’rsatish, bajariladigan ishning insonparvarlik xususiyati;

    • Rahbarlarga, o’qituvchilarga, tengdoshlariga, kichiklarga munosabati, bu munosabatning sabablari, o’quvchining o’rtoqlari jamoasidagi obro’si.

Demak, ijtimoiy boshqaruv metodi bo’lgan e’tiqodni shakllantirish faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, atrof-borliqni bilish va o’zgartirishga hamda har bir shaxsni kamolga yetkazishga imkon beradi. Shuning uchun ham guruh rahbari mazkur metoddan keng foydalanish to’g’risida, yuksak axloqiy xulq- atvor tajribasini vujudga keltirish va ko’paytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilmog’i lozim.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik metodlari tuzulishida o’quvchilarning ijtimoiy faolligini o’rgatish va masuliyat tuyg’usini mustaxkamlash metodlari muxum o’rin egallaydi, ulardan foydalanish samaradorligi ko’p jixatdan birinchi raxbarning tutgan hayotiy yo’liga bog’liq bo’ladi.
Boshqalarni hurmat qilish, ularning fikrlariga, ehtiyoj va talablariga e’tibor berish, ular bilan munosabatda xushmuomalalik qilish, qistovsiz va pand- nasihatsiz o’rtoqlarcha suhbat qila bilish, o’quv-tarbiya ishi nazariyasi va metodikasining dolzarb masalalarini munozara shaklida muntazam ravishda muhokama qilib boorish, o’quvchilarning ijodiy izlanishlarini rag’batlantirish- rahbarning o’ziga xos fazilatlari ana shulardan iborat bo’lib, ular pedagogik jarayonlari ishtirokchilarining ijtimoiy faolligiga ishonchli kafolat beradi.
Individual mavzular bo’yicha ijodiy ishlarga barcha o’quvchilarni jalb etish ijtimoiy faollikni uyg’otadigan ta’sirchan metoddir.
Bunda har bir o’quvchilar ijodiy ishlay boshlaydilar. Ijodiy ishlarni mustaqil bajaradilar, bajarib bo’lgach, ijodiy ishlari yuzasidan har xil munozaralar uyushtiradi. Savol-javoblar orqali mustahkamlaydilar. Shuningdek,
matematika darslarida og’zaki hisoblar o’tkazish ham o’quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradi.
Masalan: ko’paytirish mavzusini o’tayotgan bo’lsa, ko’paytirishga doir turli savollar berib, bilimlar mustahkamlanib boradi.
Jumladan, darsdan tashqari birga tadbirlar orqali o’quvchilar ijtimoiy faolligi oshirib boriladi. O’quvchilar tadbirda faol qatnashishi uchun shu mavzudagi she’rlar, qo’shiqlar, raqslar, topishmoqlar, maqollar, hodisalar, sahna ko’rinishlar, allomalar chiqishlari orqali o’z ustilarida ishlaydilar, ijtimoiy faollashtiradi.

Download 179,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish