Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari



Download 179,05 Kb.
bet11/18
Sana01.05.2022
Hajmi179,05 Kb.
#601036
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlash (2) (1)

“Aqliy hujum” metodi


Keying paytlarda miya ish faoliyatining foydali ish koeffisientini oshirishga mo’ljallangan turli xil metodlar ishlab chiqarilmoqda. Vaholangki, mutaxassislarning fikricha, miyaning bor - yo’g’I 7 foizigina ishlar ekan xolos.
“Aqliy hujum”- “breynstorming” inglizcha so’zdan olingan bo’lib, faol ta’lim, boshqaruvining va tadqiqotining metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metod aqliy faolikni qo’zg’atadi. Ijodiy va innovatsion jarayonlarni jadallashtiradi.
Bu metodning paydo bo’lishi 2-jahon urushida yapon dengizida xizmat qilgan amerikalik mutaxassis A.Osborn bilan bog’liq bo’lib, xarbiy kemani qanday qilib torpedalardan himoya qilish mumkinligi masalasida ham kema kengashi o’tkaziladi. Kengash qoidasiga ko’ra, hamma - yangidan tortib kapitangacha o`z g`oyalarini ham aytaversa bo’ladi, har qanday takliflar yozilib boriladi. Suvning kuchli oqimidan foydalanishga qaror qilishdi. Suv nasosidan otilayotgan suv oqimi yordamida torpedaga uriladi va u to’xtatiladi.
Bir qarashda kulgili tuyuladi. O’quvchilar faolligini tashkil etish muhim rol o’ynaydi. Zero, jarayon markazida o’quvchi shaxsi turadi.
Pedagogik adabiyotlarda, metodik qo’llanmalarda va maktab amaliyotida aytilishicha, o’quvchining o’quv-biluv faoliyatini olib borish 3 yo’nalishda amalga oshiriladi:

    1. umumiy;

    2. guruhli ;

    3. yakka tartibda.

Umumiy - o’quv-biluv faoliyatini tashkil qiladi. Bu jarayonda o’ziga xos kamchilik va yetishmovchiliklar ham mavjuddir.
Darsdagi faoliyat o’qituvchi tomonidan barcha birdek qaratiladigan, ya’ni bir oz abstraktik yuzaga keladi.
O’quvchilarning rivojlanish darajasi tayyorgarligi bir xil bo’lganligi tufayli bilim va ko’nikmalarini qabul qilib olish, o’zlashtirish birdek natijani kafolatlaydi. Dars sifati va samaradorligi pasayishi holatlari kuzatiladi, o’qish o’zlashtiriladi. O’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar sekin ishlaydilar.
Ular ko’proq o’qituvchilarning shaxsiy e’tiboriga muhtojlik sezadilar. Lekin ayrim o’quvchilar murakkabroq bo’lgan materiallarni o’zlashtirishga moyil bo’ladi. Ayrimlari esa ko’proq mustaqil izlanish asosida ishlashga qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun umumiy yo’nalishli darslarda savol- javoblar, labaratoriya ishlari, mashqlar yechish iloji boricha o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, darslar bir xillik, umumiy yondashuv bir xil qolipdagi ta’limning faoliyatidan qochishni taqazo etadi.

II-3. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarini o’z-o’zini boshqarish faoliyatini tashkil etish yo’llari va darslar jarayonida xalq pedagogikasi asosida yoshlarni ijtimoiylashtirish.


Xalq pedagogikasi asosida ma’naviy-mafkuraviy ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilashda Respublika yoshlarning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kuch va salohiyatiga tayanish, yoshlarimizning o’z-o’zini boshqaruvchi jamoalari birlashmalariga jalb etish asosida tadbirlar mazmunini yaxshilash, uning sifatini oshirish choralarini ko’rish, turdosh jamoa tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish, yoshlar ongiga xalq pedagogikasi materiallarini singdirish hamda ularda o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.


Kollejda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining bo’limi qoshida “Yosh fidoiylar” klubi tashkil etilgan. Klubga mafkuraviy-g’oyaviy masalar mohiyati va nazariy asoslarini chuqur, izchil o’rganish istagida bo’lgan yoshlar jalb etiladi. Klubning ta’sis yig’ilishida klub yetakchisi saylanadi, uning asosiy vazifasi sifatida klub doirasidagi amalga oshiriluvchi tashkiliy masalalarni hal etishda klub rahbariga yaqindan ko’maklashish klub a’zolarining mashg’ulotlardagi doimiy hamda tuman miqyosida tashkil etiluvchi mafkuraviy tadbirlar jarayonidagi faol ishtirokilari, shuningdek, ularning ijtimoiy o’zgarishlar, siyosiy voqealardan xabardor etib borishni yo’lga qo’yishdan iborat qilib belgilandi.
O’z-o’zini boshqarish organlari ish rejasida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni ularning ijtimoiy faolliklari orqalin ma’naviy- xulqiy ko’nikmalarga aylantirish borasidagi faoliyat tashkil etish o’z-o’zini boshqarish organining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Klub faoliyatini aniq maqsad, ma’lum tizim asosida uzluksiz tashkil etilganligi yoshlarning klub mashg’ulotlarida doimiy ishtirok etishlarini ta’minlash bilan birga ularni tuman miqyosida tashkil etilayotgan ma’naviy- ma’rifiy mazmundagi tadbirlarning tashkilotchisi ham faol ishtirokchisi
bo’lishlariga imkon tug’diradi. Shu bois klub faoliyati yoshlarning ma’naviy- ma’rifiy bilimlarini mustahkamlab qolmay, ularda tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Mashg’ulotlarni tashkil etishda yoshlarning mavjud kutubxonalar fondida mustaqil foydalanish konikma shakllantirishga alohida diqqat e’tibor qaratiladi. Hamda uning shaxs kamolotidagi o’rni va roli kabi masalalarni yoritib xizmat qiluvchi manbalar, yangi adabiyotlar mazmunini o’rganib borib, klub qoshida ulardan tashkil topgan “Kichik kutubxona”ni tashkil etish ishiga klub a’zolari jalb etiladi. Chop etilayotgan yangi adabiyotlarni o’rganish, ularning mazmunini sharxlash, tahlil etish va o’quvchilarga yetkazish borasidagi faoliyat klub qoshida “Barkamol avlod” ilmiy markazining tashkil etilishiga turtki bo’ldi.
Ilmiy markaz ishiga saylov natijalariga ko’ra, ko’povoz olgan yetakchi rahbarlik qildi. Markaz a’zolari bir necha fraksiyalarga bo’linib ish ko’rdilar; notiqlar fraksiyasi- bu gurhning asli vazifasi yoshlatr o’rtasida xalq pedagogikasi g’oyalarini singdirish; shu asosda kecha, suhbat, seminarlar, ma’ruzalar tayyorlashdan iborat bo’ldi; ma’rifatchilar guruhining vazifasi - ilmiy- ommabop badiiy va o’quv adabiyotlarini to’plash, ular asosida ko’rgazmalar tashkil etish va uning mazmuni bilan o’quvchilarni tanishtirish kabi vazifalarni ado etish va ularni xalq pedagogikasi mazmuni bilan tanishtirish, o’rganish, yahlil qilish, sharxlashni o’rganishlari uqtiriladi.
Kollej qoshida “Yosh fidoiylar” klubi va uning tarkibiga kiruvchi “Barkamol yoshlar” ilmiy markazi hamda “Targ’ibotchi” kengashini tashkil etish, ularning muntazam faoliyat yuritishini ta’minlash va o’quvchilar o’rtasida xalq pedagogikasi asosida ta’sir doirasini kengaytirish, tadbirlarni muayyan reja asosida amalga oshirishga erishish, mazkur tadbirlarning ijrosiga oid nazariy va me’yoriy hujjatlarni yuritish, ular faoliyatida ilmiylikka asoslanish turli miqyosda tashkil etiladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, muayyan muammolar yuzasidan ma’ruza matnlarini tayyorlash, matbuot materiallari asosida kechalar uyushtirish, xalq pedagogikasi asosida o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga o’rgatishda festival va ko’rgazmalar tashkil etish, jamoat
birlashmalari bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish sezilarli natijalar berdi.
Xalq pedagogikasi materiallari asosida o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish - tarbiyalashning muhim elementlari hisoblanib, u ilmiy bilim asosida milliy qadriyatlar tarbiyasini chuqurlashtirib boorish imkonini beradi.
Xalq pedagogikasi materiallaridagi o’ziga xoslik o’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish jarayonida qo’llashning quyidagi omillarini ishlab chiqdik:

  • Ma’lum bir o’quv fani tarkibidagi xalq pedagogikasi materiallarida o’ziga xoslik xususiyatlarining maqsadga muvofiqlik ehtimoli mavjuddir;

  • Belgilangan mavzuda tanlab olingan material tarkibini aniqlash zarur bunda o’quvchilar qiyoslay olish, yangi mavzuga ijodiy yondoshish imkoniga ega bo’ladi;

  • Tavsiya etilayotgan xalq pedagogikasi materiallari asosida o’quvchilarni ta’lim-tarbiya jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish mumkin;

  • Xalq pedagogikasi materiallarini o’rganishda biridan ikkinchisiga o’tish va izchillikni ta’kidlash oddiydan murakkab tomon boorish, bu mazmunning o’zigagina taalluqli bo’lamy, xalq og’zaki ijodi kabi shakily formalarga ham aloqadordir. Ya’ni allalardan tortib maqollar, hikmatli so’zlar, ertaklar, shuningdek, poemalar, afsonalar, dostonlargacha davom etadi;

  • Tanlab olingan materiallar aniq vazifa qilib qo’yilgan mavzular bo’yicha dasturga muvofiq olinadi.

Hozirgi siyosiy muhit, g’oyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, demokratik jarayonlarning dinamik rivoji, o’zaro milliy munosabatlar sohasidagi murakkab vaziyat, milliy va umuminsoniy munosabatlarning dialektik tamoyillari asosida bunday materiallarni birinchi bosqichga chiqaradi.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga belgilangan vazifalarni bajarish jamoat va davlat tizimi tashkilotlarining O’zbekistondagi barcha fuqarolarning ishiga aylandi.
Ta’lim-tarbiyaning siyosatdan holi qilinishi kasb-huunar kolleji ta’lim mazmunini milliy qadriyatlar asosida qurishni, o’quvchilarni o’zbek xalqining asrlar davomida yaratgan, ajdodlar sinovidan o’tgan milliy urf-odatlari, marosimlarini tadbiq etish qonuniy zaruriyatdir. Ana shu zaruriyatdan kelib chiqqan holda o’quvchilarning milliy madaniy va qadriyatlarning ahamiyatini tushunib yetishlari, ularning inson kamolatida muhim omil ekanligini e’tirof etishlari va ulardan bahramand bo’lishlarini ta’minlaydigan dastur va qo’llanma ishlab chiqiladi. Maqsad: talaba-o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitishda, kamol toptirishda xalq pedagogikasida xalq urf-odatlari, an’analari va umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanib, o’z-o’zini boshqarishga o’rgatishdir.
Xalq pedagogikasi jamoa a’zolari odamlarning amaliy faoliyati, hayotiy tajribasi asosida yuzaga keldi, xalq hayotining mujassami sifatida shakllanadi.
Kollej o’qituvchisi ijodkor shaxs, shunday ekan, kollej o’quvchilarini xalq pedagogikasi materiallari asosida o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonlarida, o’qish, mehnat, o’yin faoliyatida, darsdan tashqari faoliyatlarida, darsdan tashqari tadbirlarda xalq yaratgan o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari: dostonlardagi Oysuluv, Kuntug’mish, Yusuf, Ahmad, Kunxon, Oyxon, Alpomish, shiroq, To’maris kabi mard, jasur, dovyurak, qahramon bo’lishga chaqiriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi asosida milliy qadriyatlarni tiklashga, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga jiddiy kirishilganligi O’zbekiston xalqlarining mustaqillik yo’liga qo’ygan qadamining dadilligiga yorqin dalildir.
O’zbek xalqining uzoq yillar tarbiya sohasida orttirgan tajribasi kuchli qudratga ega va xalqchildir. O’tmish mutafakkir shoir va olimlari buni yaxshi bilganlar, o’z ijodiy faoliyatlarida unga amal qilganlar. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” dostonlari, Kaykovusning
“Qobusnoma”, Abu Nasr Forobiyning “Fusus ul-madani” risolasi, Alisher Navoiyning “Xamsa” asariga kirgan dostonlaridagi hayoliy hikoyalar, afsonalar va bosh qahramonlarning faoliyatlarini o’rganish orqali o’z-o’zini tarbiyalashga o’rgatib boriladi.
Kasb-hunar kollejlarida har bir darslarni xalq pedagogikasi materiallaridan foydalanib o’tish, darsdan tashqari tadbirlarda va o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatlarida alq pedagogikasi materiallari “Qur’on”, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”), Muhammad Sodiq, Muhammad Yusufning “Imon”, “Axloq-odobga oid hadis namunalari”, Umar Xayyomning “Navro’znoma”, So’fi Olloyorning “Sabotul ojizin”, shuningdek, “Temurnoma” kabi kitoblarning chop etilishi o’quv dasturlarida o’tmish madaniyat, adabiyot, xalq og’zaki ijodi asarlarining keng o’rin olishi ham mustaqillik sharofatidir.
So’nggi yillarda asrlar davomida yaratdan madaniy meros, yodgorliknlarni saqlash va rivojlantirishga, insoniyat hayotining manbai bo’lgan tabiatni muhofaza qilishga jiddiy kirishganligini, fransiyada “YUNESKO” qoshida xalqaro kengash, xalq ijodi festivallarini o’tkazish bo’yicha bosh shtab (KIOFF)ning tuzilishi namunasida ham ko’rish mumkin.
Ta’lim-tarbiya sohasida qilingan ishlarni, nashr etilgan tadqiqotlarni o’rganish bilan shunday xulosaga keldikki, xalq pedagogikasi atroflicha tadqiq etilishi xalq pedagogikasi bo’yicha beriladigan bilim mazmuni yoritilgan dastur, qo’llanmalar yaratish zarur va ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish va shu singari o’z-o’zini boshqarish organi dasturlariga kiritish lozim.
Xalq pedagogikasida tarbiya bilan birga ta’lim ham asosiy o’rinni egallaydi. Jumladan xalq yosh avlodni aniq kasbga, qo’l san’atiga, sportga o’rgatdi va o’qitdi. Xalq pedagogikasi tadqiq etish axloqiy tarbiyani va o’qitishni ikki uzviy jarayon sifatida bir vaqtning o’zida o’rganishni taqazo etadi.
O’zbek xalqiga xos milliy xususiyatlar, uning milliy madaniyati, oilaviy turmush tarzi, yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida
qo’llanganusul va vositalari, tadbir shakllari, urf-odat va an’analari , tarbiya haqidagi g’oyalari xalq pedagogikasida mujassamdir.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarini o’z-o’zini boshqarishga o’rgatishda xalq pedagogikasining tutgan o’rni kattadir va quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

      1. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarini tarbiyalash va o’qitishda, kamol toptirish- xalq pedagogikasida xalq urf-odatlari, an’analari va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishning ilmiy asosini ishlab chiqishdir;

      2. O’zbek xalq pedagogikasini tahlil etish, uning milliylik va baynalmilallik xususiyati tarbiyada qo’llagan tajriba usullarini o’rganish;

      3. O’quvchi, muallim, ota-onalarning xalq pedagogikasini tushunish va undan xabardorlik darajasini ishlab chiqish, kollej, oilada xalq pedagogikasidan foydalanishni, o’tmishda qo’llangan tajriba va usullardan foydalanishda erishilayotgan yutuqlarni aniqlash;

      4. Darsda va darsdan tashqari ishlarda xalq pedagogikasi materiallaridan foydalanish darajasini ishlab chiqish, shu asosda tajriba materiallar tayyorlash va sinov o’tkazish;

      5. O’quvchilarning yoshi va bilim darajasi hisobga olingan holda xalq pedagogikasidan foydalanish tamoyi, usullarini belgilash.

Bu vazifalar xalq pedagogikasi materiallari asosida oquvchilarni o’z- o’zini boshqarishga o’rgatish tabiiyki:

  • O’zbek xalq og’zaki ijodida ta’lim-tarbiya (axloqiy-aqliy tarbiya, oilada farzand tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi) masalarini;

  • O’tmish o’zbek mutafakkir olim va shoir ijodida ta’lim-tarbiya masalalari (Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Mashrab va boshqalar)

  • Qur’on, Hadis, “Qobusnoma”dagi ta’lim-tarbiya masalalarini;

  • Pedagogika ilmining olim, yozuvchi, shoirlar (Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Oybek, A.Qahhor va boshqalar)

  • Xalq pedagogikasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’llari orqali amalga oshirilladi.

  • Yuqorida bayon etilgan vazifa va yo’nalishlar orqali o’quvchilarni o’z- o’zini boshqarish organlarida o’z-o’zini boshqarishga o’rgatishda xalq pedagogikasidan foydalanishda o’tmish donishmand yurtdoshlarimiz asrlar davomida yaratgan urf-odatlarni, an’analarni, marosimlarni, shuningdek, xalqimiz milliy xususiyatining ifodasi bo’lgan diniy, madaniy qiyofasini ma’lum darajada qayta tiklashga yordam beradi.

Download 179,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish