Kasb-hunar kolejlarida o’quvchilarni ijtimoiy hayotga va kasb- hunarga yo’naltirishning hozirgi holati.
“Keyingi yillarda ta’lim jarayonida ta’limning yangi, qiziqarli, faol shakllari va metodlaridan foydalanilmoqda. Agar pedagogik jarayonlarda dastlab o’qituvchi faol, o’quvchi passiv ishtirok etgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib esa, har ikkala tomonning asosan o’quvchilarning faol ishtirok etishi talab qilinmoqda. Sababi o’quvchilar avval tinglovchi, o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon etilgan bilimlarni qabul qiluvchi ob`yekt bo’lib, pedagogik jarayonlarda passiv ishtirok etishar edi. Ayniqsa, mustaqil ishlash, erkin fikr yuritish o’z qobiliyat va iste’dodlarini namoyon qila olish imkoniyatiga ega emas edi”6.
Hozir esa kasb-hunar kollejida talaba-o’quvchilarni ijtimoiy hayotga yo’naltirish masalasi bugungi kunning muhim muammolaridan biridir. Chunki bu o’quvchilar alohida e’tiborga loyiq bo’lib, kechagina maktabdan kelgan yoshlardir. Shu jihatdan kasb-hunar koleji talaba-o’quvchilarini ijtimoiy hayotga yo’naltirishda pedagogik jarayonlarni yangi texnologiyalar asosida qurish, ta’lim jarayonida ijtimoiy hayotga yo’naltirishda qiziqarli, faol, noan’anaviy, yangi innovatsion usullardan foydalangan holda ularga kasbiy bilim asolarini berish, kasb-hunarga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa ikki tomonlama faoliyatda amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, unda pedagog-o’qituvchi va o’quvchi ishtirok etadi.
Shunga ko’ra o’qituvchi faoliyatida:
Talabalarga noan’anaviy ta’lim turi va usullarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatish, ta’lim-tarbiya berish hamda kasbiy bilim asolarini berish orqali ularni ijtimoiy faollikka, ijtimoiy hayotga yo’naltirish;
Kollej o’quvchilariga kasbiy bilim asoslarini berishda yangi texnologiyalarni fanlararo bog’lab o’tishni bilish;
6 B.Qodirov “Komil inson tarbiyasi” uslubiy qo`llanma T.2007yil
O’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatishda ularning o’ziga xos xususiyatlarini bilish, o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’ziga xizmat qilishga o’rgatish;
O’quvchilarga ijtimoiy faollik ruhini singdirishda tarbiya tamoyillaridan o’z o’rnida foydalanish- pedagogik jarayonlarning samarasini beradi. O’quvchilar faoliyatida:
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida faol ishtirok etish;
Kasb-hunarga oid nazariy va amaliy bilim asoslarini egallashda mustaqil, ijodiy ishlash, erkin fikr yuritishga o’rgatish, o’z shaxsiy g’oyasini tushuntira olish;
O’z bilim, ko’nikma, malakalarini, qobiliyatlarini ijtimoiy hayotda amaliy qo’llay olish;
Ijtimoiy hayotga yo’naltirib borish orqali jamoatda, hayotda o’z o’rnini topa bilishi ham ta’lim-tarbiya jarayonlarining samaradorligi ta’minlanadi.
Ta’kidlash joizki, kasb-hunar kolleji o’quvchi-yoshlarini ijtimoiy hayotga yo’naltirishda kasbiy bilim asoslarini berish orqali kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasining tutgan o’rni muhimdir. Ayniqsa, bu o’quvchilarni kasb- hunarga o’rgatishda ta’lim-tarbiya prinsiplaridan foydalanish orqali ta’lim- tarbiya jarayonlarining samaradorligi ta’minlanadi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarini kasb-hunarga o’rgatishda, ularni ijtimoiy hayotga yo’naltirishda ta’lim-tarbiyaning asosiy didaktik prinsiplaridan tashqari tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi va g’oyaviyligi, tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalar ustunligi, tarbiyada o’quvchi shaxsini hurmatlash, jamoani jamoa yordamida tarbiyalash, tarbiyada o’quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarini yo’q qilishning ahamiyati katta.
Zero, kasb-hunar kolleji o’quvchilarini ijtimoiy hayotga yo’naltirishda ta’lim-tarbiya prinsiplaridan, jumladan, o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish pedagogik jarayonda muhimdir. Chunki, o’quvchining axloqiy, jismoniy, ruhiy, fiziologik rivojlanishini bilimlilik va
tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, pedagogik jarayonda samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Ayniqsa, o’quvchilarda ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish orqali ta’lim-tarbiya prinsipining hayot bilan bog’liqligi va ta’limning tarbiyaviyligi, o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish tushuntirish amaliyot bilan bog’lashdan ijobiy foydalaniladi.
Shuningdek, kollej o’quvchilarining kasbiy hunarga o’rgatishda kasbga oid mehnat turlarini tizimli, bosqichma-bosqich ravishda bajartirish orqali ta’limning tizimlilik va izchillik; tarbiyaning esa mehnat bilan bog’lash prinsiplaridan ijobiy foydalaniladi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, kollej o’quvchilarini ijtimoiy hayotga yo’naltirishda:
Birinchidan, ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilariga kabsiy bilim asoslarini nazariy va amaliy jihatdan yangicha qiziqarli, faol, noan’anaviy usul va uslublarda yondashib o’rgatish va ularni faol bo’lishga undovchi mashg’ulotlar turini tanlash, belgilash va amaliyotda ulardan samarali foydalanish;
Ikkinchidan, kollej o’quvchilarini ijtimoiy hayotga yo’naltirishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonlarining samaradorligini ta’minlash;
Uchinchidan, o’quvchilarni ijtimoiy hayotga yo’naltirishda ta’lim-tarbiya prinsiplarining uzviy bog’liqligini ta’minlashga erishish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida amaliyotda ulardan oqilona foydalana olish orqali ijobiy natijaga erishish mumkin.
Buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy “Fozil shaxar ahlining qarashlari” kitobining 26-bobida yozadi: “O’z tabiatiga ko’ra, har bir inson shunday tuzilganki, u o’z mavjudligini ta’minlash va komil martabaga erishish uchun juda ko’p narsalarga ehtiyoji bor. Bu narsalarni uning bir o’zi hosil qila olmaydi va ularga erishish uchun muayyan bir kishilik jamoasiga ehtiyoj sezadi. Bu jamoaning har bir a’zosi o’ziga va o’zgalarga zarur bo’lgan biror bir mahsulot, ashyo yoki xizmatini ta’minlaydi va natijada har bir kishining ehtiyojlari to’liq
qondirilish imkoni paydo bo’ladi”7. Shu ma’noda bunday jamoaning har bir a’zosi bir-biriga nisbatan burchlidir.
Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonlarida Forobiyning asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
O’quvchilar ongida ijtimoiy faollik, mas’uliyat bo’lmasa, bu jamiyatning komillik darajasi na Forobiy orzu qilgan “Fozil odamlar shaxri” na bugungi ideal “fuqarolar jamiyati” talablariga mutlaqo javob bermaydi. Aniqrog’i, ijtimoiy kamolot yo’llarida sustkashlik ko’rsatdilar. Natija ma’lum. Shu sababli har bir O’zbekiston fuqarosining yurt mustaqilligini mustahkamlash, millat taqdiriga kyunchaklik bilan munosabatda bo’lishga erishish orzusida tinib- tinchimagan Prezidentimiz har bir ma’ruza, har bir suhbatda bizni faollikka, ijtimoiy fidokorlikka undaydi.
Forobiyning asarlari orqali insonlarni ijtimoiy hayotga undaydi: “Insonlari haqiqiy saodatga erishish yo’lida bir-biriga yordam berish uchun birlashgan shahar - fozil shahardir va saodatga erishish maqsadida bir-biriga yordam beruvchi insonlar jamoasi- fozil jamoadir. Barcha shaharlari saodatli bo’lish yo’lida bir-biridan yordamini ayamaydigan xalq (millat) – fozil xalq, fazilatli millatdir. Shunday ravish bilan agar butun olam ahli bir-biriga saodat yo’lida xolis ko’maklashuvga tayyor bo’lsa, kurrayi zamin fozil insonlar makoniga aylanadi”. Ushbu asar orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka chaqiriladi. Demak, Farobiy ham o’z asarlari orqali birga insonlarni ijtimoiy kamolot yo’lida sustkash bo’lmasdan, ijtimoiy fidokorlikka undaydi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, mustaqil O’zbekistonimizning barcha farzandlarini ijtimoiy faol, fidokor qilib tarbiyalanishi darkor.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish dolzarb mummolardan biridir. Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim-tizimining barcha muassasalari faoliyatida o’quvchi-yoshlarni kasb- hunarga yo’naltirish yuzasidan keng ko’lamli amaliy ishlar amalga
7 Al-Forobiy “Filosofskie traktati” Alma-ata 1992 god 303-str.
oshirilmoqda. Ushbu harakatlar doirasida kasb-hunar kollejlari kasb-hunar ta’limi faoliyatida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunraga o’rgatishga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Zero, barkamol yoshlar va malakali mutaxassis tayyorlash jarayonining muhim bo’g’ini sanalgan kasb-hunar kollejlarida olib borilayotgan kasbiy faoliyat yoshlarning istiqbil yo’lini aniq belgilab olishi, uning dunyoqarashini shakllanishi, mutaxassislik asoslarini puxta o’zlashtira olishda dastlabki asosi qo’yilishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda barcha kasb-hunar ta’lim muassasalari o’quvchilariga kasbiy axborotlar va maslahatlar berish, kasbiy tashxis qo’yish, ularning qobiliyati, moyilligi, qiziqishlarini hisobga olish bugungi ta’lim islohotlarining muhim qirrasidir. Kasbiy tushuntirish ishlari, ko’rik tanlovlar, musobaqalarning bo’lishi bu jarayon muvaffaqiyatini ta’minlaydi. O’quvchi yoshlarni ta’lim jarayonlari va turli to’garaklar, tadbirlar orqali kasb-hunar yo’nalishlariga tayyorlash, ularning tafakkurini uyg’otish, kasb va ixtisosliklar turlari to’g’risida ma’lumotlar bilan tanishtirish, qiyoslash, bu boradagi muammolarni aytib o’tish ularning har bir kasbni sidqidildan tanlab, fidoiy mutaxassis bo’lishining asosini tashkil etadi. Ularning layoqati, shaxsi, intilishi, qiziqishi, qobiliyatini aniqlash esa biz pedagoglar, jamiyatning har bir a’zosiga, ayniqsa, ota-onalarga katta mas’uliyat yuklaydi.
Kasbga yo’naltirish, o’quvchi-yoshlarda motivatsiya uyg’otgan kasbni tanlashlarini ta’minlaydi, tashkiliy, uslubiy, pedagogik, psixologik yo’l-yo’riqlar samaraliligini oshiradi. Zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishiga turtki beradi.
Kasb-hunar alohida faoliyat turi bo’lib, o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni aytib o’tish maqsadga muvofiqdir:
Kasb-hunar ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini zamon talablaridan kelib chiqib amalga oshirish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanib fidoiy kadrlar bilan ta’minlash;
Turli tadbir va ko’rik tanlovlar asosida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish;
Hamkorlik asosida yoshlarni qiziqqan kasblariga nazariy va amaliy yondoshishlariga ko’maklashish.
Shunday ekan, o’quvhci-yoshlarning aksariyatiga kasb tanlash, ularda muayyan kasbga nisbatan vujudga keladigan maxsus qiziqishga hamda yana shu kasb bilan bog’liq bo’lgan bilimlar doirasida asoslanadi.
To’garakdagi mashg’ulotlar chog’ida kasb-hunar kolleji o’quvchilarida shakllanadigan pedagog bilimiga qiziqish kasbga qiziqishga xos bo’lgan jiddiy jihatlaridan birini tashkil etadi. O’quvchilarning ko’pchiligi o’zlari tanlagan kasbni sevgan mashg’ulotlari bilan bog’lashlari bejiz emas. Hissiy, motivatsion, intellectual va iroda jihatlarini o’z ichiga olgan murakkab shaxsiy birikmadan iborat kasbga qiziqish subyektning aniq kasb bilan hamkorligida namoyon bo’ladi. Kasbga qiziqishning mavjudligi insonning aniq kasb bilan hamkorligini, ya’ni kasbning insonga munosabatini aks ettiruvchi tizimni tuzishdan dalolat beradi.
Inson aniq bir kasbni tanlaydi va bu kasbga nisbatan ijobiy munosabatni vujudga keltirishi sababli inson bu kasbga o’z munosabatini bildiradi.
Kollej o’quvchilarining hammasida ham kasbga qiziqish shakllanib bo’lgan desak adashamiz. Chunki, ba’zi yoshlarni ota-onasining ixtiyori yoki majburlahi asosida kasbga yo’naltirish qiyin kechadi. Shu sababli, albatta. Oila, maktab, kollej hamkorligida (ota-onalar va farzandlari o’rtasida) seminar, bahs, davra suhbatlari, anketa so’rovnomalari o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, o’quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati, iste’dodiga asosan kasb tanlashlari kasbiy qiziqishlarini shakllantiradi.
Ba’zi hollarda yoshlar o’z tanlovlarini kasbiy qiziqishlari bilan bog’lamaydi. Mazkur holatda kollej o’quvchilarida ba’zilar uchun o’rta maxsus, kasb ta’limi olishga , boshqalar uchun esa kasbiy mahoratini oshirishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lishga imkon beradigan muayyan, ijtimoiy holatga kirish talaba bo’lish rejasi shakllangan.
Yuqoridagilar asosida shuni aytish mumkinki, ruhiy jihatdan asoslanmagan holda muayyan kasb tanlanganligidan dalolat beradiki, bu kasbga yo’naltirish rejasida yoshlar bilan yetarlicha ish olib borilmaganligi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra, kasb-hunar kolleji o’quvchilarining kasbni noto’g’ri tanlaganliklarining bir nechta sabablari mavjud bo’lib, ulr quyidagilar:
Kasb tanlashda chuqur o’ylamay bir qarorga kelish;
Kasb egasining kasbiga kasbiga munosabatini ko’z oldiga keltirish;
Kasbning tashqi ko’rinishiga qarab qiziqish;
Qiziqishning kasb bilan birlashib ketishi;
Qiziqish, iste’dod, qobiliyatni tushuna bilmaslik;
Ijtimoiy mavqeini tanlash.
Yuqorida aytib o’tilgan muammolarni bartaraf etish biz pedagoglarning asosiy vazifamiz bo’lib, o’quvchi-yoshlar qobiliyatini maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlantirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshirish, turli ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, fan olimpiadalari, ko’rik tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va qo’llab- quvvatlashga bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli, o’z kasbini sevadigan shaxslar zarur. Shu nuqtai nazardan, iste’dodli yoshlarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql-zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning yagona manbaidir. Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun o’quvchi-yoshlar iste’dodini aniq tahlil etish, sevgan kasblarini hisobga olish zarur. Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellectual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’limni olishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilim saviyalarini oshirishi hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb- hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar va tanlagan ixtisosliklariga ega bo’lishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |