III-3. Dars va darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash tajribasidan.
Pedagog mustaqil tayyorgarlik davrida o’quvchilar bilan ishlashni tabaqalashtirilgan tarzda olib boradi, ularni taqsimlaydi, ayrimlari bilan esa yakka tartibda ish olib boraddi. Pedagog fan kabinetlaridagi mustaqil ishlarni tashkil etib, bilimlar egallashni ta’minlovchi topshiriqlar sistemasini ishlab chiqadi, muntazam ravishda o’qishning borishini nazorat qiladi, o’quvchilarning kitob, asboblar, qo’llanmalar, o’quv teleko’rsatuvlari, qo’shimcha adabiyotlar va boshqalar bilan ishlash malaka va ko’nikmalarini muntazam shakllantirishni ta’minlaydi.
Mustaqil mashg’ulotlarda o’qituvhci bilan o’quvchining hamkorlik qilishi zarurligi bekor qilinmaydi, lekin u darsdagiga nisbatan boshqacha-asosan bevosita, o’quv materiali (sxemalar, jadvallar, yo’l-yo’riqlar, maxsus tuzilgan ma’lumotlar va hokazolar)ni tegishli tarzda tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Kelgusida o’rta bugunda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda pedagogning yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini tartibga solish, o’z-o’zini nazorat qilishi asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda darsdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlar, laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. O’quvchilarni ijtimoiy faollikka undovchi ta’lim-tarbiya jarayoni va ijtimoiy foydali mehnat o’z ichiga:
darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi;
tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarnii bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadaga muvofiqdir.
Yuqorida qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar. Ayni paytda ularda topshiriqlarni bajarish uchun zarur materiallarni tanlash, ishning ketma-ketligini belgilash, vaqtni hisobga olish kabi ko’nikmalar shakllanadi. Bunga o’xshash mashg’ulotlar o’quvchilarga ular uchun yangi bo’lgan sharoitlarda mehnat qilish ko’nikmasini egallashga yordam beradi, o’qituvchiga esa o’quvchilarda ta’lim- tarbiya jarayoniga faol qo’shilish uchun zarur bo’lgan fazilatlarni aniq, maqsadni ko’zlab, izchil shakllantirish imkonini beradi.
Natijada o’quvchilar uchun o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishning yangi shaklini qiroatxona va bo’sh auditoriyalarda pedagogsiz mustaqil mashg’ulotlarni asta-sekin joriy etish mumkin bo’ladi. Shuni aytish kerakki, bunday ish shaklining dastavval ayrim qismlari o’zlashtiriladi. O’quvchilar guruxlariga o`qituvchisiz, o’zlari shug’ullanishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Bunday mashg’ulotlar qattiq tartibga solinadi: ish joyi, tarbiyachiga taqdim etilishi kerak bo’lgan hisobot materiallari va bu ishlarni amalga oshirish vaqti aniq belgilab qo’yiladi. O’quvchilarni guruhlarga taqsimlash oldidan katta tayyorgarlik ishlari olib boriladi: tarbiyachilar bilan ular mehnatini tashkil etish usullari haqida suhbatlar, qiroatxonada va bo’sh auditoriyalarda mustaqil mashg’ulotlarni tashkil etish yuzasidan dastlabi sinovlar, bu tajribani muhokama qilish unga zarur tuzatish kiritish kabi ishlar bajariladi.
Kuzatishlarning ko’rsatishicha, ishning yangi shakllariga o’tish butun pedagoglar jamoasining kuch-g’ayratlarini birlashtirishni, bo’sh xonalarni taqsimlashda, tartib va nizomga rioya etilishini nazorat qilishda alohida aniqlikni talab etadi.
O’quvchilarning o’z-o’zini tartibga solish va o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan sinf va yakka tartibdagi ish shakllari asta-sekin asosiy ish shakllari bo’lib qoladi. Ular o’quvchilarda intizom va ma’suliyatni shakllantirishga ko’maklashadi, ijtimoiy faollashtiradi.
Bir qancha hollarda mustaqil tayyorgarlik yuzasidan ayrim mashg’ulotlarni o`qituvchi ishtirokida uyushtirish zarurati vujudga keladi. Bu unchalik mustahkam bo’lmagan va yanada kuchatirilishi zarur bo’lgan malaka va ko’nikmalarni tiklash yoki shakllantirishni davom ettirish maqsadida o’tkaziladi. Binobarin, o`qituvchi ishtirokidagi mustaqil mashg’ulotlarni o’quvchilar mustaqilligi shakllanishining muayyan bosqichida to’la barham topadigan shakl sifatida qaramaslik kerak. U o’quv mashg’ulotlaridan keying darslarni tashkil etish shakllari sistemasida zarur jihat sifatida saqlanib qoladi, lekin undan foydalanish me’yori o’zgaradi.
Ko’pincha o`qituvchining yordamini so’rab murojaat qiladilar, kuchli o’quvchilarning qo’llab-quvvatlash bo’lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar. Bunday shaxslarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo’lib qolsa, u o’quvchining faqat aqliy emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to’sqinlik qilishi mumkin.
Majburiy mehnat faoliyati nazoratsiz - ijro etish holati rasmiy ijrochilik bilan, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yarashishga intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda ishga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo bo’lardi, bu esa ularning mehnatdagi tashqi faolliklarini yo’qqa chiqaradi. Va, nihoyat, beixtiyor hosil bo’ladigan holat ham ro’y berishi, bunday holat “hohlasam-o’ynayman, hohlamasam- o’ynamayman”, “yoqsa- ishlayman, yoqmasa- ishlamayman”, “oson bo’lsa- bajaraman, qiyin bo’lsa- bajarmayman” degan so’zlarga rioya etadigan o’quvchilar faoliyatida namoyon bo’ladi. Bu o’quvchilar sinfi tarbiyachiga yuqorida qayd etilgan o’quvchilar guruhiga nisbatan kam qiyinchilik va tashvish keltirmaydi. Shaxslarning ijtimoiy faolligi beixtiyor holatni boshqa holatga aylantirish ancha qiyin ishdir. Bu shaxslarning faqat o’z shaxsiy istaklari bo’yicha ish bajarishga doir noxush mayllarini bartaraf etish uchun uzoq vaqt ter to’kib mehnat qilishga to’g’ri keladi.
Ko’rsatib o’tilgan hollarning har birida shaxslarni bilish jarayoniga jalb etish, ularning qiziqishlariga tayanish, o’quvchilarga o’quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishni his etish imkonini berish, ularni rag’batlantirish va albatta o’qishga o’rgatish kerak.
Kuzatishlarning ko’rsaishicha, tarbiyachilarning o’zlari ko’pincha shaxslarning ijtimoiy faolligi ularning ishga munosabatidagi holatning hilma- hilligini bilmaydilar. Pedagog esa ana shunday holatlarning namoyon bo’lishiga tayanib, yakka tartibda yaxshiroq, yondoshishni amalga oshirish mumkin. Ijtimoiy faoliyat davrida tarbiyalanuvchilarga o’z ta’sirini muvofiqlashtirishi va taqqoslashi, uni shaxsni shakllantirishning samarali vositasiga aylantirishi mumkin. Bunda unga o’quvchilarning fe’l-atvoridagi o’zgarishlar jarayoni va o’z tarbiyaviy faoliyatining pirovard natijalarini oldindan ko’ra bilish, har bir o’quvchining xususiyatlarini, uning shaxs sifatida mehnatga munosabatini yaxshi bilishga yordam beradi.
O’quvchilarning ijtimoiy faoliyatini tashkil etganda, shaxslar mustaqilligini pasaytiruvchi ortiqcha vasiylk qilishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Kuzatishlarning ko’rsatishicha, tarbiyachilar ijtimoiy faollikni turli bosqichlari (bo’lajak ishning borishi tushuntirilishi, uy ishi, ishning mazmunini, o’quvchi faoliyatining tartibini to’la tushuntirib berish hollari uchraydi va hokazo)da o’quvchilarning ishiga aralashib, ko’pincha ular mustaqilligining rivojlanishiga halaqit beradilar, mustaqil faoliyat ko’nikmalari shakllanishiga to’sqinlik qiladilar. Ijtimoiy faoliyat jarayonida o’quvchilar mustaqilligi muntazam oshib borishi va yordam berish muntazam kamayib borishiga erishish muhimdir, albatta.
O’z guruhining imkoniyatlarini, shaxslarning o’ziga xos xususiyatlarini. Ular mustaqil ishining uslubini hisobga oluvchi tarbiyachi ijtimoiy faoliyat davrida g’oyat talabchan bo’ladi, shaxslarni ijtimoiy faoliyatga yo’naltiradi, mustaqil tayyorgarlikni o’quvchilar bilimlarini mustahkamlashning va ularda tashkiliy-amaliy malaka va ko’nikmalarini rivojlantirishning vositasi sifatida qarab, o’z yordami darajasini asta-sekin pasaytiradi.
Ta’lim muassasalari o’quvchilarning ijtimoiy faolligi haqida ta’riflar ekanmiz, biz bu jarayonning ikki tomonini ifodalaydigan tushunchalardan: o’quvchilar faoliyatida- mustaqillik darajasidan, tarbiyachi faoliyatida – yordam berish darajasidan foydalanamiz.
Mustaqillik darajasi deganda, biz o’quvchilarning pedagog yordamida bo’lgan ehtiyojini nazarda tutamiz. Yordamga bo’lgan ehtiyoj qanchalik yuqori bo’lsa, o’quvchilarning mustaqilligi shunchalik past bo’ladi. Shaxslarga yordam ko’rsatish darajasining mezoni sifatida biz o’quv muassasasichilaining topshiriqlarni bajarish jarayoniga tarbiyachining aralashuvini qabul qilamiz.
Ayni vaqtda shuni hisobga olish muhimki, ijtimoiy faollik, mustaqil faoliyat shakli bo’lib, u shaxsni o’qishga o’rgatar ekan, to’liq ravishda tarbiyachining rahbarligisiz, muayyan darajadagi tarbiyaviy kuch-g’ayrat sarflashisiz o’tishi mumkin emas.
Pedagoglarning ijtimoiy faollikni tarbiyalash vazifalarini hal qilishga sarflagan kuch-g’ayrati o’quvchilarning ruhiy-fiziologik kayfiyatiga mutanosibdir. Agar shaxslar mustaqil tayyorgarlikni o’z faoliyati zanjiridagi tabiiy bugun sifatida qabul qilsalar, pedagoglar tomonidan ham, shaxslar tomonidan ham katta kuch-g’ayrat sarflash talab etilmaydi. Aksincha, mashg’ulotga yomon tayyorgarlik ko’rish hamma uchun qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Tarbiyachining o’quv muassasasi o’quvchilariga irodaviy ta’sir ko’rsatishi talab etiladi, ularning esa o’z organizmlari va ruhiyatlarining ahvolini muayyan faoliyatga yo’naltirish uchun irodaviy zo’riqishlariga to’g’ri keladi. Har qanday holatda tarbiyachi tomonidan ham ko’p yoki oz miqdorda kuch-g’ayrat sarf etishni talab etadigan vaziyatlar vujudga keladi. Mustaqil tayyorgarlik davomida ta’lim muassasalarining o’quvchilari mustaqil faoliyatining u yoki bu ko’nikmasi shakllanayotganda ham huddi shunday vaziyatlar vujudga keladi. Bu vaziyatni zarur tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga yordam beradigan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq holatga aylantirish tarbiyachining mahoratini bildiradi. Ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish, o’zlikni anglash hamda o’z-o’zini tarbiyalash, o’z ustida
ongli va rejali ish olib boorish, jamiyat va rivojlanish shaxsiy dasturi talablarga javob beruvchi xususiyat va sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgandir. O’z- o’zini tarbiyalash tarbiya jarayonida shakllanadi.
Bu usullarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin:
O’z-o’zini tarbiyalash shaxsning o’z-o’zini anglashdan boshlanadi. Buning uchun quyidagi usullar qo’llaniladi. Ular 1-guruhga tegishli:
o’z-o’zini kuzatish;
taqqoslash;
o’z-o’zini tahlil qilish;
empatiya;
o’z-o’zini baholash.
Bu usullarning barchasi o’z-o’zini anglash saviyasini o’stirishni maromlashtiradi. Bu besh usul yordamida shaxsni o’z-o’zini baholashi amalga oshiriladi. Qolgan usullar o’z-o’zini tarbiyalash uchun qo’llaniladi. Ijtimoiy faollik o’quvchilarda:
o’z-o’zini tanqid qilish;
o’z-o’ziga majburiyat yuklash;
o’z-o’zini boshqarish;
o’z-o’ziga buyruq berish;
o’z-o’zini jazolash;
o’z-o’ziga ta’sir ko’rsatish;
o’ziga ishonchni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |