Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari


III-2. Yoshlarni darsdan tashqari jarayonlarda o’z-o’zini boshqarishga o’rgatishning pedagogik asoslari



Download 179,05 Kb.
bet13/18
Sana01.05.2022
Hajmi179,05 Kb.
#601036
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Talabalarni ijtimoiy faollik asosida ijtimoiy hayotga tayyorlash (2) (1)

III-2. Yoshlarni darsdan tashqari jarayonlarda o’z-o’zini boshqarishga o’rgatishning pedagogik asoslari.


Fuqorolik jamiyati mamlakat aholisi tomonidan quruladigan va aholining manfaatlariga to’liq mos keladigan jamiyatdir. Fuqorolik jamiyatini qurulishi aholini faolligini jumladan yoshlarni o’z-o’zini boshqarishni taqozo qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida uning iqtisodiy,siyosiy,ijtimoiy va ma’naviy hayotida yoshlarni faol ishtirok etish va o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish dolzarb muommolaridan biridir. O’z-o’zini anglash boshqarish idora qilish – yoshlarni mustaqillik va tashabbuskorlikka o’rgatadi.


O’smir yoshlarni o’z-o’zini boshqaruvi ta’lim-tarbiya qonunyatlarini to’liq o’zlashtirilishiga (biror kasb o’rganishga)Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishga vatani sevish va uni asrashga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarida Davlat va jamoat mulkini asrab –avaylash,ona tabiatni muhofaza etishga ko’maklashadi.
O’z-o’zini boshqarish yoshlarni mustaqil hayotga turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash ma’muriyatga qo’shimcha ta’lim olish uchun yoshlar talabnomasini shakllantirishda ko’maklashadi. “Kamolot” yoshlar harakati a’zolari darslar va darslardan tashqari jarayonlarda o’tkaziladigan barcha tadbirlarda xonalarni jixozlashda jamoat topshiriqlarida faol ishtirok etadilar.
Ma’zkur ta’lim muassasalarida “Kamolot” yoshlar harakati a’zolari boshqaruv tashkilotchilik ishi ko’nikmalarini tarbiyalaydi,umumiy goyalari bilan ahil jipslashgan yoshlar jamoasini tuzadi.Yoshlar o’z-o’zini boshqarish tizimi yoshlar jamoasi tomonidan o’zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o’zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
O’z-o’zini boshqarish organi a’zolari sinf rahbari ,fan o’qtuvchilari ota- onalar qo’mitasi, oila, psixolog mahalla va jamoat tashkilotlari rahbarligi va hamkorligida “Kamolot” yoshlar harakati rejasiga asosan uyushmalar va to’garaklarga jalb qilinadi.Yoshlarni iste’dodi va iqtidoriga asosan yoshlarning
mustaqil faoliyati barcha pedagogik jamoa bu ishga ma’naviy tayyor bo’lsagina, ular o’rtasida o’zaro hurmat, xayrixohlik, ishonch bo’lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin. Hech qanday sohtalik va sun’iylik bo’lmasligi kerak. Shunday ekan ta’lim muassasalarida yoshlarni iste’dodi va iqtidoriga mos ravishda “Siyosiy axborot”, “Fidokorlar”, “Yosh ijodkorlar”, “Amur Temur avlodlari”, “Yosh iqtisodchilar”, “Ko’cha harakati posponlari”,“Huquqshunoslar”, “Sog’lom turmush tarzi”, “Kitob sevarlar”, “Yosh matbuotchilar”, “Kichik fanlar akademyasi”, “Teran fikrlar sohibalari” kabi uyushmalarga a’zo qilishi asosida tadbirlar mazmunini yaxshilash uning sifatini oshirish choralarini ko’rish turdosh jamoa tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish hamda ularni ma’naviy-mafkuraviy hislatlarni qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega.
Yoshlar yuqoridagi uyushmalarda ixtiyoriy a’zo bo’lishadi va o’z yetakchilarni tanlab oladilar. Uning asosiy vazifasi kulub doirasidagi amalga oshiriluvchi tashkiliy masalalarining doimiy tuman shahar miqiyosida tashkil etuvchi mafkuraviy tadbirlarv jarayonidagi faol ishtiroklari, shuningdek, ularning ijtimoiy o’zgarishlar siyosiy vazifalardan xabardor etib berishni yo’lga qo’yishdan iborat qilib belgilandi.
Yoshlar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni ularning ijtimoiy faolliklari ma’naviy xulqiy ko’nikmalarga aylantirishi asosiy maqsadi bo’lib uyushma mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlash bilan birga ularni ma’naviy mafkuraviy mazmundagi tadbirlar tashkilotchisi bo’lmish faol qatnashilishi tashkilotchilik qobilyatlarini shakllantirishda muhim ro’l o’ynaydi.
Yoshlarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish quydagi shartlar bajarilgan taqtirdagina:

  1. darslar jarayonida o’zlikni angalash va o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirishda yoshlar ma’naviy onglilikning barcha tarkibiy qismlari-ma’naviy bilimlar ma’naviy mativlar va maqsadlar ahloqning muayyan shakllarini faollash turlari;

  2. ta’lim mazmuni ma’naviy tushunchalar va ahloqiy meyorlarni o’quv materiali va pedagogik ta’sirning o’quv qismi sifatida ochib bersa va ayni paytda

shaxsning ijtimoiy yo’nalishini shakllanishinga yaxlit holda dunyoqarshning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
v) ta’lim usullari va mazmuni bilan faoliyatini faollashtirib ma’naviy-ahloqiy talablarga javob bermaydigan harakatlar sodir bo’lishini oldini oladi;
g) o’quv jarayonining barcha omillari tizimi ayniqsa o’qituvchining o’quvchiga munosabati jamoaning shaxsga ko’rsatuvchi ta’sirlarni o’quvchining shaxsiy subektiv maqsadlarni ijtimoiy ob’ektiv maqsadlarga yaqinlashtiruvchi subektiv maqsadlarni obektiv mazmuni bilan to’ldiruvchi o’z-o’zini baholashni o’quvchining obektiv holatiga yaqinlashtiruvchi o’qishning ma’naviy mazmuni mativlarini faol rivojlantiradi;

  1. jamoa tuzilishi uning o’quvchi ahloqiga ijtimoiy,iqtisodiy psixalogik muhitga qo’yilgan talablarni muntazam takomillashtirilib bo’lishi talqin etiladi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun yoshlar mutaxasisslarga suyanadilar.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, yoshlarni o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotida faol ishtirok etishga va barcha tadbirlarda o’z-o’zini anglashga , tahlil qilishga yo’naltirishga odatlantirish yoshlar uchun dasturi amal vazifasini o’taydi.
Jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi qaror topayotgan bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodda faollikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kishilarda faollik kamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’min etuvchi, harakatlantiruvchi, sog’lomlashtiruvchi mexanizmdir.
Ma’lumki, faollik - falsafiy tushuncha bo’lib, г har bir kishining hayotdagi, turmushdagi o’rni, ijtimoiy voqelik, unda yuz beradigan o’zgarish, yangiliklarga munosabati, shuningdek, uning yaratuvchilik borasidagi ishtirokini anglatadi. O’quvchi-yoshlarda faollikni shakllantiirsh va tarbiyalashning omillarini asoslash esa pedagogika va psixologiya fanlarining vazifalaridan hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki, faollik bir vaqtning o’zida ham filosofik, ham psixolo-pedagogik muammo hamdir.
Bu o’rinda shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, ayniqsa, uning muhim shakli bo’lgan faollik har bir shaxsga xos bo’lgan xususiyatdir.chunki, shaxs o’z
navbatida ijtimoiy ongli mavjudotdir. Boshqacha qilib aytganda, kishida jamiki insoniy fazilatlar asosan ijtimoiy omillar orqali shakllanadi va tarbiyalanadi. Kishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar turli-tuman bo’lganligi sababli, undagi ijtimoiy faollik ham uning butun borlig’ida o’z ifodasini topadi.
Filosofik, psixolgo-pedagogik tadqiqotlarda qayd etishicha, shaxsdagi ijtimoiy faollikning asosini o’zligini anglash va o’z-o’zini boshqarish tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o’zligini anglash va o’z-o’zini boshqarish o’z navbatida kishidagi ma’naviy komillikni, sog’lom turmush tarzini ham ifodalaydi. Demak, o’zligin anglash, o’z-o’zini boshqarish shaxs va jamiyat taraqqiyoti, takomillashuvining bosh mezoni, ma’naviy-mafkuraviy tarbiyaning poydevoridir.
Sog’lom turmush tarzining komponentlari bo’lgan ijtimoiy faollik, o’zlikni anglash va o’z-o’zini boshqarish o’zaro uyg’unlikka ega bo’lib, ularni bir- biridan ajratish mumkin emas.
Pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lumki, har bir kishida ijtimoiy faollik, uning asoslari bo’lgan o’zlikni anglash va o’z-o’zini boshqarish uning o’smirlik davridan yaqqol namoyon bo’ladi. Darhaqiqat, o’smirda o’zining ichki dunyosiga qiziqish uyg’onadi, keyinchalik esa, u chuqurlashib boradi hamda differensiyalashuv va umumlashuv holatiga aylanadi. Ilk balog’at yoshida yoshlar o’zining yaxlit shaxs ekanligi his eta boshlaydilar.
Psixologik nuqtai nazaridan olganda ilk balog’at yoshida kogneti (anglash), emotsional-hissiy (o’ziga munosabat) va regulyator (tartibli boshqaruv) birligi mujassam bo’ladi.
Shunday ekan, ilk balog’at yoshidagi o’quvchilarni ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Bunda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:

  • Mehnat va muloqot jarayonida faollik ko’rsatishga doir layoqatlarini rivojlantirish va rag’batlantirish;

  • Ijtimoiy voqelikda yuz beradigan voqea, hodisa, yangilik va o’zgarishlarni to’g’ri anglash, tushunish, mantiqiy xulosa chiqarishga o’rgatish;

  • Ularni ijtimoiy hayotda o’z o’rnini to’g’ri belgilashga yo’naltirish;

  • O’ziga berilgan har bir topshiriqni majburiyat deb bilgan holda uni sidqidildan bajarishga doir intilishni shakllantirish;

  • Har qanday sharoitda ham vaziyatdan mustaqil holda dadillik bilan chiqa olish qobiliyatini rivojlantirish.

O’quvchi yoshlarda ijtimoiy faollik va uning asoslari kompleks tarzda olib boriladigan pedagogik jarayonda tarkib topadi.
Buning uchun esa, pedagogik jarayon to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bizningcha, bunda quyidagi qonuniyatlarga asoslanmoq zarur:

  • I. Ko’zlangan maqsad: O’quvchi-yoshlarda ijtimoiy faollik va uning asosiy tamoyillari xususidagi tushunchalarga doir bilimlarni shakllantirish va shu asosda ularda ijtimoiy faollikni tarbiyalash.

  • II. Yechimi kutilayotgan muammolar:

    1. Ijtimoiy faollik inson va jamiyat rivojlanishining muhim harakatlantiruvchi kuch ekanligi.

    2. Ijtimoiy faollik inson hayoti va faoliyatining asosi ekanligi.

    3. O’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish – ijtimoiy faollikning muhim mexanizmlari ekanligi.

  • III.Kutilayotgan natija:

  • O’quvchi-yoshlarning ijtimoiy faollikka doir bilim, tushunchalarini, ichki motivlarini etalon darajaga ko’tarish.

  • Tarbiyaviy ishlar tizimida o’quv faolligi muhim o’rin tutadi. Chunki, xar qanday tadbirlar bevosita o’quvchilarning ishtirokida amalga oshiriladi. Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar jarayonida o’quvchilar faolligiga tayanish, ularda faollikni rivojlantirish zarur.

O’quvchilarda faollikni shakillantirish uchun esa:

    • tashkil etilishi lozim bo’lgan tadbirlarning mazmuni bilan ularni yaqindan tanishtirish va bu xususdagi fikir- muloxazalarni olish;

    • o’quvchilarga tadbir jarayonida ular tamonidan bajariladigan vazifa va tushunchalarni aniq belgilab berish;

    • tarbiyaviy tadbirlar jarayonida faoliyatni yo’naltirib turish;

- tadbir yakunida ularni rag’batlantirish;
Yuqoridagilarni umumlashtirilgan holda aytish mumkinki, tarbiyaviy ishlar samaradorligida o’quvchilarning faolligi asosiy o’rin tutadi. Chunki, xar qanday tarbiyaviy tadbir ularning faollashtirishda amalga oshiriladi.
O’quvchilarning darsdan tashqari jarayondagi ishlari bo’sh vaqtlaridagi o’quv- tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda, jumladan turli ko’rinishdagi to’garaklarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan o’quvchilar bilan mashg’ulotlar, ma’naviy mashg’ulotlar o’tkazib, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilib o’quvchilarning mustaqil ijodiy fikirlarini o’stiradi.
Darsdan tashqari jarayonda o’quvchilar mustaqil ishi va fikirlarini o’rganadilar. Ular manaviyat mashg’ulotlarida to’garaklarda, tarbiyaviy tadbirlar o’yin, ijtimoiy foydali mexnatda mustaxmlanadilar.
Darsdan tashqari jarayonida jamoada ishlash ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ongli faol mustaqil fikirlash tashabusslarini ruxida o’qiydilar, o’ynaydilar, mehnat qiladilar.
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarni darsdan tashqari faoliyatlarida mustaqil, faol, tashabussli ijodiy qatnashishi darslarda olgan bilimlarini mustaxkamlaydi. Darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchilarni bilimlari va o’quv mehnatga bo’lgan qiziqishlarini oshirishning turli forma va usullaridan muvofaqiyatli foydalanish hozirgi kundagi maktablarimizda odat tusiga kirib qolgan holdir.
Bunday to’garaklarga o’quvchilarni jalb qilish orqali turli topshiriqlar beriladi, bularni mustaqil fikrlashga jalb qilinadi. Masalan, “Qo’g’irchoq teatri” to’garagiga albatta, o’quvchi-talabalar, ya’ni iqtidorli, ijodkor, san’atkor o’quvchilar tanlab olinadi. Ularga avvalo mavzu berilib tanishtiriladi va rollarga bo’lib beriladi, o’quvchi mustaqil ijod qilib namoyish qilishni o’tkazadilar. O’quvchilar sahna ko’rinishini namoyish qilish uchun avvalo mavzuni yaxshi
o’qiydi va tahlil qiladi, o’ziga yoqqan va o’zining imkoniyatidan kelib chiqib qahramonini tanlab oladi. Ijodiy yondashib o’z roli ustida ishlaydi, qo’g’irchoqlarini harakatlantirishni va rolini шокщ etadi.
Shuningdek, o’quvchilarni tarbiyaviy tadbirlarga jalb qilish orqali quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:

  • tarbiyaviy tadbir o’tkazishdan maqsad - milliy ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish;

  • tarbiyaviy ishlarni o’quvchilar jamoasini jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib, tarbiyani amaliy faoliyat bilan bog’lash;

  • o’quvchilarni mustaqilligini, ijodiy fikrlashini o’stirib boorish.

Tadbirlarni o’tkazishdan avval o’qituvchi o’quvchilarning individual xususiyati va qiziqishlarini hisobga olib stsenariy tuzib oladilar va stsenariy asosida topshiriqlar beriladi va namoyishni qilinishi tekshiruvlar orqali mustahkamlab boriladi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilimga va o’quv mehnatiga bo’lgan qiziqishini rivojlantirishda nazariy olgan bilimlarini mustaqil ravishda qo’llay bilishlarini hisobga olish foydadan holi emas.
Darsdan tashqari tashkil qilinadigan ma’naviyat mashg’ulotlari va tarbiyaviy tadbir orqali o’quvchilarni ijodiy mustaqil ishlashga o’rganadilar. Ular berilgan topshiriqlarni mustaqil yod oladi, sahnalashtiradi, qo’shiqlarni kuylaydi, izlanib maqol, topishmoq, she’r, tez aytishlar izlaydilar va o’z bilimlarini mustaqil ijodiy fikrlab boyitadilar.
To’garaklar bilan shug’ullantirish orqali ijodkor, tashabbuskor, izlanuvchan qilib tarbiyalanadi. Bunday to’garaklarga faqatgina iqtidorli o’quvchilarni emas, past o’zlashtiruvchilarni ham jalb qilish lozim.
Shuningdek, darsdan keyin o’quvchilar bilan ishlash juda muhimdir. Haftaning Dushanba kuni “Iqtidorli o’quvchilar”, Chorshanba kuni “Past o’zlashtiruvchilar” bilan ishlash bo’lib, unda fanlar bo’yicha mustaqil topshiriqlar beriladi. Ular mustaqil yechadilar, o’qituvchi nazorat qiladi.

Download 179,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish