Talabalari uchun darslik



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/465
Sana31.12.2021
Hajmi6,24 Mb.
#221188
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   465
Bog'liq
Genetika (A.G'ofurov, S.Fayzullayev)

uchinchi bosqichi 
sitoplazmadagi ribosomalarda amalga 
oshadi.  Ribosomani  kattahgi  prokariot  va  eukariot  hujayralarida  har  xil. 
Prokariot 
hujayralarda uning kattaligi o ‘rtacha 30x30x20nm. eukariotlarda 
esa 40x40x20 nm ga teng.  Ribosomalaming kattaligi sedimentatsiya birligi 
bilan o ‘lchanadi.  Sedimentatsiya maxsus ozuqa muhitida ribosomalaming 
sentrifugalashdagi cho‘kish tezligini ifodalaydi.
Ichak  tayoqchasi  bakteriyasining  ribosomasi  ikki:  katta  va  kichik 
qismdan tashkil topgan.  Ular 64%  ribosomal RNK,  36%  oqbildan luzilgan. 
Ichak  tayoqchasi  bakteriyasidan  farqli  o ‘laroq  eukariotlar  ribosom a 
subbirliklari birmuncha yirik.
H ar bir ribosomada aminoatsil va peptidil markazlari bo‘ladi.  Birinchi 
am inokislota  (m etionin)  avvalo  ribosom aning  am inoatsil  markaziga 
o ‘mashadi.  Bu aminoatsil markazda metionin aminokislotasini ribosomaga 
olib kelgan tR N K  antikodoni  ribosomaning aminoatsil  markazidan  o ‘rin 
olgan  iR N K   kodiga  qarama  qarshi  joylashadi  va  kod  bilan  antikodon 
o‘zaro birikadi.  Shundan so‘ng tR N K  olib kelgan metionin aminokislotani 
ribosomaning  katta  bo‘lagiga  qoldiradi,  o ‘zi  esa  aminoatsil  markazdan 
peptidil  markazga  suriladi.  Bo‘shagan  am inoatsil  m arkazga  keyingi 
iRNKning  kodi  joylashadi  va  u  keyingi  aminoatsil  tR N K   antikodoni 
bilan birikadi.  Shu lahzadan boshlab translyatsiyaning ikkinchi bosqichi - 
elongatsiya amalga oshadi.  Elongatsiya bu polinukleotid zanjirini uzayishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


O q ib a td a   p ep tid il  tra n sfe ra z a   fe rm e n ti  y o rd a m id a   b irin c h i 
aminokislotaning  karboksil  gumhi  (COOH)  ikkinchi  aminokislotaning 
am ino  guruhi  (N H 2)  bilan  birlashadi  va  ular  o ‘rtasida  peptid  bog‘ 
(-C O -N H -) hosil bo‘ladi.  Natijada suv molekulasi  ajraladi.  Shunday usul 
bilan  elongatsiya  jarayonining  keyingi  bosqichlarida  iRNK  kodi  tR N K  
antikodoni bilan ham ribosomaning aminoatsil markazidan peptidil markazga 
tR N K  surilgan sari dipeptid,  tripeptid,  polipeptid sintezi davom etaveradi. 
Bunda  albatta  ribosomal  translokaza  fermenti  elongatsiyani  oqsil  omili 
sifatida  davom  ettiradi.  Ribosomaga  tashib  kelgan  aminokislotadan  ozod 
bo‘lgan  tR N K   va  u  bilan  aloqada  boklgan  iR N K   kodoni  ribosomaning 
tashqarisiga chiqadilar.
Ribosomaning aminoatsil va peptidil markazlarida oqsil sintezi aminoatsil 
markazga  uchta  term inator  kodon  UAA,  UAG  yoki  UGA  lardan  biri 
kelib joylashgach to‘xtaydi.  Ribosomaning aminoatsil markaziga terminator 
kelib  tushgach  polipeptid  sintezining  uchinchi  bosqichi  terminatsiyasi 
boshlanadi.  Terminatsiya bu translyasiyaning oxirgi bosqichi. Terminatsiya 
sintezlangan poli peptid zanjirini ribosomaning katta subbirligidan ajralishiga 
olib  keladi.Natijada  erkin  holdagi  ribosoma  yangi  polipeptid  zanjirining 
sintezida  qatnashishi  mumkin  bo‘ladi.  Barcha  eukariot  organizmlarda 
translyatsiya jarayoni umuman olganda shunday kechadi.
Oqsil biosintezida hosiJ bolgan polipeptid zanjir  translyatsiyajarayonida 
ziga  xos  maxsus  funksiyani  o ‘taydi.  Oqsilning  birlamchi  strukturasi 
polipeptid  zanjirda  aminokislotalarning  izchilligi  bilan  belgilanadi.Biroq 
oqsil  molekulasi  hujayra  ichida  to‘g£ri  chiziqda  tortilgan  aminokislotalar 
zanjiridan  iborat  b o ‘lmay,  spiral  shaklida  buralgan,  koptok  shaklida 
o £ralgan,  glo b u ly ar  b o ‘ladi.  Bu  u la rn in g   ikkilam chi,  u c h la m c h i 
strukturalaridir.  Ikkilamchi, uchlamchi strukturalar hosil bo‘lishida disulfid 
bogiar,  ionh  bogiar,  gidrofob,  qutblangan  guruhlar  orasidagi  aloqalar 
muhim  rol  o ‘ynaydi.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   465




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish