№
|
Mavzular
|
Ajratilgan
soat
|
2-semestr
|
1-Modul
|
1
|
O’zbek marosim musiqasi
|
2
|
2
|
Kasbiy musiqa
|
2
|
3-Modul
|
Maqomot
|
|
3
|
Maqomlar tarixidan
|
2
|
4
|
O’n ikki maqom tizimi
|
2
|
5
|
Shashmaqom tizimi
|
2
|
6
|
Mushkilot bo’limi
|
2
|
7
|
Nasr bo’limi
|
2
|
8
|
Buzruk, Rost, Navo maqomi
|
2
|
9
|
Dugoh, Segoh, Iroq maqomi
|
2
|
10
|
Maqom ijrochiligi an’analari
|
2
|
11
|
Xorazm maqomlari
|
2
|
12
|
Xorazm maqomlarining «chertim yo’llari»
|
2
|
13
|
Xorazm maqomlarining «aytim yo’llari»
|
2
|
14
|
Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari
|
2
|
15
|
Farg’ona-Toshkent maqom cholg’u yo’llari
|
2
|
16
|
Farg’ona-Toshkent maqom ashula yo’llari
|
2
|
17
|
Yangi davr maqom ijrochiligi an’analari
|
2
|
Jami
|
34
|
№
|
Mavzular
|
Mashg’ul’tlar mazmuni
|
Ajratilgan
soat
|
1-Modul
|
|
Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi
|
|
1
|
Ibtidoiy jamiyatga oid ijod shakllari va musiqa ijodiyoti kelib chiqishi
|
Ibtidoiy davr odamlarining hayot shart-sharoitlari hamda diniy qarash, e’tiqod va marosimlarining yuzaga kelishi haqida. Turli topinish va e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan marosimlarning badiiy-ijroviy xususiyatlari haqida. Bularning ovoz va qadimgi cholg’ular vositasida "ommaviy o’yin" va "yakkaxonlik" shakllarida namoyon bo’lishi.
|
4
|
2
| Dehqon-chorvador jamoalarining marosim musiqasi
|
Chorvachilik va dehqonchilikka asoslangan iqtisodiyot tizimida ohangdor musiqa uslubining shakllanish xususida. Odamlarning o’troq yashash tarziga o’tishi, dastlabki qishloq-ovul jamoalarining paydo bo’lishi davrida inson ongida ro’y bergan tub o’zgarishlar to’g’risida. Fasllarning uzviy aylanib turish jarayonini aks ettiruvchi mavsum marosimlar silsilasi va unga oid aytim turlari qaror topishi. Ayni paytda, hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlar majmuasi yuzaga kelishi. Mazkur marosimlarning ma’naviy yaqinligi. Marosim qo’shiqlarining ohangdoshligi, muayan so’z va ohang iboralarga asoslanganligi.
|
2
|
3
|
Ilk davlat tizimi davriga oid musiqa ijodi
|
Bronza va temir davrlari qabila, aymoq, elat kabi harbiy-siyosiy birlashmalari, shuningdek sinfiy jamiyat va ilk davlatlar shakllanishi davrida yangi ma’rifiy-ma’naviy an’analar, umumdavlat dinlarining rivoj topishi. SHomon-baxshi, roviy-bayonchi, baxshi-dostonchi kabi ijodkorlar toifasining vujudga kelishi. Qabila homiylariga, botir-qahramonlari sharafiga o’tkazilgan tadbirlarda madhiya, bag’ishlov va nasihat qo’shig’i, doston, rivoyat termasi kabi janrlarning yuzaga kelishi. qabila, qishloq jamoa marosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarining joriy etilishi. Qabila, qishloq jamoa marosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarining joriy etilishi.
|
4
|
4.
| Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi fan sifatida
|
Musiqashunoslik fan sifatida. Gumanitar va ijtimoiy fanlar qatorida musiqashunoslikning alohida o’rni. Musiqiy-ilmiy fanlar tasniflanishining turlari. Musiqa haqidagi zamonaviy fanda nazariy va tarixiy musiqashunoslikka bo’linishi. musiqashunoslik va uning musiqaning asosiy unsurlariga mos tarzdagi asosiy ilmiy fanlari (garmoniya, polifoniya, ritmika, metrika, melodika, cholg’ulashtirish). Nazariy va tarixiy musiqashunoslikka bo’linishning shartliligi. Istalgan ob’ektni anglab yetishda mantiqiy va tarixiy uslublarning sintezi.
|
4
|
5
| Musiqashunoslik tarixi
|
Qadimgi yunon nazariyotshilari va ularning yutuqlari (Pifagor tomonidan bizning eragasha 6 asrda akustik tizimning yaratilishi; bizning eragsha 4 asrda Aristoksenning tinglab qabul qilish asosidagi intervallarni baholash mezoni; etos haqidagi ta’limot). Matematik va kosmologik qiyoslashlar – O’rta asr musiqa nazariyasining asosi. XI asrda Gvido d’Aretstso tomonidan nota yozuvining isloh qilinishi. Franko Kelnskiy va Marketto Paduanskiy asarlarida tertsiyani nomukammal konsonans sifatida tan olinishi. «Ars nova» traktati (1320 yil) va uning ilk Uyg’onish harakati bilan bog’liq musiqaning yangi yo’nalishidagi ahamiyati. Uyg’onish davri nazariyotshilari tomonidan tonal garmoniya asoslarining yaratilishi. Sarlino va G. Galiley asarlari va ularning polifonik yozuv texnikasi, matn va musiqa mutanosibligini asoslashdagi ahamiyati.
|
4
|
6
|
Qadimiy davr musiqiy ijod va musiqashunosolik
|
Qadimiy davr va ilk O’rta asr Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy manbalari. Ularni ilmiy tasniflash va hozirga qadar o’rganilish darajasi. Arab yozuvidagi musiqiy manbalarning paydo bo’lishi va O’rta Osiyo mintaqalari bo’ylab tarqalishi. Fors tilida musiqiy manbalarning paydo bo’lishi va O’rta Osiyo mintaqalari bo’ylab tarqalishi. VIII – X asrlarda Yaqin va O’rta Sharq mintaqalarida yaratilgan musiqiy-nazariy risolalar. Ularda bahs etilgan asosiy tarixiy, nazariy va falsafiy-estetik masalalar.
|
|