“TASDIQLAYMAN”
Matematika kafedrasi mudiri:
K. Qodirov (imzo)
31.01.2022 yil
KURS ISHI BO’YICHA TOPSHIRIQ XATI
Fanning nomi: Extimollar nazariyasi va matematik statistika.
Talaba: Olimjonova Muxlisa Gurux: 19.04C
1. Kurs ishining mavzusi: Statistik baxo tushunchasi. Nuqtaviy baxolar va baxolarni tuzish usullari.
2.Kurs ishi bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlar: Reja, Kirish, Asosiy qism, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
3.Qo’llanmalar: Аbdushukurov А.А. Xi-kvadrat kriteriysi: nazariyasi va tatbiqi, O’zMU, 2006.
Аbdushukurov А.А., Azlarov T.A., Djamirzayev A.A. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan misol va masalalar to’plami. Toshkent «Universitet», 2003.
Azlarov T.A., Abdushukurov A.A. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan Inglizcha-ruscha-o’zbekcha lug’at. Toshkent: «Universitet», 2005.
Abdushukurov A.A. Ehtimollar nazariyasi. Ma‘ruzalar matni. Toshkent:
«Universitet», 2000.
4.Hisobiy izoh qismining mazmuni (ishlab chiqilishi lozim bo’lgan savollar ro’yxati): ----
5.Chizmalar ro’yxati (bajarilishi lozim bo’lgan chizma va grafiklar): 2 ta jadval bor.
Raxbar: Dotsent U. Xonqulov
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA YO‘NALISHI 19.04C-GURUH TALABASI OLIMJONOVA MUXLISA
ERKINJON QIZINING
“Statistik baho tushunchasi. Nuqtaviy baholar va baholarni tuzatish”
mavzusida bajarilgan kurs ishiga
T A Q R I Z
Ish mavzusining dolzarbligi va mazmuni: Mazkur kurs ishida statistik bahoning tushunchalari, nuqtaviy baho va uning ta’riflari hamda ular ustida amallar haqidagi tushunchalar keltirilgan. Shuningdek, statistik baho mavzusini o’rganishning muhim jihatlarini tahlil qilish ishlari bajarilgan.
Matematik statistika tasodifiy hodisalar yoki jarayonlar haqida shu hodisalarni kuzatish yoki tajribalar natijasida olingan ma’lumotlar asosida umumiy xulosalar chiqaradigan matematik fandir. Bu xulosalar umumiylik xususiyatlariga ega bo‘lib, kuzatilayotgan tasodifiy holatlarning barchasiga taaluqlidir. Matematik statistika ehtimollar nazariyasiga tayangan holda, uning usullari va nazariy hulosalari asosida o‘rganilayotgan obyekt haqida xulosalar chiqaradi. Agarda ehtimollar nazariyasida biz o‘rganayotgan matematik model to‘la-to‘kis berilgan deb hisoblab, bu model bizni qiziqtirayotgan holatlarni o‘rgansak, matematik statistikada biz qandaydir tasodifiy hodisalar natijalaridan kelib chiqqan holda(bular ko‘pchilik hollarda sonlardan iborat bo‘ladi), tasodifiy jarayonlarning matematik modelini tuzishga harakat qilinadi.
Mazkur kurs ishini yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi va ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |