Ishlab chiqarish riski – ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarning yuzaga kelish riski.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon.
Kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlar va vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |