Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yori.
Soliq yuki – soliq to‘lovchining muayyan davrda byudjetga to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi.
Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalarini kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
Soliqlar – majburiy, qaytarilmaydigan to‘lovlar. Ular davlat organlari tomonidan ishlab chiqarish birliklaridan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalganlari uchun olinadi.
Ta’minotchi - loyihani texnik-materiallar, xomashyo, kerakli boshqa materiallar bilan ta’minlaydigan shaxs.
Tenderlar - tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |