8 rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chizig’lari birgalikda tasvirlangan. Talab va taklif egri chiziqlari bir nuqtada kesishganigae’tibor berish lozim. Bu nuqta bozor muvozanati deb ataladi. Bu kesishish nuqtasidagi narx muvozanatli narx, miqdor esa muvozanatli miqdor deyiladi. Bu yerda muvozanatli narx $2 va muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq.
Lug’at muvozanat so’zini turli xil kuchlarning tenglik holati sifatida ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, xaridorlar sotib olishga tayyor vaqodir bo’lgan tovarlar miqdori, sotuvchilar yetkazib berishga tayyor va qodir bo’lgan tovarlar miqdoriga teng boladi. Muvozanatli narx ba’zan bozorni tozalovchi narx deyiladi, chunki, bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar.
Muzqaymoq narxi
Taklif
Talab
Muvozanat narx
Muvozanat
Talab va taklif muvozanati
Muvozanat nuqta talab va taklif egri chiziqlari kesishadigan nuqta hisoblanadi. Muvozanat narxda talab miqdori va taklif miqdori tenglashadi. Bu yerda muvozanat narx $2: bu narxda 7 dona muzqaymoq taklif qilinadi va 7 dona muzqaymoqqa talab mavjud.
Rasm
Muzqaymoq miqdori
Muvozanat narx
Xaridor va sotuvchilar harakati bozorni tabiiy ravishda talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor narxi muvozanatli narxga teng bo’lmagan holatda nima bo’lishini ko’rib chiqish lozim.
Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9-shakl (a). Narx $2.50 bo’lganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 dona muzqaymoq) mahsulotga bo’lgan talab miqdoridan (4 dona muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi: sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar. Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq sotuvchilari muzlatgichlari ular sotishni hohlaydigan ammo sota olmaydigan muzqaymoqlar bilan to’ladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga mahsulot narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi mahsulotga bo’lgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom etadi.
Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 rasm (b). Bu holatda birdona muzqaymoq uchun narx $1.50 va mahsulotga bo’lgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu holatda tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar.
(a) qismda ortiqchalilik tasvirlangan. Bozor baxosi($2.50) muvozanat narxdan yuqori bo’lganligi sababli mahsulot taklifi miqdori ( 10 ta muzqaymoq) mahsulotga bo’lgan talab miqdoridan (4 ta muzqaymoq)oshadi. Mol yetkazib beruvchilar muzqaymoq narxini qisqartirish orqali sotish hajmini oshirishga harakat qiladi va bu narxni muvozanat nuqta tomon harakatlantiradi. (b) qismda yetishmovchilik tasvirlangan. Bozor narxi muvozanat narxdan quyida bo’lganligi sababli mahsulotga bo’lgan talab miqdori(10 ta muzqaymoq) mahsulot taklifi(4 ta muzqaymoq) miqdoridan oshadiKo’p xaridor oz miqdordagi mahsulotga talab bildirishidan sotuvchilar narxni oshirish orqali manfaat ko’radi. Shunday qilib. Ikkala holatda han narx o’zgarishi bozorni talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi.