8.4. Joyda o‘lchash ishlarini bajarish
Qo‘shinlarda zamonaviy o‘t ochish, radiotexnik vositalar va yuqori aniqlikdagi qurollarning qo‘llanilishi joylashuv o‘rnini topogeodezik bog‘lash, nishonlarning yo‘nalishlarini mo‘ljallash hamda ulargacha bo‘lgan masofalarni aniq hisoblashni talab qiladi. Buning uchun qo‘shinlarda burchak o‘lchash asboblari, dalnomerlar, yo‘ldoshlardan pozitsiyalanuvchi navigatsiya asboblari, shuningdek, topografik kartalar qo‘llaniladi.
Lekin bugungi kunning zamonaviy umumqo‘shin janglari shu darajada tezlashib ketdiki, unda muvaffaqiyatga olib keluvchi qarorlarni qabul qilish uchun bir necha soniyagina vaqt mavjud, xolos. Bunday vaziyatlarda nishonni ko‘rsatish, joyda mo‘ljallanish hamda harakatlanish yo‘nalishini adashtirmaslik uchun ko‘p vaqt talab qiluvchi vositalarning ishlatilishi maqsadga muvofiq emasdir.
Aynan mana shuning uchun yuqorida tilga olingan vazifalarning aniqligi zamonaviy uskunalarga nisbatan pastroq bo‘lsada, eng oddiy qo‘lbola usullar bilan tez bajarish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |