Kichik relef shakllari va ularning tasvirlanishi.
Tog‘ cho‘qqilari – bu tepaning tog‘ etagidan nayzasimon (yoki konussimon), o‘tkir qirrali bo‘lib ko‘tarilgan shaklidir. CHo‘qqilar asosan baland tog‘larda uchraydi.
Tepalar – bu atrofdan ko‘tarilgan relef shaklidir. Tepalarning tog‘ tepalaridan farqi, ular tog‘ etagidan emas, balki atrofdagi tekis joylardan ko‘tariladi.
Jilg‘alar – bu xuddi jarlarga o‘xshash yo‘l bilan paydo bo‘lgan, biroq o‘z o‘lchamlariga ko‘ra undan ancha kichik bo‘lgan relef shakllaridir.
O‘ralar – bu tekis (yoki barcha) joylardagi aylana shaklga ega bo‘lgan voronkasimon chuqurliklardir.
Soyliklar – bu uncha katta bo‘lmagan va ikki tomoni tog‘ tepasi bilan o‘ralgan daryo vodiylaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |