Tog‘ oldi (rasmning yuqori qismida).
Rasmning o‘rta qismida qirlar, pastki qismida esa o‘tloq aks etgan.
Tektonik cho‘kmalar atrofdan markazga qarab pasayib boruvchi botiqlardir. Ular go‘yoki qozonsoylarga o‘xshash bo‘ladi. Bu cho‘kmalarni odatda suv bosadi. Xuddi shunday cho‘kmalardan birida Orol dengizi joylashgan.
Tog‘ oralig‘i botiqlari yon-atrofdan baland tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Jumladan, tog‘lar bilan o‘ralgan va faqat g‘arbiy qismida bittagina chiqish yo‘lagiga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi ana shunday botiqlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |