Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Hududga joylashuv va poyloqchi qo‘riqiov



Download 15,2 Mb.
bet29/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

5. Hududga joylashuv va poyloqchi qo‘riqiov

Asosiy tushunchalar

Guruh joyda, odatda, oldinga siljish marshruti bo‘ylab, joyning himoyalash va niqoblash (maskirovka) xususiyatlaridan foydalanib, erdagi va havodagi dushmanning hujumini qaytarishga, uning qo‘poruvchi-razvedka guruhlarini yo‘q qilishga doimo shay holda o‘rnashadi.

Piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar guruh komandiri tomonidan ko‘rsatilgan joylarda daraxtlar ostida, jarlarda, mahalliy predmetlarning radiolokatsion soyasi ostida bir-biridan 25-50 m, ochiq joylarda dushmanning yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanish xavfi mavjud bo‘lgan sharoitlarda esa, bir-biridan 100-150 m uzoqlikda joylashadi. SHaxsiy tarkib o‘z mashinalarining yaqinida joylashadi. Uning uchun ensiz pana joylar qaziladi. Vaqt etarli bo‘lgan sharoitlarda esa usti yopiq ensiz pana joylar yoki erto‘lalar qilinadi. Piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar uchun okoplar va pana joylar qilinadi.

Shaxsiy tarkib o‘rnashgan va jangovar texnika joylashgan joylar niqoblanadi. Piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar yaqinida aldamchi ob’ektlar (issiqlik tuzoqlari) o‘rnatiladi.

Qishki sharoitlarda va uzoq davom etgan yomon ob-havo sharoitlarida guruh aholi punktida joylashtirilishi mumkin. Bunday holda guruhning joylashishi uchun imkoniyatga qarab uy yoki bino ajratiladi.

Jangovar buyruqni bergandan so‘ng guruh komandiri joylashuv rayonining muhandislik jihozlanishi va niqoblanishi haqida, yuqori aniqlikdagi va yondiruvchi quroldan saqlanish borasida ko‘rsatmalar beradi, qurol-yarog‘ va texnikaga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi, guruhning doimiy jangovar shayligini saqlab turish ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Seksiya (tank) komandiri joylashish borasidagi vazifani olgandan so‘ng, shaxsiy tarkibning erdagi va havodagi dushman hujumlarini qaytarish tartibini, xabar berish, boshqaruv va o‘zaro hamkorlikdagi harakat signallarini hamda ular bo‘yicha harakat qilish tartibini bilishlarini tekshiradi va shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun joylar tayyorlash, piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tank uchun okoplar, pana joylar barpo etish, qurol-yarog‘ va jangovar mashinalarning niqoblanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga shaxsan o‘zi rahbarlik qiladi.

Texnik xizmat ko‘rsatishda, birinchi navbatda, texnika va qurol-yarog‘larga yonilg‘i quyish oxiriga etkaziladi va o‘q-dori zaxiralari to‘ldiriladi, so‘ngra qurol-yarog‘lar, mexanizmlar va asboblar tekshirib chiqiladi, ularni sinab ko‘rish, tartibga solish, moylash va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish amalga oshiriladi.

Yuzaga kelgan vaziyatga qarab jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish davrida va jangovar harakatlar davomida kelgusi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish yoki jangovarlikni tiklash maqsadida bo‘linmalar ma’lum bir belgilangan vaqt ichida biron-bir rayonga joylashib (o‘rnashib) turishi mumkin. Bo‘linmalarni dastlabki rayonda jamlanish, kutish, yig‘in (jangovar vazifani bajargandan so‘ng) va dam olish rayonlariga joylashuvi joylarga o‘rnashuv, deb ataladi.

Bo‘linmalar dastlabki rayonga mudofaadagi dushmanga harakat mobaynida hujumga o‘tishda, suvli to‘sikdardan kechib o‘tishda, taktik havo desanti tarkibida desant qilishdan oldin joylashadi.

Bo‘linmalar jamlanish rayoniga bir joydan ko‘chganda, (marshni amalga oshirib) jangovar texnika va qurol-yaroqqa texnik xizmat ko‘rsatish uchun va bo‘lg‘usi jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun joylashadilar.

Kutish rayonida bo‘linmalar temir yo‘l, havo transportiga chiqishdan (tushishdan) oldin, motoo‘qchi (desantchi-shturmchi, tog‘-o‘qchi, razvedkachi) bo‘linmalar esa desant qilishdan oddin o‘rnashib turishlari mumkin.

Razvedka va maxsus umumqo‘shin harakatlari davrida bo‘linmalar jangovar vazifani bajargandan keyin qisqa muddatli dam olish yoki kelgusi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishda yig‘in rayonida joylashishlari mumkin.

Vzvod batalon tarkibida uzoq masofaga marshni amalga oshirganda har kuni kun oxirida bo‘linmalar kunduzgi (tungi) dam olish rayonlariga, qurol-aslaha va texnikani tekshirish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda shaxsiy tarkibni ovqatlanishi, dam olishi maqsadida ham to‘xtab joylashadilar.

Barcha holatlarda komandir bo‘linmalarni joylarga yashirincha o‘rnashtirishi, dushmanning erdan va havodan beradigan zarbasini qaytaradigan, razvedka, va razvedka-qo‘poruvchi guruxlarining hujumiga qarshi kurashishga mos ravishda joylashtirishi kerak.

Joylashish (o‘rnashish) rayoniga qo‘yilgan asosiy talablar:

tevarak-atrof joylarni niqoblash va ximoya xususiyatlarining bo‘lishi;

shaxsiy tarkib va jangovar texnika joylashuvi uchun qulay bo‘lishi;

tekshirilgan ichimlik suvi manbalari, sovuq xavoda shaxsiy tarkibni isitish uchun yonilg‘ining mavjudligi;

ob-havo injikdiklaridan yashirinish imkoni borligi va boshkdlar.

Tanlangan rayon dushman OQQ qo‘llaganda zararli modda uzoq turib qoladigan bo‘lmasligi va sanitariya jihatdan ma’qul keladigan bo‘lishi kerak. O‘rnashilgan rayon zarurat tug‘ilganda tezlik bilan manyovr qilishni ta’minlaydigan yo‘llar tarmog‘iga yoki yo‘llarga ega bo‘lishi, boshqa rayonga (zaxira) ko‘chishga qulay bo‘lishi kerak.

Bo‘linmalarni joylashtirish ko‘zda tutilayotgan rayonlar joylashishdan oldin sinchiklab razvedka qilinadi. Razvedka birlashma, ba’zan batalondan, rekognossirovka guruhi tarkibiga bittadan ofitser (u guruhni boshqarishi mumkin), har bir vzvoddan bitgadan ofitser (SHBXX kichik serjanti) hamda kimyo razvedkachi va muhandis-sapyorlar kiritilib yuboriladi. Avval dushman egallab turgan rayonlarga joylashishdan oldin u joylarda dushman guruhlari qolganini, zararli va minalashtirilgan uchastkalar borligini va ichimlik suvini yaroqli ekanligani bilish maqsadida razvedka yuboriladi.

Rekognossirovka guruxi bo‘linmalar joylanadigan xududlarni razvedka qiladi, ular o‘rnashadigan joylarni belgilab oladi, joylarga kirish-chiqish yo‘llarini aniklaydi va o‘z bo‘linmalarini kutib olib, ularni belgilangan rayonga olib boradi.

Bo‘linmalar tayinlangan rayonga etib kelib, marshrut yo‘nalishi bo‘yicha tevarak-atrofning himoya va niqoblash xususiyatlaridan foydalanib, kelgusi vazifalarni bajarishga mos keladigan tartibda joylashadilar (saflanadilar). Bunday joylashuv kvadratga o‘xshash maydonchalarga yoki aylana bo‘lib joylashgandagina nisbatan qulay bo‘ladi, dushman zarbalaridan katta talofat olmasdan qisqa vaqt ichida jangovar vazifani bajarish rayoniga chiqib keta olish imkonini beradi.

Kolonnalarni yo‘lda, oldindagilarni o‘rnashishni kutib biron joyda kutib (to‘xtab) turishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holda o‘rnashuv rayonini dushman sezib qolishi, boshqa bo‘linmalarga o‘z joylarini egallash uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

O‘rnashadigan joylarni tanlashda, odatda, xarakat marshrutining kelgusi yo‘nalishi hisobga olinadi. Jangovar mashinalar harakat yo‘nalishi tomonga, yo‘l bo‘ylab «archa» shaklida joylashtiriladi. Bunday shaklda joylashganda harakatni boshlash to‘g‘risida komanda (signal) bo‘lishi bilan bo‘linmalar safar kolonnasidan o‘z o‘rnini tez egallashiga qisqa vaqg sarflaydilar.

Boshqarish qulay bo‘lishi, dushmanning bir aviatsiya yoki artilleriya bombasidan birdaniga ko‘pgana bo‘linmalar talofat ko‘rmasligi uchun piyodalar jangovar mashinasi (BTR, tank), pastqam, chuqur erlarga bir-biridan 25-50 m oraliqda joylashtiriladi. Ochiq (tekis) erlarda, dushmanning aniq nuqtaga uradigan qurollarni qo‘llash xavfi bo‘lganda bir-biridan 100-150 m oralikda oylashtiriladi. Guruh joylashgan rayonning umumiy maydoni 250-500 kv m tashkil etishi mumkin.

Shaxsiy tarkib o‘zlarining mashinalariga yaqin erga joylashadi. Buning uchun erkapa kovlanadi, agar vaqg etarli bo‘lsa jihozlangan pana joy tayyorlanadi, piyodalar jangovar mashinasi (BTR, tank) uchun okoplar, pana xandaklar jihozlanadi.

Shaxsiy tarkib va jangovar texnika joylashgan o‘rni bilinmaydigan qilib niqoblanadi. Dushman aviatsiyasi va aniq nuqtaga uradigan qurollarni qo‘llash xavfi bo‘lganda piyodalar jangovar mashinasi (BTR, tank) yaqiniga qalbaki ob’ektlar jihozlanishi mumkin.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish