3.3.Hujumni tashkil etish
Dushman bilan bevosita to‘qnash kelish holatndan hujumga o‘tishda motoo‘qchi guruh hujumni dastlabki holatdan, oldindan tayyorgarlik ko‘rilgan jangovar tartibdan boshlaydi. Motoo‘qchi guruh mudofaada turgan bo‘linmalarni almashtirganda yoki qo‘shinlarni mudofaa holatidan qayta joylashtirish jarayonida dastlabki holatni egallaydi.
Qayta joylashtirish (almashgirish) davomida motoo‘qchi guruh vzvodning dastlabki pozitsiyasiga joylashadi: motoo‘qchilar mudofaadagi bo‘linmalarni birinchi transheyasiga, piyodalar jangovar mashinasi (BTR) esa o‘z seksiyasi bilan yoki ulardan 50 metr orqada jangovar pozitsiyani egallaydilar. Piyodalar jangovar mashinasini (BTR) o‘z guruhining jangovar poziiiyasiga yashirin ravishda joylashtirish imkoni bo‘lmasa, u holda piyodalar jangovar mashinasi (BTR) vzvodning boshqa guruhlari mashinalari bilan dastlabki yoki kutib turish pozitsiyasidagi hamkorlikda harakat qiluvchi tank bo‘linmalari bilan birga joylashadilar.
Motoo‘qchi vzvodning o‘t bilan madal guruhi seksiyalarga bo‘lib beriladi. Granatomyotchilar seksiyasi motoo‘qchi guruhning asosiy kuchlari qaratilgan yo‘nalishdan 200 metrgacha masofada, guruh ortidan jangovar pozitsiyayai egallaydilar. Pulemyotchilar seksiyasi raschyotlari alohida-aloqida bo‘lib, bevosita, motoo‘qchi guruhning jangovar tartibida, asosiy kuchlari jamlangan motoo‘qchi bo‘linmalar transheyasiga joylashadilar.
Harakat mobaynida hujumga o‘tishda motoo‘qchi guruh yashirin ravishda dushman mudofaasidan yiroqsa, batalonning dastlabki rayoniga joylashadi. Motoo‘qchi guruhni hujumga o‘tishi va jangovar tartibga yoyilishi hujumga o‘tadigan rubejga tomon harakatlanaetganda amalga oshiriladi.
Dastlabki qolatda (rayonda) motoo‘qchi guruh dushmanni kutilmaganda qilishi mumkin bo‘lgan hujumini qaytarsh uchun doimo shay bo‘lib turadi.
Jangni guruh komandiri, odatda, joyning o‘zida, agar buni iloji bo‘lmasa, dastlabki turgan holatda, xarita yoki joyning maketidan foydalanib tashkil etadi. Bunday holatda gurux komandiri seksiyalarga va berilgan qo‘shimcha kuchlarga jangovar vazifani hujumga o‘tash rubejiga harakatlanayotgan vaqtda aniqlashtirib beradi.
Dushman bilan bevosita to‘qnash kelganda hujumga o‘tishda jangni tashkil etishning barcha ishlari jang bo‘lib o‘tadigan joyda amalga oshiriladi. Bu ishlarni olib borish vujudga kelgan vaziyatga, olingan vazifaga va berilgan vaqtga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |