Burchak o‘lchash ishlari
Burchak o‘lchash ishlari turli ob’ektlarning joylashuv o‘rnini aniqlash, harakatlanish yo‘nalishini aniqlash, uni adashtirmaslik, joyda mo‘ljallanish, nishonni ko‘rsatish, o‘t ochish pozitsiyalarini topogeodezik bog‘lash, razvedka vositalarini mo‘ljallash, radioreleli stansiyalar antennalarini mo‘ljallash va boshqa hollarda qo‘llaniladi. Bu ishlar kuzatuv asboblari (durbin), kompas, artilleriya bussoli, yo‘ldoshlardan pozitsiyalanuvchi navigatsiya asboblari, shuningdek, oddiy va doimiy yonda yuruvchi buyumlar bilan bajariladi.
Burchaklarni o‘lchashda gradusli hisobdan tashqari mingli radian burchak o‘lchash usuli ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |