Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Qo‘shinlar maxsus harakatlarining asosi



Download 15,2 Mb.
bet31/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

6. Qo‘shinlar maxsus harakatlarining asosi

Umumiy qoidalar

Qo‘shinlarning maxsus harakatlari suveren davlatning chegaraga yaqin tumanlarida yoki ichki hududida umumiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish yoki ichki qurolli nizoni keltirib chiqarish maqsadida harakat qilayotgan terrorchi tashkilotlarning qurolli tuzilmalarini tor-mor qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ular qurolli tuzilmalarning terrorchi, qo‘poruvchi va jangovar guruhlarini bartaraf etish (qo‘lga olish, yo‘q qilish) hamda mazkur tuzilmalarning yashirin joylashgan tayanch bazalarini, omborlari (saqlash joylari) ni va boshqaruv punktlarini aniqlash va yakson qilishdan iborat.

Kuchaytirish vositalariga ega bo‘lgan motoo‘qchi guruh qo‘shin maxsus harakatlarini amalga oshirish davomida vazifalarni mustaqil ravishda yoki motoo‘qchi vzvod tarkibida bajarishi mumkin. Vaziyatdagi shart-sharoitlardan va hal qilinayotgan vazifalarning ko‘lamidan kelib chiqqan holda, kuchaytirilgan motoo‘qchi guruh qorovullik muhofazasi (qorovul zastavasi) da va harakatdagi patrulda mustaqil harakat qilishi, marra postlarini kuchaytirishga, muhim ob’ektni qo‘riqlashga (qorovul) va blokpostlar tarkibiga tayinlanishi, shuningdek, razvedka-qidiruv yoki razvedka zarba guruhlari tarkibida jangovar vazifalarni bajarishi mumkin. Vzvod tarkibida motoo‘qchi guruh muhofazalovchi otryadda, zaxirada NO‘P da xizmatni ado etishda va reyd-shturm otryadida hamda jangarilarning qurolli tuzilmalarini o‘rab olish va yo‘q qilishni amalga oshirayotgan yoki joylashgan rayonda tozalashni o‘tkazayotgan qo‘shma guruhda harakat qilishi mumkin.

Motoo‘qchi seksiya qo‘shinning maxsus harakatlarining barcha turlarida jangovar vazifalarni motoo‘qchi guruh tarkibida bajaradi.

Motoo‘qchi guruh (seksiya) ning shaxsiy tarkibi qo‘shinning maxsus harakatlarini o‘tkazish davomida dadillik va qat’iyat bilan harakat qilishi, topqirlikni, harbiy hiyla va oqilona tashabbusni namoyon etishi, boshqa qo‘shin turlariga va kuch tuzilmalariga mansub bo‘linmalar bilan o‘zaro muvofiqlikda va yaqin hamkorlikda harakat qilish sharoitlarida esa, bir-birlariga o‘zaro yordam va madad ko‘rsatishlari lozim.

Har bir motoo‘qchi guruh (seksiya) da qo‘shinning maxsus harakatlarining barcha turlarida dushmanni uzluksiz kuzatib turish tashkil qilinadi.

Qurolli tuzilmalarga qarshi olib borilayotgan harakatlar davomida motoo‘qchi guruh, odatda, piyoda tartibda harakat qiladi.

Motoo‘qchi guruhning jangovar tartibi jangovar tutashuv chizig‘ida harakat qiluvchi ikkita jangovar beshlikdan va jangovar tutashuv chizig‘idan 100 m gacha uzoqlikda harakat qiluvchi o‘t ochib ko‘maklashuvchi guruh hamda boshqaruv guruhidan iborat bo‘ladi.

Boshqaruv va o‘t ochib ko‘maklashuvchi guruh quyidagilarni o‘z ichiga oladi: motoo‘qchi guruhning boshqaruv seksiyasini, piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ni va kuchaytirish vositalarini (AGS-17, PKM va RP raschyotlari).

Motoo‘qchi seksiyaning (jangovar beshlikning) jangovar tarkibi, o‘z navbatida, jangovar ikkilik va uchlikdan iborat bo‘ladi. Jangovar tutashuv chog‘ida askarlar o‘rtasidagi oraliqlar 8-10 m dan ortiq bo‘lmagan, jangovar ikkilik va uchliklar o‘rtasidagi oraliqlar 20 m gacha va undan ortiqroq masofani tashkil etadi.

Piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) va kuchaytirish vositalari boshqaruv va o‘t ochib ko‘maklashuvchi guruh tarkibida, jangarilarning o‘t ochish punktlarini o‘z vaqtida, ishonchli va samarali tarzda yakson qilish vazifasi bilan hujum qilayotgan jangovar beshliklarga o‘t ochish bilan ishonchli madad berishni ta’minlaydigan masofada olg‘a siljiydi.

Chegaraga yaqin zonaning muhofaza qilib turishni kuchaytirish yoki ichki hudud rayonini ajratib qo‘yish bo‘yicha harakat qilishda motoo‘qchi guruh (seksiya), jangarilar davlat chegarasi uchastkasidan yoki ichki hudud rayonini ajratib olib muhofazalash marrasidan o‘tganda (yorib kirganda) xavf solinayotgan (asosiy) yo‘nalishini to‘sib turish maqsadida soqchilik zastavasi (soqchilik posti) ga tayinlanishi mumkin. Bunday holda motoo‘qchi guruh (seksiya) ning harakatlari tartibi, komandir ishining mazmuni va izchilligi xuddi soqchilik muhofazasiga tayinlangan guruhniki singari bo‘ladi.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish