O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNNIVERSITETI
_____________________________________________________________________________________________________ FAKULTETI
_____________________________________________________________________________________________________ FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: SELEKSIYADA MUTATSION O’ZGARUVCHANLIKDAN FOYDALANISH
BAJARDI: _____________________________
QABUL QILDI: _________________________
MAVZU: SELEKSIYADA MUTATSION O’ZGARUVCHANLIKDAN FOYDALANISH
REJA:
1. SЕLЕKSIYANING GENETIK ASOSLARI
2. O’ZGARUVCHANLIK
3. MUTATSIYA VA MUTATSIYANING HOZIRGI ZAMON
KLASSIFIKATSIYASI
4. IRSIY O’ZGARUVCHANLIK
Genetika seleksiyaning nazariy asosi bo‘lib, seleksiya ham o‘z nazariy asosi va tekshirish usullariga ega. Seleksiya lotincha «tanlash» degan ma’noga ega. U faqat tanlash bilan cheklanmasdan mavjud zot va navlarning hosildorligini oshirish va yangilarini chiqarish bilan ham shug‘ullanadi.
CH.Darvinning: «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashga moslashgan zotlarning saqlanib qolishi», «Xonakilashtirish ta’sirida hayvon va o‘simliklarning o‘zgarishi» asarlari seleksiyaning fan sifatida formalanishiga sabab bo‘ldi. Darvin o‘simlik va hayvonlarning uch xil:
- tabiiiy tanlash - atrof muxit ta’sirida insonning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Har qanday tashqi sharoitga moslashganlari yashab qoladi. Organik olamning evolyutsiyasi natijasida hosil bo‘lgan nav va zotlarning hammasi inson uchun foydali bo‘lavermaydi. Tabiiy tanlash uzoq vaqt davom etadi.
- ongsiz tanlash - inson tomonidan amalga oshiriladi. Bu seleksiyaning dastlabki formaidir. Ongsiz ravishda yaxshi organizmlarini qoldirib, yomonlarini tugatgan. Aslida bu ham ongli ish bo‘lib, ma’lum maqsad ta’sirida bo‘lgan. metodik, ya’ni sistematik tanlashning asosiy maqsadi eng yaxshi belgilarning yuzaga chiqarish uchun bajariladi.
Nav va zot. Ma’lum irsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan, inson tomonidan sun’iy yo‘l bilan yaratilgan organizmlar nav yoki zot deyiladi. Bir xil zot va navga ega bo‘lgan organizmlar morfologik va biologik xususiyati mahsuldorligi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Zot va navning mahsuldorligi tashqi sharoitga qarab o‘zgarib turadi. Ammo morfologik xususiyati ancha barqaror bo‘ladi. Misol, gulning rangi va jun tolasi va hokazo.
Har qanday zot va nav o‘zining maxsuldorligi va qulayligi bilan qadrlidir. Zotning sergo‘shtligi, ko‘p tuxum berishi terisining rangi, yugurishi. Navlarning esa ertapisharligi, serhosilligi, sifati, shirinligi, kasalga chidamligi va xokazo.
Nav va zot olishda bir qancha chatishtirishdan foydalaniladi.
Oddiy chatishtirish. Bir turga mansub organizmlarning biri ota, 2-chisi ona yoki ikki turga mansub organizmning chatishtirishidan olingan duragay tushuniladi.
Takroriy ya’ni bekkros - oddiy chatishtirishdan olingan duragayni ota yoki ona sifatida olingan organizm bilan qayta chatishtirish. A x В = (AВ) x A yoki A x В = (AВ) x В. Bunda ota yoki onaning biror bir yaxshi xususiyatini olish ko‘zda tutiladi.
Pog‘onali chatishtirish. Bunda oddiy chatishtirishdan olingan duragay boshqa nav yoki tur bilan chatishtiriladi. A x в = (AВ) x В
Retsiprok (o‘zaro) chatishtirish. Bunda oddiy chatishtirishga o‘xshab chatishtiriladigan formalarning bir gal ota, bir gal ona sifatida qo‘llash.
Murakkab chatishtirish. Bunda bir qancha zot va navlar yoki turlar bir vaqtda ketma-ket ishtirok etadi. (AxB) x (CxВ). Murakkab duragay 4 ta navdan kelib chiqadi.CHeksiz chatishtirish ham shunga o‘xshaydi. Bunda faqat ona organizm tanlab olinadi.
Yaqin qarindoshlarni chatishtirish (intsuxt). Bunda bir uyli o‘simlikdan bitta, 2 uyli o‘simlikdan 2 ta (erkak va urg‘ochi) o‘simlik ishtirok etadi
Har bir nay yoki zotda spontan (tabiiy) mutatsiyalar paydo bo'ladi. Tabiatda mutatsiyalarga tabiiy tanlanish ta'sir etadi. Sun'iy tanlashda mutatsiyalardan seleksioner olimlar foydalanadi. Madaniy nay va zotlar o'zining irsiy xususiyatlari bilan yovvoyi ajdodJaridan farq qiladi, yovvoyi ajdodlar eng yaxshi sharoitlarda ham 357 o'zining madaniy turdosh formalarining mahsuldorligini yoki uning sifatini ko'rsata olmaydi. Uzoq davr mobaynida tabiiy mutatsiyalami sun'iy tanlash va ulaming kombinatsiyalarini chatishtirish yo'li bilan olingan yangi genotiplami tegishli sharoitlarda o'stirish va parvarish natijasida odarnzod o'simlik va hayvonlaming yangi formalarini yaratdi. Mutatsiyalarni eksperimental yo'l bilan olish seleksiyada boshlang'ich materialni yaratishda juda katta imkoniyatlarga egadir. Bu borada N. 1. Vavilovning irsiy o'zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni muhim ahamiyatga ega. Tajribada olingan mutatsiyalar tabiatda bor bo'lgan formalar belgilari bilan genetik o'xshashligi kO'pincha qayd etiladi. Shuning uchun gomologik o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini bilish seleksioner olimlarga kerakli bo'lgan formalarni topish yoki yaratishda katta yordam beradi. Tabiiy mutatsiyalar. Lyupin (Lupinus) o'simligining barcha turlarining urug'lari zaharli alkaloidli bo'lib, ildizlari esa azotni fiksatsiya qiluvchi bakteriyalarni tashuvchi hisoblanadi. Shu sababli chorvachilikda xashak sifatida ishlatilmasdan, o'g'it sifatida foydalanilgan. Dukkakdoshlarning boshqa turlarida urug'i alkaloidsiz bo'lgan fonnalar rnavjud va irsiy o'zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuniga asosan alkaloidsiz urug'li lyupin mutatsiyasi bu o'simlikda ham bo'lishi rnumkinligi taxmin qilingan edi. Nemis olirni Zengbush 2,5 million lyupin o'simliklarini tahlildan o'tkazib, urug'ida alkaloid moddasi kam miqdorda bo'lgan beshta o'simlikni ajratgan. Lekin bu o'simliklaming dukkaklaridan urug'i tez sochilib to'kilar edi. Keyinchalik 10 mIn. o'simlik orasidan bitta dukkaklari ochilmaydigan o'simlik topilgan. Uning avlodi ko'paytirilib, ular orasidan urug'lari alkaloidsiz, dukkaklari o'z vaqtida ochiladigan formalar topilgan va «shirin lyupim> madaniy o'simligining 10 dan ortiq navlari yaratilib, ko'p mamlakatlarda em-xashak va o'g'it sifatida keng miqyosda o'stirilmoqda. Ko'pgina madaniy mevali daraxtlarda ham tabiiy mutatsiyalar qayd etilgan va ulardan duragaylashda foydalanib kelingan. Tabiiy mutatsiyalar gulchilikda ko'p qayd etilgan. Masalan, Murillo nomli mutant loladan 60 ta yangi mutant olinib, ular nay sifatida keng o'stirilmoqda. Donli ekinlar orasida makkajo'xoridagi opaque genIi tabiiy mutatsiya ma'lum. Bu mutant lizin moddasiga boy bo'lib, undan yuqori lizinli duragaylarni yaratishda fcydalaniladi. Somatik mutatsiyalar. Vegetativ yo'l bilan ko'payadigan o'simliklar seleksiyasida somatik mutatsiyalar katta ahamiyatga ega. Agarda 358 ko'paytirishda mutant to'qimalardan (qalamcha, kurtakcha) foydalanilsa, vegetativ avlodlarda ancha uzoq saqlanishi murnkin. I. V. Michurin Antonovka-mogilevskaya olma ·navida yirik mevali oqish rangli shoxni topgan. Keyinchalik bu shox mevasi 600 grammli Antonovka olma naviga asos bo'lgan. Indutsirlangan mutatsiyalar Radiatsiya va kimyoviy moddalaming mutagenlik hodisasi ochilgandan so'ng indutsirlangan mutantlami yaratish ishlari keng avj oldi. Shvetsiyalik genetik olim A. Gustafsson arpaning rentgen nurlari bilan indutsirlangan mutantlarini olgan. Ulaming orasidan don hosildorligi yuqori bo'lgan formalar hamda keng doirada qisqa poyali mutant tanlab olingan. Keyinchalik donli ekinlaming ko'p turlarida analogik mutantlar ajratib olingan. Ular erektoid bo'lib g'alla kombaynlari bilan o'rishga qulaylik tug'diradi. O'simlik va hayvonlar seleksiyasida kimyoviy mutagenezdan foydalanish tadqiqotlari sobiq ittifoqda I. A. Rapoport rahbarligida keng rivojlantirilgan. Indutsirlangan mutagenez, ayniqsa, mikroorganizmlar seleksiyasida keng ishlatiladi. Kimyoviy va fizikaviy asosga ega bo'lgan mutagenlar bilan aktinomitsetlarga ta'sir etish natijasida bir qator antibiotiklar produtsentlari olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |