Sitoplazmatik irsiyat. Irsiy belgilarning nasldan-naslga berilishida xromosomalardan tashqari tsitoplazmatik irsiyat ham borligi aniqlangan. Sitoplazmatik irsiyat irsiy xususiyatlarning ona organizm orqali kelgusi naslga berilishini ta’minlaydi. Hujayradagi mitoxondriya ribosomalar, plastidalar ham irsiy belgilarni nasldan-naslga o‘tkazadi.
Poliploidiya. Gaploid sondagi xromosomalar sonining bir nechta marta oshishi poliploidiya deyiladi. Gaploid xromosomalar soni ortgan organizmlar poliploid organizmlar deyiladi. Somatik hujayradagi diploid (2p) xromosomalar yig‘indisi 2 hissa ortishi natijasida tetroploid (4p) xromosomalar hosil bo‘ladi. Somatik hujayralardan diploid to‘qima va organizmlar vujudga kelishi mitotik poliploidiya deyiladi.
Xromosomalar yig‘indisi kamaygan gametalarning qo‘shilishidan tetroploid zigota 2p+2p =4p hosil bo‘lishi metotik poliploidiyaga misol bo‘ladi. Diploid xromosoma yig‘indisiga ega bo‘lgan tuxum hujayra normal sperma bilan qo‘shilsa, ( 2p+1p=3p) triploid organizm hosil bo‘ladi. Yaqin qarindosh turlarda asosiy xromosomalar sonining ortib borishi poliploid qator deyiladi. Bunday xol o‘simliklarda aniqlangan: Kartoshkada: 22, 24, 36, 48, 60, 72, 84, 96, 108, 144.
Otquloqda: 20, 46, 60, 80, 100, 120, 200.
O‘xshash xromosomalar sonining ortishi natijasida hosil bo‘lgan poliploidlar avtopoliploidiya deyiladi. Har-xil genomlarning ortishi natijasida hosil bo‘ladigan poliploidilar allopoliploidiyalar deyiladi. Har-xil sondagi xromosomalar yig‘indisiga ega bo‘lgan tur va avlodlarni chatishtirishdan olingan duragaylar uzoq duragaylar deyiladi. Misol, bug‘doy bilan javdarni chatishtirish. Bu duragayda bug‘doy va javdarning gaploid xromosomalar yig‘indisi to‘planadi.
Xromosomalar yig‘indisi 2p+1 bo‘lgan organizm trisomin, 2p-1 bo‘lsa, monosomin, 2p+2 bo‘lsa, tetrosomin, 2p-2 bo‘lgani nullisomin organizm deyiladi. Organizmlarda xromosomalar gaploid sondagiga nisbatan ortishi yoki kamayishi geteroploidiya deyiladi. Bunday xol bangidevona o‘simligida aniqlangan Bu o‘simlikda 12 juft xromosoma bo‘lib, 12 turi mavjud. Bu genlari bor o‘simliklar chatishtirilsa mevasining shakliga va rangiga turlicha ta’sir etadi. Bu hodisa odamda ham aniqlangan. Odam jinsiy hujayrasida xromosomalar 46 ta o‘rniga 47 ta bo‘lib qolsa, tug‘ilgan bolada Daun kasalligi bo‘ladi, ya’ni aqliy jihatdan zaif bo‘ladi. Tanasida keskin nomutanosiblik yuzaga keladi. Bunga qo‘shimcha bitta X xromosoma sabab bo‘ladi.
Biologik jihatdan bir xil bo‘lgan turga mansub formalar chatishtirilsa yaxshi rivojlanadi. Buni tur ichida duragaylash deb ataladi. Har xil biologik turga, avlodga mansub formalarni duragaylash uzoq formalarni duragaylash deyiladi.
CHatishtirishda formalardan birining bir gal ota, 2-gal ona sifatida ishtirok etishi retsiprok chatishtirish deyiladi.
Uzoq formalarni chatishtirish seleksiyaning asosiy ishlaridan biridir. Chunki bunda turlarning kelib chiqishini aniqlashga imkon beradi. Uzoq formalarning o‘zaro chatishmasligining asosiy sababi har xillar jinsiy hujayralarining bioximiyaviy, fiziologik jihatdan bir-biridan farq qilishidir.
Ch.Darvin fikricha turlararo va avlodlararo duragay olishdagi qiyinchilikda ularning jinsiy hujayralarining fiziologik jihatdan mos kelmasligi bilan birga jinsiy, organlarning tuzilishi xususiyatiga ham bog‘liq. Hayvonlarda ko‘payish siklining har-xil bo‘lishi jinsiy apparatlar tuzilishida anotomik tafovutlar bo‘lishi, yillik va sutkalik jinsiy faollikning har xilliga ham bog‘liq.
O‘simliklarda esa erkak va urg‘ochi organlari tuzilishidagi farqlar, chang donasining urug‘chi tumshuqchasida naycha chiqara olmasligi, ustuncha bo‘ylab o‘sib tugunchasiga yeta olmasligi kabilar. Tuxum hujayra yadrosining sperma yadrosi bilan qo‘shilish-qo‘shilmasligi maxsus genlar nazoratida bo‘ladi. Agar guldagi bir tur ota, 2-chi tur ona sifatida chatishganda yaxshi natija olinmasligi mumkin. Aksincha bo‘lganda yaxshi natija beradi. Misol: qattiq bug‘doy ona sifatida olinganda duragayning 3,8 - 9,4 % yashab qoladi, aksincha yumshoq bug‘doy ona sifatida olinganda 49-51 % yashab qoladi.
Uzoq formalarni duragaylashning asoschisi Rossiya Akademiyasining akademigi Y.G.Kelreyter xisoblanadi. U 1761 yilda maxorkani tamaki bilan chatishtirib olingan natijani e’lon qildi.
U o‘z tajribasida genetikaning muhim hodisalarini aniqladi:
1. O‘simliklarda jinsiy hujayralarning bo‘linishi;
2. O‘simliklarning 1-bo‘g‘inida hayotchanlikning vujudga kelishi va ota ona organizmlaridan tez o‘sib yuqori hosil berishi;
3. Duragay o‘simliklarda boshlang‘ich formalarni qayta tiklanishi mumkinligi;
4. Duragay avlodining har xil bo‘lishi, ya’ni ajralish hodisasining kuzatilishi;
5. Retsiprok chatishtirishdan olingan duragayning bir-biridan farq qilishi.
Uzoq formalarni chatishmaslik sabablari. Har xil turlarning jinsiy hujayralari bir-biridan biokimyoviy va fiziologik jihatdan farq qilishi natijasida bir-biriga mos kelmasligi asosiy sababdir.
I.V.Michurin uzoq turlarni va avlodlarni chatishmasligini bartaraf qiluvchi bir qancha usullarni ishlab chiqdi. Bular: 1. vegetativ ya qinlashtirish; 2. vositachi usul; 3. aralash changlar bilan changlash.
1. Meva daraxtlarini oldin ularni bir-biriga payvandlaydi, so‘ngra bir qancha vaqt o‘tib ularni chatishtiradi.
2. Chatishmaslikni bartaraf qilish uchun uchinchi turdan foydalanish.
3. Chatishmaslikni bartaraf qilish uchun ona sifatida olingan o‘simlik gullarini bir yoki bir qancha turga oid o‘simliklar changlari aralashmalari bilan changlash.
Uzoq duragaylar naslsiz bo‘lishining genetik sabablari. Darvin fikricha ikki tur - bir-biri bilan oson chatishib duragay bersa ular naslsiz bo‘ladi. Aksincha qiyin chatishsa duragaylar naslli bo‘ladi. Xromosomalar va plazmasi bir-biriga nomunosib bo‘lsa yoki xromosomalar soni teng bo‘lmasa, ular naslsiz bo‘ladi. Naslsiz bo‘lishi xilma xil bo‘lib, duragaylarda ko‘pincha jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) izdan chiqadi.
I.V.Michurin botanik jihatdan uzoq bo‘lgan formalarni chatishtirishdan olingan duragaylarini naslsizligiga barham beradigan bir qancha usullarni ishlab chiqdi:
1. Mentor – tarbiyalash usuli: buning uchun olingan naslsiz duragay meva daraxtini hosil berib kelayotgan meva daraxtiga payvand qilish usuli;
2. Bekkross – duragayni ota yoki ona o‘simlik bilan qayta chatishtirib nasl beradigan qilish;
3. Urug‘larga yoki yoki o‘simliklarga har xil dozada radioaktiv nurlar ta’sir ettirish.
Yuqoridagilarga asoslanib N.V.Sitsin bug‘doy bilan bug‘doyiqni chatishtirib naslsiz duragay oldi, duragayni bug‘doy bilan qayta chatishtirib nasl beradigan avlod oldi. Selektsioner S.S.Kanash g.barbadenze bilan g.nankin g‘o‘zasini chatishtirib junsimon tolali 114-1 navini oldi. A.I.Avtonomov g‘o‘zaning G.barbadenze va G.peruvanum turini chatishtirib vilt kasalligiga chidamli nav oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |