5.1.Motoo‘qchi (tank) guruhi (seksiya, tank) soqchilik muhofazalanishida
Guruh (seksiya, tank) qorovullik muhofazasiga dushman razvedkasining qo‘riqlanayotgan bo‘linmalarga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, erdagi dushmanni o‘z vaqtida aniqlash va qo‘riqlanayotgan qo‘shinga u haqda xabar berish, dushman hujum qilgan taqdirda esa egallangan pozitsiyani qat’iy mudofaa qilish vazifasi bilan tayinlanadi.
Soqchilik muhofazalanishiga tayinlangan guruh qorovullik zastavasini tashkil etadi va unga kengligi 1,5 km gacha bo‘lgan muhofazalash chizig‘i ko‘rsatiladi. Mazkur polosada zastava mudofaa uchun qulay bo‘lgan marrani egallaydi va u erda butun muhofazalash chizig‘i o‘t bilan to‘sib turiladigan asosiy hamda vaqti etarli bo‘lsa, zaxiradagi pozitsiyalarni barpo etadi.
Dushmanni o‘z vaqtida aniqlash uchun qorovullik zastavasida unga berilgan kuchlar va vositalar yordamida erda harakat qiluvchi nishonlarni radiolokatsion razvedka qilish posti o‘rnatish mumkin, har bir seksiya (tank) ning pozitsiyasida esa kuzatuv tashkil etiladi. Dushman harakatlari ehtimoli eng ko‘p bo‘lgan yo‘nalishda qorovul posti qo‘yilishi mumkin. Kechasi va ko‘rish imkoniyatlari cheklangan boshqa sharoitlarda tinglab turish tashkil etiladi va tungi ko‘rish asboblaridan foydalangan holda kuzatuv olib boriladi. Joyni ko‘rib kelish uchun seksiya (tank) larning pozitsiyalari o‘rtasidagi joyga va ochiq qanotlarga juftlik soqchilar jo‘natiladi. YAshirin yaqin kelish yo‘llariga esa, shu jumladan, kunduzi ham dushmanni o‘z vaqtida payqab olish uchun maxfiylar qo‘yiladi hamda signalli minalar o‘rnatiladi.
Qorovullik zastavasiga ajratilgan motoo‘qchi (tank) guruhi komandiri, vazifani olgandan so‘ng, tayinlangan vaqtda guruhni ko‘rsatilgan marraga olib chiqadi, kuzatuvni tashkil etadi, joydagi ishlarni amalga oshiradi, jangovar buyruqni beradi, o‘t ochish tizimini, o‘zaro hamkorlikdagi harakat qilinishi, boshqaruvni hamda pozitsiyaning muhandislik jihozlanishini tashkil etadi.
Seksiyalar (tanklar) ning oldiga vazifalar qo‘yar ekan, guruh komandiri vazifani olgandan so‘ng, tayinlangan vaqtda guruhni ko‘rsatilgan marraga olib chiqadi, kuzatuvni tashkil etadi, joydagi ishlarni amalga oshiradi, jangovar buyruqni beradi, o‘t ochish tizimini, o‘zaro hamkorlikda harakat qilishini, boshqaruvni hamda pozitsiyaning muhandislik jihozlanishini tashkil etadi.
Seksiyalar (tanklar) ning oldiga vazifalar qo‘yar ekan, guruh komandiri jangovar buyruqda:
- motoo‘qchi guruh komandiri – seksiyalarning vazifalarini, ularning pozitsiyalarini, o‘t ochish chiziqlari va qo‘shimcha o‘qqa tutish sektorlarini, piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ning asosiy va zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyalarini, har bir pozitsiyadan asosiy va qo‘shimcha o‘qqa tutish sektorlarini;
- tank guruhining komandiri – tanklarning vazifalarini, ularning asosiy va zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyalarini, har bir pozitsiyadan o‘qqa tutishning asosiy va qo‘shimcha sektorlarini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, guruh komandiri jangovar buyruqda pozitsiyani egallash vaqtini, o‘t ochish tizimini tayyor bo‘lish vaqtini, pozitsiyalarning muhandislik jihozlanishining navbati va muddatlarini belgilaydi.
O‘zaro hamkorlikdagi harakat qilishni tashkil etishda guruh komandiri: xizmatni ado etish tartibini (navbatchi o‘t ochish vositalarining sonini, pozitsiya orqali o‘tkazish tartibini va nishonlarga alohida e’tibor berish zarurligini); dushman hujum qilganda harakat qilish tartibini; xabar berish, boshqaruv va o‘zaro hamkorlikdagi harakat signallarini, ular bo‘yicha harakat qilish tartibini va ruxsatnomani ko‘rsatadi.
Guruh komandiri xizmatning sergaklik bilan ado etilishini tashkil qilishi, qorovullik postlari va maxfiylarni shaxsan o‘zi qo‘yishi, shaxsiy tarkibning dam olish tartibini belgilab berishi hamda qorovullik zastavasining doimiy shayligini ta’minlashi lozim. Agar zastava tunda qo‘yiladigan bo‘lsa, u holda guruh komandiri tong otishi bilan bo‘linmalarni aylanib chiqishi, ularning joylashuviga zarur o‘zgartirishlar kiritishi va vazifalarini aniqlab berishi kerak.
Soqchilar etib ikki askar tayinlanadi, ularning biri boshliq qilib tayinlanadi.
Soqchilar xizmatni tunda yoki vaqtning belgilangan davrida ado etadilar: bir juftlik boshqasi bilan almashinib turadi.
Soqchilarni jo‘natar ekan, guruh komandiri harakat marshrutini, xizmatni ado etish tartibini, dushmanni payqagandan so‘ng harakat qilish tartibini va ruxsatnomani ko‘rsatadi. Soqchilar ko‘rsatilgan marshrut bo‘yicha harakat qiladilar va joyni sinchiklab ko‘rib chiqadilar. Dushmanning yolg‘iz askarini qo‘lga oladilar yoki yo‘q qiladilar. Dushmanning guruhi aniqlanganda, katta soqchi bu haqda darhol guruh komandiriga bildiruv beradi va uning harakatlari ustidan kuzatuv tashkil etadi.
Maxfiylar qorovullik zastavasidan 400 m gacha uzoqlikdagi, 2-3 askardan iborat tarkibda qo‘yiladi va ulardan biri boshliq etib tayinlanadi.
Maxfiylarni qo‘yishda guruh komandiri ularning tarkibini, vazifalari, joyi, xizmatni ado etishi, aloqani saqlab turish tartibini va ruxsatnomani ko‘rsatadi. Maxfiylar ko‘rsatilgan joyni yashirincha egallaydilar va jihozlaydilar hamda dushmanni va joyni uzluksiz kuzatib turadilar. Maxfiylar boshlig‘i kuzatish tartibini belgilaydi, maxfiylarning doimiy jangovar shayligini va ularni jo‘natgan komandir bilan aloqasini saqlab turadi. Maxfiylar xizmatni kun davomida yoki tunda almashmasdan, yashirin tarzda, hech bir harakati bilan o‘zini oshkor qilmagan holda ado etadi. U hech kimni to‘xtatmaydi va undan hech narsani so‘ramaydi. Yakka-yolg‘iz askarlar (fuqaro shaxslar) ning va guruhlarning paydo bo‘lganligi haqida axborot beradi. Dushman maxfiylarga hujum qilganda ular o‘t ochmaydi va kuzatuvni davom ettirgan holda orqaga qaytadi. Xizmatni ado etish vaqti tugashi bilan yoki maxfiylarni qo‘ygan komandirning buyrug‘i (signali) bo‘yicha shaxsiy tarkib qorovullik zastavasiga qaytadi.
Kunduzi, hamma narsa yaxshi ko‘rinadigan paytda zastava shaxsiy tarkibining yarmiga dam olishiga (uxlashga) ruxsat beriladi. Tunda va ko‘rish imkoniyati cheklangan sharoitlarda zastavaning butun shaxsiy tarkibi uxlamaydi va doimiy jangovar shaylikda turadi.
Dushman haqida ma’lumotlar olinishi bilan kuzatuv kuchaytiriladi, qorovullik zastavasi jangga tayyorlanadi. Guruh komandiri dushman paydo bo‘lganligi haqida zastavani jo‘natgan komandirga axborot beradi va qo‘shni qorovullik zastavalarini ham xabardor qiladi.
Dushmanning muhofaza qilinayotgan bo‘linmalarga kirib borishga urinayotgan mayda guruhlarni guruh asirga oladi yoki ular yo‘q qilinadi. Dushmanning ustun kuchlari etib kelganda guruh jangga kirishadi va egallangan pozitsiyasini muhofazalayotgan bo‘linmalar qorovullik zastavasining marrasiga etib kelgunga qadar yoki orqaga qaytish haqida buyruq olguncha saqlab turadi.
Batalonni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan, joyning o‘zida o‘rnashgan yoki qorovullik zastavasi tomonidan tayinlangan qorovullik postiga motoo‘qchi seksiya (tank) ajratib berilishi mumkin, qorovullik posti muhofaza qilinayotgan bo‘linmadan 1500 m gacha bo‘lgan uzoqlikda unga ko‘rsatilgan pozitsiyani egallaydi va jihozlaydi.
Seksiya (tank) komandiri vazifani olgach, pozitsiyani egallaydi, bir-ikki kuzatuvchilarni qo‘yadi; piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tank, pulemyotlar va granatomyotlarning asosiy va zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyalarini, o‘qchilarning o‘q otishi uchun joylarini belgilaydi; jangovar buyruqni beradi; o‘t ochish tizimini, pozitsiyalarning muhandislik jihozlanishini va niqoblanishini tashkil qiladi; xizmatni ado etish tartibini belgilaydi.
Qorovullik posti xizmatini odatda bir sutka davomida ado etadi.
Dushmanning yakka-yolg‘iz askarlarini qorovullik posti asirga oladi va bu haqda postni qo‘ygan komandirga axborot beradi. Dushmanning ustun kuchlari hujum qilganda qorovullik posti dadil jangga kiradi va egallab turgan pozitsiyasini orqaga qaytish haqida buyruq berilishiga qadar mahkam saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |