Тактиканинг фан сифатида вазифалари


MARSH VA SAFARDAGI MUHOFAZALANISH



Download 15,2 Mb.
bet26/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

4. MARSH VA SAFARDAGI MUHOFAZALANISH
Guruh (seksiya, tank) marshda
Guruh (seksiya, tank) dushman tomonidan yuqori darajada aniqlikdagi qurol va masofali minalashtirish vositalarining qo‘llanishi doimiy ravishda xavf solib turgan, uning aviatsiya, havo desantlari, aeromobil va qo‘poruvchi-razvedka guruhlari faoliyat ko‘rsatib turgan, yo‘llar va kechuvlar buzilgan sharoitlarda har doim marsh (yayov holda siljish) ga va transportning turli turlarida tashib yurilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Bu qurol-yarog‘ va texnikani, shaxsiy tarkibni marshga va tashib yurishga puxta tayyorlashni, shaxsiy tarkibdan yuksak marsh intizomini va uquvni talab qiladi.

Marsh – bo‘linmalarning kolonnalarda va kolonna yo‘llari bo‘ylab belgilangan rayonga yoki ko‘rsatilgan marraga chiqish maqsadida uyushgan holda olg‘a siljishidir. U jangga kirishishni oldindan ko‘rib yoki dushman bilan to‘qnashuv xavfi bo‘lmagan holda odatda, tunda yoki ko‘rish imkoniyati chegaralangan boshqa sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin.

Barcha hollarda komandir guruh (seksiya, tank) ning belgilangan rayonga yoki ko‘rsatilgan marraga o‘z vaqtida, to‘liq tartibda va jangovar vazifani bajarishga shay holda etib kelishini ta’minlashi lozim.

Guruh (seksiya, tank) marshni vzvod (guruh) kolonnasida mashinalar o‘rtasida 25-50 m oraliqni saqlagan holda amalga oshiradi. CHangli yo‘llarda, ko‘rish imkoniyatlari cheklangan sharoitlarda, muzliklarda, tik ko‘tarilishlar, pasayishlar va burilishlarga ega bo‘lgan yo‘llarda hamda yuqori tezlikdagi harakat jarayonida mashinalar o‘rtasidagi masofa ko‘paytiriladi.

Ochiq joylarda, dushmanning razvedka-zarba majmualarini qo‘llash xavfi mavjud bo‘lgan sharoitlarda jangovar mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofa kengaytiriladi va 100-150 m ni tashkil etishi mumkin.

Motoo‘qchi guruhi (seksiya) zarur bo‘lgan hollarda piyoda tartibda oldinga siljishi mumkin.

Guruhning o‘rtacha harakat tezligi manzillarda to‘xtash vaqtini hisobga olganda: piyodalar jangovar mashinalar (bronetransportyor), tanklarda soatiga 20-25 km, avtomobillarda, alohida avtomobil kolonnasi tarkibida harakat chog‘ida soatiga 5-30 km piyoda tarkibidagi motoo‘qchi guruh soatiga 4-5 km bo‘lishi mumkin. Tog‘larda, cho‘l joylarda va boshqa noqulay sharoitlarda kolonnalarning o‘rtacha harakat tezligi soatiga 15-20 km gacha kamayishi mumkin. Barcha hollarda marsh mazkur sharoitlarda mumkin bo‘lgan eng yuqori tezlikda amalga oshirilishi zarur.

Manzillarda to‘xtash va kunduzi (tungi) dam olish qurol-yarog‘ va texnikaning holatini tekshirish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shaxsiy tarkibning ovqatlanishi va hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallanadi. Manzillarda to‘xtash 3-4 soatlik harakatdan so‘ng 1 soatgacha bo‘lgan muddatga, ulardan biri esa 2 soatgacha davom etgani holda sutkalik yo‘l bosishning ikkinchi yarmida, kunduzgi (tungi) dam olish esa har bir sutkalik yo‘l bosishning oxirida belgilanadi.

Vzvod kolonnasida marsh qilish vazifasini olgandan so‘ng motoo‘qchi guruh komandiri vazifani anglab olishi va vaziyatga baho berishda odatdagi masalalardan tashqari karta (chizma) bo‘yicha harakat marshrutini, marshni amalga oshirishning shart-sharoitlari va qanday xatti-harakatlarga tayyor bo‘lish lozimligini o‘rganadi, guruhni marshga tayyorlash tartibini, navbatchi o‘t ochish vositalari va kuzatuvchilar tartibini belgilaydi.

Marshga jangovar buyruqni guruh komandiri, odatda, jangovar guruhning butun shaxsiy tarkibiga beradi.

Jangovar buyruqda guruh komandiri quyidagilarni ko‘rsatadi:

- dushman haqidagi ma’lumotlarni;

- guruhga berilgan vazifani: harakat marshrutini, yig‘ilish (dam olish) rayonini yoki tayinlangan rayonga etib kelish vaqti va marrasini yoki ko‘rsatilgan marraga chiqish vaqtini, kolonnaning saflanishi, mashinalar orasidagi masofani, harakat tezligini, jangga kirishni oldindan bilgan holda amalga oshirilgan marsh jarayonida esa dushman bilan uchrashganda harakat qilish tartibini;

- marshga tayyor bo‘lish vaqtini;

- o‘zining o‘rnini va o‘rinbosarlarini.

O‘zaro hamkorlikda harakat qilishni tashkil etishda guruh komandiri kuzatish va aloqa tartibini; dushman aviatsiyasining hujumi chog‘ida va dushman tomonidan yuqori darajadagi aniqlikdagi qurollar, yondiruvchi qurollar va masofaga minalashtirish vositalari qo‘llanilganda hamda ommaviy qirg‘in qurollari ta’sir ko‘rsatgan holda guruhning harakat qilish tartibini, tunda ko‘rish asboblari (yorug‘likni niqoblash qurilmalari) dan foydalanish tartibini, niqoblanish va marsh intizomiga rioya qilish tartibini; xabar berish, boshqarish va o‘zaro hamkorlikdagi harakat signallarini, marsh jangga kirishni oldindan bilgan holda amalga oshirilganda esa, seksiya (tank) lar harakatini o‘zaro va qo‘shnilar bilan hamkorlik qilish tartibini ham ko‘rsatadi.

Seksiya (tank) komandiri guruh tarkibida marsh qilish vazifasini olgandan so‘ng shaxsiy tarkibning olgan vazifasini, xabar berish, boshqaruv va o‘zaro hamkorlikda harakat qilish signallarini, ular bo‘yicha harakat qilish tartibini bilishlarini tekshiradi va guruh komandiri tomonidan beriladigan signallarga kuzatuvchi ta’minlaydi.

Marshga tayyorgarlik ko‘rishda guruh (seksiya, tank) komandiri mashinalar, qurollar, tungi ko‘rish vositalari, himoya va o‘t-o‘chirish vositalarining hamda aloqa va yorug‘likni niqoblash vositalarining sozligini, yonilg‘i bilan to‘ldirilganligini, o‘q-dorilar, maxsus ishlov berish vositalari, okop qazish asbobi, tashib yuriluvchi minadan tozalash majmuasi va o‘t o‘tuvchanlikni oshirish vositalarining mavjudligini hamda to‘g‘ri joylashtirilganligini tekshiradi. Marshga tayyorgarlik haqida u vzvod (guruh) komandiriga axborot beradi.

Guruh (seksiya, tank) komandiri marshda harakat va niqoblanishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilishi, kechuvlarda, dovonlarda, to joylarda, tonnellarda va aholi punktlarida to‘xtab qolishlarga yo‘l qo‘ymasligi, erdagi va havodagi dushmanni va vzvod (guruh) komandirining signallarini uzluksiz atroflicha kuzatib borishi, shaxsiy tarkibni dushman haqida, shuningdek, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) zaharlanish haqida o‘z vaqtida xabardor qilishi lozim.

Mashinalar marsh jarayonida faqat yo‘lning o‘ng tomoni bo‘ylab, belgilangan harakat tezligini, oraliq masofani saqlagan hamda xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda harakat qiladilar.

Dushmanning yuqori darajada aniqlikdagi qurolidan himoyalanish uchun joyning burmalari va mahalliy predmetlar, shuningdek, yo‘l bo‘ylaridagi o‘simliklar tomonidan hosil qiluvchi radiolokatsion ko‘rinmaslik maydonlaridan maksimal foydalaniladi. Marshrutning ochiq uchastkalarida mashinalarning to‘planishi va to‘xtashiga yo‘l qo‘yilmaydi, mashinalarning harakat tezligi va ular o‘rtasidagi masofa kengaytiriladi.

To‘xtashga majbur bo‘lgan hollarda mashina yo‘lning o‘ng qirg‘og‘iga yoki yo‘ldan chetga olib chiqiladi va o‘sha erda nosozlik bartaraf qilinadi. Nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng mashina o‘tib borayotgan kolonnaga qo‘shiladi, guruhdagi o‘z o‘rnini esa to‘xtash manzilida egallaydi. To‘xtab qolgan buzuq mashinalarning faqat chap tomonidan o‘tib ketiladi. Harakatdagi kolonnani quvib o‘tish taqiqlanadi.

Tunda mashinalar tungi ko‘rish asboblaridan yoki yorug‘likni niqoblash (maskirovka) qurilmalaridan foydalangan holda, joyning dushman ko‘rib turadigan uchastkasi bo‘ylab va oydin kechada ketilayotgan paytda esa, chiroqlar va tungi ko‘rish vositalarini to‘liq o‘chirgan holda harakatlanadilar.

Marshda guruhni boshqarish belgilangan signallar orqali amalga oshiriladi. Radio vositalari faqat qabulga ishlaydi.

Havodagi dushman haqida xabar berish signali bo‘yicha guruh (seksiya, tank) harakatni davom ettiradi. Past uchuvchi samolyotlar, vertolyotlar va havodagi boshqa nishonlarga qarata o‘t ochishga ajratilgan o‘t ochish vositalari o‘t ochishga hozirlanadilar, piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ning, tanklarning o‘t ochiladigan lyuklaridan tashqari qolgan barcha lyuklari berkitiladi. Havodagi dushmanning hujumi guruh (seksiya, tank) komandirining buyrug‘i bo‘yicha o‘t ochib qaytariladi. Piyoda tartibida harakat chog‘ida motoo‘qchi guruh o‘z komandirining buyrug‘i bo‘yicha eng yaqin pana joyni egallaydi va dushmanning havodagi nishonlariga qarata o‘qotar qurollaridan o‘t ochadi.

Masofali minalashtirish vositalari o‘rnatgan minali maydonni guruh aylanib o‘tadi yoki vzvod kolonnasi tarkibida, boshlovchi mashina orqasidan, o‘sha mashina ochgan o‘tish joyi bo‘ylab engib o‘tadi. Guruh mashinalari oldidan chiqqan minalar tashib yuriladigan minasizlantirish majmuidan foydalanib yoki boshqa vositalar yordamida yo‘q qilinadi.

Radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) zaharlanish haqida xabar berish signallari bo‘yicha guruh (seksiya, tank) harakatni davom ettiradi. Piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) da va tanklarda zaharlanish zonalarini engib o‘tishdan oldin lyuklar, eshiklar, tuynuklar va jalyuzlar berkitiladi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish tizimi ishga tushiriladi. Piyoda tartibda va ochiq mashinalarda ketayotgan shaxsiy tarkib himoya vositalarini kiyadi.

Harakat marshrutidagi radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgan zonalarni, vayrongarchilik, yong‘inlar rayonlarini va suv bosgan rayonlarni guruh, odatda, aylanib o‘tadi. Zaharlanish zonasini aylanib o‘tish mumkin bo‘lmagan hollarda ular mashinalarda mavjud bo‘lgan ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilish tizimidan va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanib eng yuqori tezlik bilan engib o‘tiladi.

Qisman maxsus va tibbiy ishlov berish radioaktiv zonalardan chiqqandan so‘ng vzvod (guruh) komandirining ko‘rsatmasi bilan o‘tkaziladi, shaxsiy tarkib zaharli moddalar bilan zaharlangan taqdirda esa maxsus va tibbiy ishlov berish zudlik bilan amalga oshiriladi.

To‘liq maxsus va tibbiy ishlov berish, odatda, kunduzi (tungi) dam olish rayonida yoki belgilangan rayonga etib kelganda o‘tkaziladi.

Dushman tomonidan yondiruvchi qurol ishga solingan holda, shuningdek, yong‘inlar rayonini engib o‘tishga majbur bo‘lganda piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ning lyuklari, eshiklari, tuynuklari va jalyuzlari berkitiladi. YOng‘inlar rayonidan chiqqandan so‘ng guruh (seksiya, tank) komandiri mashinalardagi o‘tni o‘chirishni, shaxsiy tarkibni qutqarish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil qiladi, shundan so‘ng guruh (seksiya, tank) harakatni davom ettiradi.

YAradorlar va kasallarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng ular batalonning tibbiy punktiga etkaziladi.

To‘xtash manzillarida mashinalar yo‘lning o‘ng qirg‘og‘ida bir-biridan 10 m dan yaqin bo‘lmagan yoki komandir tomonidan belgilangan oraliq masofani saqlagan holda to‘xtaydilar.

Piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar imkoni boricha daraxtlarning tagida joylashadi, ochiq joyda esa shtatli niqoblash qoplamalari va mahalliy materiallar bilan niqoblanadi. Mashinalardan tushish faqat o‘z komandirlarining signallari bo‘yicha amalga oshiriladi. Dam olish uchun shaxsiy tarkib yo‘lning o‘ng tomoniga joylashadi. Mashinalardan kuzatuvchilar va navbatchi pulemyotchilar (to‘plarni nishonchilar), komandirlarning mashinalarida esa radio vositalaridagi navbatchilar qoladi. Havodagi dushmanning hujumini qaytarishga tayinlangan o‘t ochish vositalari o‘t ochishga tayyor holda turadilar.

Mashinalarning ekipaji (haydovchilari) qurol-yarog‘ va texnikani nazorat ko‘rigidan o‘tkazadilar, texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradilar va yordamga tayinlangan shaxsiy tarkib bilan hamkorlikda aniqlangan nosozliklarni bartaraf etadilar. Harakat marshrutida to‘xtashga majbur bo‘lganda jangovar mashinadagi, tankdagi nosozlikni bartaraf qilishda minorani yo‘lning o‘tish qismiga qarab burish qat’iyan taqiqlanadi.

Tog‘larda marshga tayyorgarlik ko‘rishda guruh (seksiya, tank) komandiri mashinalarning yurish qismlari va boshqarish mexanizmlarining sozligiga alohida e’tibor beradi. Har bir mashinada yo‘lning ko‘tarilish va pasayish joylarida to‘xtaganda mashinaning g‘ildirab ketishining oldini oladigan maxsus moslamalar bo‘lishi zarur. Xavfli joylarni bosib o‘tishda, odatda, shaxsiy tarkib yayov tushadi.

Piyoda tartibda harakat qilganda qoyali uchastkalar, ko‘tarmalar, dovonlar, odatda, guruh tarkibida yoki seksiyalar bo‘yicha xavfsizlik choralariga rioya qilib, bir-birini yoki o‘z-o‘zini muhofazalagan, ehtiyot qilgan holda engib o‘tiladi.

To‘xtash manzillarida va tog‘li joyda dam olish uchun o‘rnashganda shaxsiy tarkib va texnika qulab tushishlar, tosh ko‘chishlar, qum bosishlar, qor ko‘chkilar va suv bosishlaridan xavfsiz bo‘lgan erlarga joylashtiriladi.

CHo‘l joylarda marshga tayyorgarlik ko‘rishda qurol-yarog‘ va texnikani havo harorati yuqori bo‘lgan, yo‘llar bo‘lmagan va qum sharoitlarida harakat qilishga puxta tayyorlash amalga oshiriladi, mashinalar o‘tuvchanlikni orttirish vositalari bilan jihozlanadi, qo‘shimcha suv, yoqilg‘i va oziq-ovqat zaxiralari hosil qilinadi.

Issiq vaqtda shaxsiy tarkibni issiq va oftob urishidan saqlash uchun guruh (seksiya, tank) komandiri suv ichish rejimiga qat’iy rioya qilishini va piyodalar jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) va tanklarning ventilyasiya rejimini ishlashini kuzatib borishi lozim.

Piyoda tartibda harakat qilishda, xususan, issiq va changli yo‘lda, guruh (seksiya) kolonnasidagi harbiy xizmatchilar orasidagi oraliq masofa va intervallar kengaytiriladi.

Marshda guruh (seksiya, tank) marshrutdan yoki harakat yo‘nalishining belgilangan azimutidan chetga chiqishi qat’iy man qilinadi. Yo‘lda yakka mashinalarni qoldirib ketish taqiqlanadi.

Qishki sharoitlarda marsh oldidan guruh (seksiya, tank) komandiri: shaxsiy tarkibni sovuq urishga qarshi vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi; qishki dizel yoqilg‘isi va mashinalarda maxsus suyuqliklar borligiga ishonch hosil qilish hamda zarur bo‘lganda ularni to‘ldirish choralarini ko‘rishi; mashina dvigatellarining isitish vositalarini sozligini, qurol-yarog‘larning past havo harorati sharoitlarida foydalanishga shayligini, agar qalin qor qoplagan uchastkalar bo‘ylab harakat qilish oldinda turgan bo‘lsa, u holda zanjirli g‘ildiraklarning tortib mahkamlanishini, shuningdek, mashinalarning o‘tuvchanligini oshirish vositalari bilan ta’minlanishini tekshirishi, mexanik-haydovchilarga (haydovchilarga) dvigatellarning sovitish tizimini muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish haqida ko‘rsatma berishi, shaxsiy tarkibning isinishini hamda kiyimlar va oyoq kiyimlarining quritilishini tashkil etishi lozim.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish