Energetika va Transport tizimlari’’ fakulteti



Download 2,47 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#220085
Bog'liq
Islom 2


Islom Karimov nomidagi Toshkent

Davlat Texnika Universiteti Termiz

filiali “Energetika va Transport

tizimlari’’ fakulteti “Avtomobil

yo`llari va aerodromlar’’ yo`nalishi

2-bosqich 9-19 guruh talabasi

Murtazoyev Islomning “ko`priklar

tonnellar va yo`l o`tkazgichlarni

loyihalash qurish va ekspluatatsiya

qilish fanidan mustaqil ishi

Mustaqil ish

Mavzu : Dovon va tog` yetaklarida quriladigan ko`priklar

Reja

1 . Dovonlar haqida qisqacha ma`lumot

2 . Tog` yetaklaridagi tonnellar haqida qisqacha ma`lumot

Dovonlar haqida ma`lumot beradigan bo`lsak o`z hududimizda yani O`zbekiston Respublikasidan misol qilib Qamchiq dovonini olishimiz mumkin .

Qamchiq dovoni Qurama tizma tog`larida Toshkent va Namangan viloyatlari chegarasida joylashgan .

Balandligi 2269 metr , shimoli-g`arbda Kuyindi tizmasi balandligi 1874 metr va janubi-sharqda Sulukota tizmasi balandligi 2334 metr tog`larining tutashgan joyida . Dovon trias davrining konglomerat , qumtosh , alevrolit qatlamlari ustida yotuvchi kvarsli porfir , tuf , lavali jinslardan tashkil topgan . Relyefi kuchli parchalangan yon bag`irlari tik . Tub jinslar yalang`och . Dovondan Toshkent – O`sh avyomobil yo`li o`tgan . Qamchiq dovonini tarixiga boqsak agar qadimda Buyuk ipak yo`lining shimoliy tarmoqlaridan biri o`tgan . Keyingi asrlarda ham savdo karvonlarining qatnovi to`xtamagan .

1990-yillar oxirida Respublikada avtomobil transportining rivojlanishi munosabati bilan dovondan o`tuvchi yo`l jahon andozalariga moslab ta`mirlandi . Jami 2.5 km bo`lgan Rezak va Qamchiqda zamonaviy tonnel inshootlari ishga tushirildi . Endilikda dovonda transport harakati yil davomida xavfsiz bo`lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan .

Qamchiq dovoni bu O`zbekistonning eng muhim transport linyalaridan biri hisoblanadi . Bu dovon O`zbekistonning Farg`ona vodiysini boshqa viloyatlar bilan bog`laydi va u savdo jihatidan juda katta ahamiyatga ega . Farg`ona vodiysini 3 viloyatini yani Farg`ona , Andijon va Namangan bog`lovchi yagona yo`l hisoblanadi . Dovonni asosiy qismi Qurama tog` tizmasidan o`tadi va u dengiz sathidan 3-4 ming metr maksimum balandlikka ega . Asosan mashinalar va og`ir yuk mashinalari harakatlanishi uchun moslashgan va mashinalar qatnovi kuniga 2-5 ming atrofida mashinalar harakatlanadi .

1957-yil Toshkent –Qo`qon Qamchiq dovoni orqali avtomobil yo`li uzunligi 240 km foydalanishga topshirildi . SHu yili Respublika avtomobil yo`llari tarmoqlari ro`yxati o`tkazildi va unda shu choqqacha ko`plab marotaba rekanstruksiya ishlari olib borilgan va zamonaviy va tekis asfalt o`tkazilgan va 2013-yili Ispaniyalik mutahasislar bilan hamkorlikda butun yo`l bo`ylab to`liq ta`mirlash ishlari olib borilyapti . Shu jumladan yo`lni eniga kengaytirish va asfalt o`rniga chidamli beton m ahsulotlari o`tkazilyapti .








2013-yilning yozida qurilishi boshlagan uzunligi 123 kilometrlik Angren-Pop temir yo`lining 19 kilometri “Qamchiq’’ tuneli ichidan o`tadi . Dengiz sathidan 2 ming 200 metr balandlikda bo`lgan “Qamchiq’’ dovonidan o`tuvchi yer osti temir yo`lining nafaqat O`zbekiston , balki MDH mamlakatlarida yagona bo`lishi aytilmoqda . Tunel qurilish konstruksiyasi murakkabligi bo`yicha dunyoda 8-o`rin , uzunligi bo`yicha 13-o`ringa qo`yilgan . Uning qurilishiga jami 455 million AQSH dollar ajratilgan . Buning 355 millionini Xitoyning “Eksimbank’’i qarzga berdi . Bu boradagi kelishuv 2013-yilning 29-noyabrida Toshkentda Bosh vazir SHavkat Mirziyoev va Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan o`rtasida imzolangan .

Angren-Pop temir yo`li qurilishining o`zi esa 1.6 milliard dollarlik loyiha bo`ldi va bu summaning 1 milliarddan sal oshig`i “O`zbekiston temir yo`llari’’ shirkati , O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi hamda davlat byudjetidan ajratildi . 195 million dollarini esa Jahon banki berdi .

Ishga tushgach bu tunneldan ilk yilda 600 mingga yaqin yo`lovchi va 4 million 600 ming tonna yuk tashilishi rejalashtirilgan . SHuningdek temir yo`l qatnovi avtomobil qatnovini qisqartirishi evaziga havoga chiqariladigan zararli gaz miqdori 200 ming tonnagacha qisqarishi aytilgan .






Tunnel inglizcha so`z bo`lib o`zbek tilida quvur deb tarjima qilinadi . Tunnellar transport yurishi suv o`tishi kommunikatsiyalar joshlashishi va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan , yotiq yoki qiya joylashgan yer osti suv osti sun`iy inshooti . Uzunligi ko`ndalang o`lchovlaridan birmuncha katta bo`ladi . Vazifasi yer yuzasiga nisbatan joylashishi , chuqurligi va qurish usullari bo`yicha turlarga bo`linadi . Vazifasi bo`yicha – aloqa yo`llaridagi (metropolitan , temir yo`l , avtoyo`l , piyodalar o`tish joylari va boshqalar) , gidrotexnik , kommunal , konchilik sanoati , maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari , yer osti elektr stansiyalari va boshqalar); yer yuzasiga nisbatan joylashishi – tog` osti , suv osti va tekisliklarda bo`ladi; chuqurligi bo`yicha – sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari bo`yicha – ochiq , yopiq va maxsus usullarda qurilasigan tunnellar mavjud . Tunnellarning ko`ndalang kesimi doira , tuxumsimon va to`g`ri to`rtburchak shaklda bo`lishi mumkin . Tunnel qazish ishlari yer yoki tog` qatlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi .

Dunyodagi eng chuqur va uzun tunnellar

2016-yil 1-iyunda SHveytsariya Gotard temir yo`l tunneli ochildi . Tunnel SHveytsariya Alplaridagi Sen-Gotard tog` massivi ostidan ochilgan . Tog balandligi 2.1 km . Bu tunnelni qurish g`oyasi 1947-yildayoq paydo bo`lgan , loyihaning birinchi variant esa 1962-yilda yaratilgan . Dastlab tunnelning uzunligi 45 km ni tashkil qilishi kerak edi . Tunnelni qurish uchun 20 yil ketdi . Birinchi skvajinalarni burg`ilash 1993-yilda , tayyorgarchilik ishlari 1996-yilda , asosiy ishlari 2001-yilda , tuproqning olinishi 2003-yilda boshlangan . Tunnelni qurish uchun 12 mlrd dollar sarflandi . Gotard tunneli dunyodagi eng uzun tunnel bo`ladi , uning uzunligi 54 km ni tashkil qiladi . Hozirgacha eng uzun tunnel Yaponiyadagi Seykan tunneli 53.85 km hisoblanadi .

2-o`rinda Buyuk Britaniya va Fransiyani bog`lovchi Yevrotonnel uzunligi 51 km tashkil etadi . Eng chuqur tunnel Norvegiyada Eyksunn tunneli chuqurligi 287 metr hisoblanadi .









Xulosa


Dovonlar va tog`li hududlardagi tunnellar haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`ldim ya`ni dovonlar va tunnellar yo`llarni qisqartirishga , atrof muhitga chiqadigan zararli gazlarning kamayishiga , aholini uzog`ini yaqin qilishga xizmat ko`rsatadi . Tunnellardan misol qilib Qamchiq tunnelini olsak u murakkabligi bo`yicha dunyoda 8-o`rinda , uzunligi bo`yicha esa 13-o`rinda turadi . Dunyodagi eng uzun va chuqur tunnaellar haqida ham oz bo`lsa ham ma`lumotga ega bo`ldim . Eng uzun tunnel SHveytsariyadagi Gotard tunneli hisoblanadi . Uning uzunligi 57 km ni tashkil qiladi . Ikkinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya va Fransiyani bo`glab turuvchi Yevrotonneli hisoblanadi uzunligi 51 km ni tashkil etadi . Eng chuqur tunnael esa Norvegiyadagi Eyksunn tunneli chuqurligi 287 metrni tashkil etadi .

Foydalanilgan adabiyotlar

Internet sahifalaridan foydalandim

www.google.com



www.yandex.ru
Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish